TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #statistika #aholi_soni
OʻZBEKISTONDAGI DOIMIY AHOLI SONI HUDUDLAR KESIMIDA

📊 Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvar holatiga mamlakatimizning doimiy aholi soni 36 799,8 ming kishini tashkil etgan.

👉 Hududlar kesimida doimiy aholi soni quyidagicha:

1️⃣ Samarqand viloyati – 4 208,5 ming kishi,
2️⃣ Fargʻona viloyati – 4 061,5 ming kishi,
3️⃣ Qashqadaryo viloyati – 3 560,6 ming kishi,
4️⃣ Andijon viloyati – 3 394,4 ming kishi,
5️⃣ Namangan viloyati – 3 066,1 ming kishi,
6️⃣ Toshkent viloyati – 3 051,8 ming kishi,
7️⃣ Toshkent shahri – 3 040,8 ming kishi,
8️⃣ Surxondaryo viloyati – 2 877,1 ming kishi,
9️⃣ Buxoro viloyati – 2 044 ming kishi,
🔟 Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 2 002,7 ming kishi,
1️⃣1️⃣ Xorazm viloyati – 1 995,6 ming kishi,
1️⃣2️⃣ Jizzax viloyati – 1 507,4 ming kishi,
1️⃣3️⃣ Navoiy viloyati – 1 075,3 ming kishi,
1️⃣4️⃣ Sirdaryo viloyati – 914 ming kishi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #intervyu
YUNUSOBOD TUMANIDA KO‘RSATILGAN KADASTR XIZMATLARI

📊 Tahlillarga ko‘ra, 2023-yilda poytaxtimizning Yunusobod tumani aholisidan kadastr pasportini shakllantirish uchun Davlat xizmatlari markazlari hamda my.gov.uz – yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jami 6 205 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 4 734 tasi ijobiy hal etilib, kadastr pasporti rasmiylashtirib berilgan.

🏢 Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Yunusobod tumani filiali boshlig‘i Odilxon Ismoilov “Davrnews” internet nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

👉 To‘liq intervyu bu yerda. 👈

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar

👉 Manzil — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqida tuzilgan bitimlarning davlat reyestrida ro‘yxatga olingan yoki ro‘yxatga olinmagan ko‘chmas mulk obyektlari — yer uchastkalari, binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan imoratlar, shu jumladan, qurilayotgan, alohida ajratilgan joylar, avtomobil saqlash joylari (chiziqli inshootlar bundan mustasno) joylashgan joyni bir xil identifikatsiyalaydigan elementlarning noyob yig‘indisi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🟢 Hurmatli tadbirkorlar!

Toshkent shahar hokimligida poytaxt sanoatini rivojlantirish va sanoat korxonalarining ishlashini ta’minlash borasida amalga oshiriladigan tadbirlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Toshkent shahar shtabi faoliyati tashkil etildi. Shtabda iqtisodiyot, investitsiya, soliq, bojxona, bank, energetika, standart, kadastr vakillari korxonalardan 24 soat davomida muammolarini qabul qilib, ularni tezkor hal qiladigan tizim yo'lga qo'yilgan.

Faoliyatingizda muammo vujudga kelsa, uni tezkor hal etish uchun Toshkent shahar Shtabiga murojaat eting.

Telefonlar: 71-210-01-15, 71-210-01-16.



🟢 Уважаемые предприниматели!

При хокимияте столицы организована деятельность ташкентского городского штаба по координации мер, проводимых по развитию промышленности и обеспечению работы промышленных предприятий в столице. В штабе 24/7 обращения принимают представители предприятий по экономике, инвестициям, налогам, таможне, банков, энергетики, стандартов и кадастра, и налажена система быстрого решения вопросов.

Если в вашей деятельности возникли проблемы или препятствия, обращайтесь в Ташкентский городской штаб для оперативного решения.

Телефоны: 71-210-01-15, 71-210-01-16.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident

Аукционда олинган давлат активлари ва ер участкалари қийматини бўлиб тўлаш муддати 3 йилдан 5 йилгача узайтирилади.
Бунда камида 15 фоиз миқдорида дастлабки тўловни бирйўла амалга оширганда, қолган суммага йиллик фоизлар ҳисобланмайди.

🇺🇿 Президент тадбиркорларнинг барқарорлик рейтингини жорий қилиш бўйича тақдимот билан танишди.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #maqola
UMUMMILLIY BOYLIGIMIZNI ASRASH – MUQADDAS VAZIFA

🏢 Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi boshlig‘i Jasur Narzullayevning xuddi shu sarlavha ostidagi maqolasi Ochun.uz internet nashrida e'lon qilindi.

💻 Maqolada 2023-yilda Bektemir tumanida yer to‘g‘risidagi qonunlar ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berilgan.

👉 Batafsil: Ochun.uz maqolasida 👈

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda zamonaviy arxiv

🔠 Zamon shiddat bilan o‘zgarmoqda. Sohalardagi rivojlanishdan biroz chalg‘isangiz ortda qolib ketishingiz hech gap emas. Shu bois davr har yo‘nalishda muntazam bilimlarni oshirib borishni talab etmoqda.

🌟 Yurtimizda kadastr sohasiga ham raqamlashtirish jadallik bilan kirib kelmoqda. Buni kadastrning yuragi bo‘lgan arxiv yo‘nalishida boshlangan bir qancha yangiliklarda kuzatish mumkin.

🫥 Arxiv yo‘nalishidagi yangiliklar haqida bilishni istasangiz videoni tomosha qiling.

▶️ 1-qism 👆

#DavKadastrPalata #kadastr_arxivi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Иқтисодий комплекс раҳбарларига ойлик, чораклик ва йиллик самарадорлик кўрсаткичлари (KPI) жорий этилади. Иш ҳақи ҳам уларнинг ижросига боғланади.

Ушбу раҳбарлар бир ҳафта муддатда халққа мурожаат қилиб, режаларини оддий тилда тушунтиради ҳамда ўзига катта масъулият ва жавобгарлик олади.

Энди вазир ўринбосарларини 70 фоиз иши туманда бўлиб, улар вазирлик учун белгиланган KPI ижросини жойида ташкил қилади.

Белгиланган режаларга эришиш устидан қатъий назорат ўрнатилади: вазирлик ва идора раҳбарларининг ҳисоботи ҳар ҳафтада Ҳукумат раёсатида, ҳар чоракда эса Олий Мажлисда кўриб чиқилади.

Facebook|Instagram|Twitter
Бюджет тушуми учун энг катта захира – ерларни тадбиркорларга аукцион орқали сотиш.

Ўтган йили бундан 1 триллион сўм тушум бўлди, 12 мингта янги лойиҳалар қўшилди. Лекин жойлардаги сусткашлик боис,
ўтган йили 3 триллион сўм қўшимча тушум бой берилди.


Бош вазирга йил давомида аукционга умуман ер чиқармаган Балиқчи, Жалалқудуқ, Бектемир, Миробод, Олмазор, Чилонзор, Юнусобод, Яккасарой туманлари ҳокимларининг лавозимига лойиқлигини ҳал қилиш топширилди.

Давактив агентлиги ерларни аукционда сотиш бўйича 4 триллион сўмлик режани туманбай ишлаб чиқиши ва ижросини таъминлаши белгиланди.

Туманнинг мастер режаси бўлса, бу жуда катта маблағ, тадбиркорлар ва бандлик учун манба бўлади. Лекин ҳозиргача бор-йўғи 17 та кичик аҳоли пунктининг мастер режаси тайёрланди.

Иқтисодий комплекс раҳбариятига йил якунига қадар 70 та, келаси йили барча туманларнинг мастер режаларини ишлаб чиқишга топшириқ берилди.

Facebook|Instagram|Twitter
#Kadastr #infografika #yer_nazorati
YASHNOBOD TUMANIDAGI YER NAZORATI TADBIRLARI

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi va uning tumanlardagi bo‘lim xodimlari tomonidan yer munosabatlarini tartibga solish, undan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

🔷 Ayni yo‘nalishda boshqarmaning Yashnobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan 2023-yil davomida olib borilgan ishlar to‘g‘risida quyidagi infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

⚠️ Unutmang, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, — fuqarolarga BHMning 25 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #ijtimoiy_rolik #to_lovlar

🟢KADASTR XIZMATLARINI ONLAYN TO'LASH🟢

🌟Kadastr xizmatlari uchun to'lovlarni istalgan joyda turib 📲mobil dasturlar orqali to'lash imkoniyati mavjudligidan xabaringiz bormi?

📺 Mazkur video rolik orqali 5 ta qadam orqali to'lovlarni amalga oshirishni o'rganib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида 2024 йилда макроиқтисодий барқарорлик ва иқтисодий ривожланишни таъминлаш бўйича устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по приоритетным задачам обеспечения макроэкономической стабильности и экономического развития в 2024 году.

#Mirziyoyev #videoselektor #iqtisodiyot #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MA’LUMOT

🔷 Ko‘chmas mulkni birlashtirish ko‘chmas mulk mulkdorining qaroriga, mulkdorlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga, davlat ijrochisining yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

🔷 Ko‘chmas mulklarni birlashtirish natijasida yangi paydo bo‘lgan ko‘chmas mulkka kadastr yig‘majildi (kadastr pasporti) dalolatnoma asosida tayyorlanadi.

🔷 Ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi huquq egasiga ko‘chmas mulkning konstruktiv elementlarini o‘zgartirish huquqini bermaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Bu_muhim

Kadastr raqami nimalarni anglatishini bilasizmi?

🔢 Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:

AA : VV : SS : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH,

bunda: AA — mintaqaning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

VV — mintaqa tarkibidagi ma’muriy-hududiy tuzilma (ma’muriy tuman, viloyat bo‘ysunishidagi shahar)ning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

SS — kadastr zonasi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

DD — kadastr zonasi doirasida kadastr massivi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

EE — kadastr massivi doirasida kadastr mavzesi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

FFFF — kadastr mavzesi doirasida yer uchastkasi raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;

GGGG — yer uchastkasi doirasida bino, inshoot raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;

HHH — bino, inshootlar bir qismi raqami (kodi)ni bildiruvchi uch razryadli o‘nli son.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda zamonaviy arxiv


🌟 Yurtimizda kadastr sohasiga ham raqamlashtirish jadallik bilan kirib kelmoqda. Buni kadastrning yuragi bo‘lgan arxiv yo‘nalishida boshlangan bir qancha yangiliklarda kuzatish mumkin.

🫥Namunaviy arxiv” – u qanday?

🫥 Texnik jihozlash va xavfsizlik.

🔹 Hujjatlarning mavjudlik holatini tekshirish?!

▶️ Barchasi haqida kadastr arxiviga bag‘ishlangan reportajning 2-qismida 👆 tomosha qilasiz.

#DavKadastrPalata #kadastr_arxivi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #DXMdagi_xizmatlarimiz
YOʻQOLGAN KADASTR PASPORTINI QAYTA TIKLASH

💻 Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXP (my.gov.uz) da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.

🔷 Agar siz o’zingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar.

📝 Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.

⌛️ Kadastr (yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube