TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #aholi_manfaatlari_yo_lida #Sergeli
KADASTR XIZMATI – AHOLI MANFAATLARI UCHUN

🇺🇿 Ma’lumki, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqimiz kundalik hayotida o‘z ifodasini topishiga erishish, odamlarni rozi qilish – davlat idoralari faoliyatining ustuvor maqsadi hisoblanadi.

🏢 Shunga ko‘ra Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida zarur ishlar tashkil etilmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Sergeli tumani filiali mutaxassislari “Yuqori darxon”, “Uchuvchilar”, “Qut-baraka”, “Nomdanak” hamda “Nog‘oy qo‘rg‘on” mahallalarida bo‘lib, aholi va tadbirkorlarning kadastrga oid masalalarini o‘rgandilar. Murojaatlar yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi.

❇️ Toshkent shahrida kadastr yo‘nalishida aholi manfaatlari ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ishlar davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

➡️ “Zo‘r tv” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturida Samarqand viloyati Qo’shrabot tumanidagi yer bilan bog'liq holat yuzasidan lavha efirga uzatildi.
Lavhada ko’tarilgan masalalar 🌟 Kadastr agentligi mas'ullari tomonidan o'rganildi.

📹 BATAFSIL VIDEODA

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #huquqiy_savodxonlik
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – DAVR TALABI

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida o‘quv seminar mashg‘ulotlari o‘tkazib kelinmoqda.

🔷 Bugungi seminarda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tomonidan kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyati, ayni yo‘nalishda qabul qilingan muhim normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot berildi.

🔷 Shuningdek, korrupsiya illati, uning huquqiy oqibatlari aniq misollar yordamida tushuntirilib, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish zarurligi ta’kidlandi.

🔷 Darhaqiqat, korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga xavf tug‘diruvchi jiddiy to‘siq. Unga qarshi kurashish esa eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolaveradi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur infografikada berilgan.

🏪Hisobot davri: 3-10-yanvar, 2024-yil

📁 Jami kelib tushgan: 15 242 ta
       Shakllantirilgan: 5 367 ta

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati #Bektemir
NOQONUNIY QURILMA BARTARAF ETILDI

🔷 Xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi bozorlar faoliyatini takomillashtirish, ularni sanitariya-gigiyena hamda yong‘in xavfsizligi talablariga javob beradigan holatga keltirish maqsadida Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozorida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari nazorat tadbirlari davomida mazkur bozorga tutash hududda o‘zboshimchalik bilan egallangan 120,0 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladilar.

📝 Holat yuzasidan qonunchilikka muvofiq fuqaroga o‘zboshimcha egallangan yer maydonini belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xati berildi.

Amalga oshirgan xatti-harakatining huquqiy oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetgan tadbirkor mazkur noqonuniy qurilmani bartaraf etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #infografika

🇺🇿 RESPUBLIKA BO'YICHA DAVLAT RO'YXATIDAN O'TKAZILGAN YER UCHASTKALARI


📝2024-yil 3-yanvar holatiga ko'ra:
Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan yer uchastkalari - 3 922 488 ta, 38 845 (ming gektar)ni tashkil qilmoqda;

▶️Shundan:

Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar - 22 282(ming gektar)
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yerlar - 103 (ming gektar)
O'rmon fondi yerlari- 10 922(ming gektar)
Suv fondi yerlari - 410(ming gektar)
Tabiatni muhofaza qilish va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - 3 125(ming gektar)
Aholi punktlari yerlari - 331(ming gektar) ni tashkil qilmoqda.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika #ko_chmas_mulk
TOSHKENT SHAHRIDA KOʻCHMAS MULK BILAN BOGʻLIQ XIZMATLAR

📊 Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan poytaxtimizda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar haqida ma’lumot e’lon qilindi.

📈 Unga ko‘ra 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlarning umumiy hajmi jami 5 833,3 mlrd. so‘mga yetgan.

↗️ O‘sish sur’ati esa 118,5 foizni tashkil etdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 32 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 32-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #tabrik #muhim_sana
BAYRAMINGIZ BILAN YURT POSBONLARI!

🇺🇿 Ona-yurt tuprogʻini eʼzozlab, Vatan tinchligiga hissa qoʻshish – muqaddas burch sanaladi.

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha harbiy xizmatchilarni, armiya saflarida oʻz burchini oʻtab qaytgan vatandoshlarimizni hamda yurt xizmatiga shay turgan ming-minglab navqiron yigitlarni tabriklaydi.

🔷 Qaddingiz va qadringiz baland, martabangiz ulug‘, rizqingiz butun bo‘lsin. Yuragingiz hamisha yurt ishqida yonib yashasin!

🎁 Yana bir bor bayramingiz bilan, vatanimizning mard posbonlari!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM