TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.06K photos
1.11K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol #Qonun_haqida
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni aniqlash qanday amalga oshiriladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son Qonuniga asosan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.

Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka e’lon qilinadi.

Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan reja-jadvalga asosan, ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan vakolatli tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗂🗂🗂🗂

FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman filiali boshlig‘i A.Abdujabarov ishtirokida tumanning “Qalqon” MFY binosida fuqaro hamda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

◼️Unda dastlab 🌏“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumot berilib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalarga toʻxtalib oʻtildi.

◼️Shuningdek, ochiq muloqot davomida fuqarolarning kadastrga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.

#Kadastr #ochiq_muloqot #Yashnobod #Qonun_haqida

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗂🗂🗂🗂 🌇🌇🌇🌇

HUQUQNI E’TIROF ETISHNING ASOSIY SHARTLARI


🌏 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr #infografika #Qonun_haqida

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos #Qonun_haqida
HUQUQNI E’TIROF ETISH UCHUN ASOSLAR

◼️Fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylariga bo‘lgan mulk huquqini hamda ular egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

fuqaro bog‘dorchilik va uzumchilik shirkati a’zosi bo‘lsa;

mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🌏“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonun, 8-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #brifing #Qonun_haqida
FILIAL BOSHLIGʻI ISHTIROKIDA BRIFING

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani filiali boshlig'i O‘.Saliyev ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

◼️Unda 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kiruvchi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonun mazmun-mohiyati, unda nazarda tutilgan tartib-taomillar, aholiga yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

OAV BIZ HAQIMIZDA


🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman filiali boshlig‘i A.Qosimov ▶️ “Mening yurtim” telekanalining “Gapiring” tok-shousida ishtirok etdi.

▶️ Mutaxassis dastur davomida 🌏“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 937-son Qonuni bo‘yicha aholidan kelib tushayotgan savollarga javob berdi.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #Qonun_haqida

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

YANGI
QONUN TARG‘IBOTI

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani filiali boshlig‘i T.Karimov 🔴 “Toshkent” telekanalining “Yangi taraqqiyot davri” ko‘rsatuvi orqali 🌏“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida” 937-son Qonunidagi muhim jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #Qonun_haqida

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM