TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.45K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik #Koreya #Geofazoviy_ma_lumotlarni_standartlashtirish

Bugun Koreya Yer, infrastruktura va transport vazirligining Rivojlanishga rasmiy yordami (ODA) doirasida amalga oshirilayotgan “O’zbekiston Milliy geografik axborot tizimini joriy etish bo’yicha geofazoviy ma’lumotlarni standartlashtirish ” grant loyiha mutaxassislari Toshkent viloyati O'rta chirchiq tumanida kadastr idoralari bilan tanishdi.

Eslatib o'tamiz, loyihadan maqsad:

🔹Geofazoviy ma’lumotlar standart infratuzilmasini yaratish;
🔹Geofazoviy ma’lumotlarni standartlashtirishni faollashtirish bo’yicha rejalarni ishlab chiqish;
🔹geofazoviy ma’lumotlar standartlari bilan bog’liq axborot almashinuvi va ta’limi bo’yicha geofazoviy ma’lumotlar standartlari portalini yaratish (tajriba loyihasi)
hisoblanadi.
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi #O_quv_seminari #Hududiy_boshqarmalar #Palata_xodimlari

"Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida" Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparat hamda hududiy boshqarma rahbariyati xodimlari uchun maxsus o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabr sanasidagi PF-6121 son "Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmoni bo‘yicha belgilangan qator vazifalarni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqishda zarur komponentlar nimalardan iborat ekanligi haqida batafsil maʼlumotlar berib borilmoqda.
Forwarded from Kadastr - Live
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligida Davlat ro`yxatiga olish, kadastr va kartografiya federal xizmati rahbari Oleg Skufinskiy boshchiligidagi 🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasining tashrifi bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari Davlat kadastrlari palatasiga tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati ishtirok etishdi.

Ushbu uchrashuv davomida 2021-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordam ko‘rsatish doirasida soliq solish maqsadida ko‘chmas mulk ob’ektlarining kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha taqdimot bo'lib o'tdi
.
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda Davlat kadastrlari palatasi, "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Ushbu uchrashuv davomida 2021-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordam ko‘rsatish doirasida Buxoro viloyati Romitan tumani misolida Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan obyektlarning kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha taqdimot bo'lib o'tmoqda
.
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati ishtirok etishmoqda.

Ushbu uchrashuv davomida 2021-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordam ko‘rsatish doirasida Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani misolida Noturar joy obyektlarini kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha taqdimot bo'lib o'tmoqda
.
Forwarded from Kadastr - Live
#xalqaro_hamkorlik

Bugun Kadastr agentligida 🇬🇧 Buyuk Britaniyaning "Bikal UK" rahbari Raj Sandhu va 🇺🇿 Kadastr agentligi direktor o'rinbosari Mirsaid Mirmaksudov o'rtasida sun'iy intellekt va aqlli tizimlar joriy qilish orqali axborot tizimlari, biznes jarayonlarni yanada samarali boshqarish, istiqbolli loyihalar muhokmasiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
#xalqaro_hamkorlik

Ayni damda Kadastr agentligida "Ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash" loyihasi doirasida 🇺🇿 Kadastr agentligi direktori Fazliddin Umarov va 🌐 Jahon bankining yer va geofazoviy aspektlar bo‘yicha global lideri, katta texnik maslahatchi Vael Zakut boshchiligidagi Jahon banki missiyasi o'rtasida uchrashuv bo‘lib o’tmoqda.

Uchrashuv jarayonida kadastr sohasidagi islohotlar, loyihani amalga oshirish holati kelgusidagi rejalar muhokama qilinmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#xalqaro_hamkorlik ЖАҲОН БАНКИ КАДАСТРДА

💠"Кўчмас мулкни рўйхатдан ўтказиш ва кадастр тизимларини модернизациялаш" лойиҳаси доирасида Жаҳон банкининг ер ва геофазовий аспектлар бўйича глобал лидери, катта техник маслаҳатчи Ваел Закут бошчилигидаги делегация Кадастр агентлиги ва Давлат кадастрлари палатаси Тошкент шаҳар бошқармаларига ташриф буюрди.

💠Ушбу ташриф доирасида Бошқармалар фаолияти билан танишилди. Айни дам, кадастр ва кўчмас мулкни рўйхатдан ўтказишни интеграциялаштирилган ахборот тизимининг ишлаши бўйича ўрганиш ишлари давом этмоқда.

💠Куни кеча бошланган ташриф бўйича батафсил яна маълумот берамиз.

Ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг
👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube