TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#fevral #kadastr #hisobot
ФЕВРАЛ ЯКУНЛАРИ БЎЙИЧА

🔰 2022 йилнинг баҳори келиши йилнинг икки ойи ўтганидан далолатдир. Бу эса соҳада қилинган ишлар сарҳисоби ва режалар кўриб чиқилишига сабаб деганидир.

🔰 Кадастр агентлиги ва Давлат кадастрлари палатаси Тошкент шаҳар бошқармасида ўтказилган йиғилишнинг асосий мақсади шу бўлди.
Ўтган давр мобайнида йўл қўйилган камчиликлар таҳлил этилди ва муаммоларни яна қайтарилмаслиги бўйича таклифлар кўриб чиқилди.

🔰 Мурожаатларга вақтида жавоби берилиши, кадастр хизматларининг кечикмаслиги юзасидан фикрлар билдирилди.

Ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Президент ҳузурида соғлиқни сақлаш соҳасидаги вазифалар ижроси кўриб чиқилди.
Мутасаддилар соҳада бошқарув ва моддий шароитларни яхшилаш, даволаш протоколларини ўзгартириш, тиббий суғурта тизимини кенгайтириш, тиббий таълимни ривожлантириш бўйича ахборот берди.
Ҳудудий шифохоналарда юқори технологик амалиётлар турини 250 тага етказиш, бунинг учун улардаги тиббиёт ходимлари малакасини ошириш, янги имтиёзли даволаш тизимини тўлиқ жорий этиш бўйича кўрсатмалар берилди.

При Президенте состоялось обсуждение исполнения задач в сфере здравоохранения.
Ответственные лица доложили о совершенствовании управления и материально-технических условий сферы, расширении системы медицинского страхования, развитии медицинского образования.
Дано указание увеличить виды высокотехнологичных операций в регионах до 250 с повышением квалификации их медицинского персонала, полностью внедрить новую систему льготного лечения.

#Mirziyoyev #yigilish #tibbiyot #hisobot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида Қашқадарё вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по мерам социально-экономического развития Кашкадарьинской области.

#Mirziyoyev #videoselektor #Qashqadaryo #hisobot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #hisobot

⚡️2022-yilda Sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar.

📌 “Davreestr”, “Ko‘chmas mulk”, “Ko‘chmas mulk-3” axborot tizimlari o‘rniga Jahon banki bilan hamkorlikda Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi (UZKAD) ishga tushirildi.

📌“ArcGIS” dasturida onlayn geoportal ishga tushirildi.

📌“E-YER NAZORAT” AAT to‘liq ishga tushirilib, Bosh prokuraturaning “E-Material” axborot tizimi va IIVning “E-ma‘muriy ish” axborot tizimi bilan maʼlumot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

📹Batafsil videoda

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #hisobot

⚡️2022-yilda Yer maydonlarini hisobga olishda amalga oshirilgan ishlar.

📝Jahon banki bilan hamkorlikda “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” (UzKAD) ishga tushirilib, 2021-yil 1-maydan boshlab ilk bor qishloq xo‘jaligi yerlarini elektron shaklda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshlandi.

📝UzKAD tizimi orqali respublikaning umumiy 44,9 mln gektar yer maydonidan 41,2 mln gektari yoki 92 foizining elektron xaritasi yaratilib,39,3 mln gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

📝24 mln gektar qishloq xo‘jaligi yerlari, 11,9 mln gektar o‘rmon fondi yerlari, 2,9 mln gektar tabiatni muhofaza qilish yerlari, 1,8 mln gektar davlat zaxira yerlari, 535 ming gektar suv fondi yerlari va 45 ming gektar sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa yerlar egallagan yerlarning elektron xaritasi yaratildi.

🗣Batafsil videoda

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #hisobot

⚡️2022-yilda Yer, kadastr va geodeziya nazorati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.

📝Amalga oshirilgan yer va kadastr nazorati natijasida 18 597 ta holatda 6 307,4 gektar yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi.

📝Berilgan yangi vakolatlardan samarali foydalangan holda 37 697 ta yer va kadastrga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy jazo choralari qo‘llanildi.

📝Geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid 305 ta texnik loyiha (ishlar dasturlari), 160 ta geodeziya va kartografiya ishlarining yakuniy texnik hisobotlari hamda 167 ta kartografiya mahsulotlari ekspertizadan o‘tkazildi.

🗣Batafsil videoda

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sessiya #hisobot
KADASTRDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

🔷 Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 88-sessiyasi poytaxt hokimligida bo‘lib o‘tdi.

🔷 Sessiyada dastlab Toshkent shahrida 2023-yilda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari hamda Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, hududda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar, hamda kambag‘allikni qisqartirishga oid manzilli dasturlarning ijrosi to‘g‘risida ma'lumot berildi.

🔷 Kun tartibiga ko‘ra Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining joriy yil 6 oyi davomidagi faoliyati haqida boshqarma boshligʻi B.Tashxodjayevning hisoboti tinglandi.

🔷 Deputatlar tomonidan boshqarmada amalga oshirilgan ishlar bir ovozdan ma’qullandi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #hisobot
KADASTRDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

🔷 Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda dastlab poytaxtimizda olib borilayotgan qurilish ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining 2023-yildagi faoliyatiga oid hisobot tinglandi.

🔷 Shundan so‘ng kun tartibiga ko‘ra Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev so‘zga chiqdi.

🔷 Boshqarma boshlig‘i Kadastr agеntligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkеnt shahar boshqarmalari tomonidan 2023-yil davomida kadastr va yer nazorati, aholi murojaatlari, kadastr xizmatlarini ko‘rsatish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.

🔷 Deputatlar tomonidan boshqarmada amalga oshirilgan ishlar bir ovozdan ma’qullandi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #sessiya #hisobot
SЕSSIYADA KADASTR HISOBOTI TINGLANDI

🔷 Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 99-sessiyasi poytaxt hokimligida o‘tkazildi.

🔷 Sessiyada Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, olib borilayotgan qurilish ishlari, maktabgacha va maktab ta’limi kabi o‘nga yaqin masala yuzasidan mutasaddilarning hisoboti tinglandi.

🔷 Sessiya kun tartibi doirasida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i B.Tashxodjayev ham so‘zga chiqdi. Boshqarma boshlig‘i o‘z hisobotida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining 2023-yildagi faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berib, deputatlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

🔷 Deputatlar tomonidan boshqarmada amalga oshirilgan ishlar bir ovozdan ma’qullandi.

🔷 Sessiyada ko‘rilgan masalalar bo‘yicha Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #hisobot
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI

🔷 Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining to‘rtinchi yigʻilishi o‘tkazildi. Unda davlat organlari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.

🔷 Kun tartibiga ko‘ra Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.Ochilov so‘zga chiqib, Kadastr agеntligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkеnt shahar boshqarmalari, uning hududiy tizim xodimlari orasida poraxoʻrlik, manfaatlar toʻqnashuvi, mansab vakolatini suisteʼmol qilish kabi salbiy holatlarning oldini olish, tizimni “Korrupsiyadan holi soha”ga aylantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.

🔷 Shuningdek, kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyati, ayni yo‘nalishda qabul qilingan muhim normativ-huquqiy hujjatlarga ham toʻxtalib oʻtildi.
#Kadastr #sessiya #hisobot
SЕSSIYADA KADASTR HISOBOTI TINGLANDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi bir yuz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

◾️Senatorlar, tegishli tashkilot rahbarlari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan sessiyada o‘ndan ortiq masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisoboti tinglandi.

◾️Sessiya kun tartibi doirasida ⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i B.Tashxodjayev ham so‘zga chiqdi. Boshqarma boshlig‘i o‘z hisobotida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining 2024-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berib, deputatlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

◾️Deputatlar tomonidan boshqarmada amalga oshirilgan ishlar bir ovozdan ma’qullandi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM