TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
▫️Yer kuni munosabati bilan▫️

⚡️Ayni dam, poytaxtimizdagi Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari milliy universitetida 22-aprel – Butunjahon yer kuniga bag‘ishlangan “O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishning innovatsion yondoshuvlari: istiqbol va vazifalar” mavzuida ilmiy-amaliy tadbir boshlandi.

⚡️Ko‘rgazmalar, ilmiy seminar va konsert dasturidan o‘rin olgan mazkur tadbir haqida yana ma’lumot beriladi.


#DavKadastrPalata #yer_kuni #ko_rgazma

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yer_kuni #kadastr
БУТУНЖАҲОН ЕР КУНИ ТАДБИРИ

💠 Пойтахтимизнинг Тошкент ирригатция ва қишлоқ хўжалигини механизатиялаш муҳандислари институти миллий тадқиқот университетида 22-апрел – Бутун жаҳон ер кунига бағишланган “Ўзбекистонда ер ресурсларини бошқаришнинг инновaцион ёндашувлари: истиқбол ва вазифалар” мавзусида илмий-амалий тадбир ўтказилди.

💠 Кадастр агентлиги ва Давлат кадастрлари палатаси томонидан ташкиллаштирилган мазкур тадбирда Тошкент шаҳар бошқармаси ҳам ўз кўргазма ҳамда вакант ўринлари тақдимоти билан қатнашди.

Ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔹Butunjahon yer kuni 🔹

🌎Kecha va bugun, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining barcha tuzilma hamda, hududlarida tizim uchun ahamiyatli bo'lgan 22-aprel "Butunjahon yer kuni" munosabati bilan marafon, seminar, ochiq eshiklar kuni va boshqa ko‘rinishdagi katta tadbirlar tashkil etildi.

🌎 Bir maqsad yo‘lida hududlararo hamjihatlikda tashkil etilgan yirik tadbirlar majmuini video va mazkur ssilkalar orqali kuzatishingiz mumkin:

⚡️Kadastr agentligi va Davlat Kadastrlari palatasi
⚡️Jizzax viloyati
⚡️Samarqand viloyati
⚡️Qoraqalpog'iston Respublikasi
⚡️Toshkent viloyati
⚡️Buxoro viloyati
⚡️Namangan viloyati
⚡️Navoiy viloyati
⚡️ Andijon viloyati
⚡️Toshkent shahri
⚡️Farg'ona viloyati
⚡️Xorazm viloyati
⚡️Qashqadaryo viloyati
⚡️Surxondaryo viloyati
⚡️Sirdaryo viloyati

#DavKadastrPalata #yer_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
#Kadastr #Yer_kuni
22-APREL – BUTUNJAHON YER KUNI

♻️ Yerdan to‘g‘ri hamda oqilona foydalanish, saxovatli zaminimizga ziyon yetkazmay, uni salbiy ta’sirlardan muhofaza qilish doimiy e’tibor va nazoratni, izchil yondashuvni taqozo etadi.

🌏 Shu munosabat bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 22-aprelButunjahon Yer kuni sifatida e’lon qilingan.

⚜️ Mazkur sanada sayyoramiz yagonaligini his etish, xalqaro tinchlikni saqlash va barcha insonlarning yagona uyi hisoblangan Yerni himoya qilishga chorlash maqsadida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida o‘ziga xos tadbirlar tashkil etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #Yer_kuni #mehnat_yarmarkasi
YOSHLAR YER MASALALARIGA BEFARQ EMAS

🔷 Bugun Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot Universitetida 22-aprel - Butunjahon Yer kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.

🔷 Yer resurslaridan oqilona foydalanish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan mazkur tadbir unutilmas voqeliklarga boy bo‘ldi.

🔷 Jumladan, “Sayyoramizga sarmoya kiriting” mavzusidagi tanlovda talabalar 4 yo‘nalishda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rdilar. Yakunda g‘olib deb topilgan ishtirokchilar munosib taqdirlandilar.

🔷 Shuningdek, tadbir davomida “Karyera kuniham tashkil etildi. Unda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi masʼullari sohaga qiziquvchi talabalarga kadastr yo‘nalishi, uning o‘ziga xos jihatlari hamda tashkilotda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar xususida ma’lumot berishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Zamin kunida DKP▪️

🌱 Yoshlarni yerni asrab-avaylash, undan oqilona foydalanishga chaqirish hamda iste'dodli va zamonaviy bilimlarga ega kadrlarni ishga jalb qilish, soha rivojiga yanada hissa qo'shishga undash maqsadida har yili Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi tomonidan joylarda turli tadbirlar tashkil etiladi.

◼️ Kuni kecha "TIQXMMI" milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan uchrashuv ham shular jumlasidandir.

▶️ Tadbirning batafsil tafsilotlari bilan mazkur video orqali tanishing.

#DavKadastrPalata #yer_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Yer_kuni #mehnat_yarmarkasi
TALABA YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

🔷 "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetida tadbir o‘tkazildi.

🔷 Yer resurslaridan oqilona foydalanish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan mazkur tadbir davomida “Karyera kuni mehnat yarmarkasi ham tashkil etildi.

🔷 Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari masʼullari sohaga qiziquvchi talabalarga kadastr yo‘nalishi, uning o‘ziga xos jihatlari hamda tashkilotda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar xususida ma’lumot berishdi.

🔷 Ochiq muloqot davomida talaba yoshlar boshqarma hamda hududiy bo‘limlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ularga qo‘yiladigan talablar va ishga qabul jarayonlari haqida ham kerakli tushunchalarga ega bo‘ldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Yer_kuni #anons #jonli_efir #tv
KADASTR XODIMLARI BILAN TELESUHBAT TASHKIL ETILADI

⚜️ "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi masʼullari 🇺🇿 “Oʻzbekiston” telekanalining “Assalom, Oʻzbekiston” tonggi dasturida ishtirok etishadi.

🔷 Soha mutaxassislari muhim sana munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar, yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ko‘rilayotgan choralar, “E-yer nazorat” avtomatlashtirilgan axborot tizimining afzalliklari haqida ma’lumot berishadi.

📺 Siz ushbu dasturni 22-aprel kuni soat 07:00 dan e’tiboran MTRKning jonli efirida kuzatib borishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #muhim_sana #Yer_kuni #tabrik
22-APREL – BUTUNJAHON YER KUNI

🌏 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" bayrami bilan samimiy qutlaydi.

🇺🇿 Aziz vatandoshlar!

🌳 Tabiatga ozor bermaslik, ekologik muvozanatni asrash, jonivorlarga ziyon yetkazmaslik, yashash manzilimizni pokiza tutish – bu har birimiz uddalay oladigan oddiy, shu bilan birga umumiy zamin manfaati uchun g‘oyat muhim bo‘lgan vazifalardir. Bu bizning nafaqat o‘zimiz uchun, balki kelgusi avlodlar uchun ham qiladigan eng katta xizmatimiz bo‘ladi.

🌎 Keling, atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish, Yerdan to‘g‘ri hamda oqilona foydalanish, saxovatli zaminimizga ziyon yetkazmay, uni salbiy ta’sirlardan muhofaza qilishda har birimiz namuna bo‘laylik!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Yer_kuni #anons #jonli_efir #tv
KADASTR XODIMLARI JONLI EFIR MEHMONI

🌏 "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi masʼullari “Oʻzbekiston” telekanalining “Oydin hayot live” tok-shousida ishtirok etishadi.

🎙 Mutaxassislar jonli efir vaqtida sohadagi yangiliklar haqida ma’lumot berib, yurtdoshlarimizning kadastrga oid savollariga javob qaytarishadi.

Efir vaqti: 10:55 dan boshlab.

☎️ Savol yo‘llash uchun telefon raqami:
(71) 214-17-79.

🔴
Jonli efir havolasi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Yer_kuni #kadastr_kecha_va_bugun
KADASTR: KECHA VA BUGUN

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Topografik ishlar sho‘basi bosh mutaxassisi S.Zaydinxo‘jayev kadastr sohasida qariyb 30 yildan buyon faoliyat olib bormoqda.

🎙Mutaxassis suhbat davomida yaqin o‘tmishdagi va yangi avlod geodezik o‘lchov vositalarining o‘zaro farqli jihatlari, zamonaviy texnik vositalarning afzalliklari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #yashil_makon #Yer_kuni
KO‘CHAT EKIB, BOG‘ YARATAYLIK!

🏢 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tizimidagi xodimlar ham faol ishtirok etishmoqda.

🌏 Ayniqsa, ushbu sa’y-harakatlar "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan yanada keng quloch yozmoqda.

🌱 Kuni kecha boshqarma hududi hamda yo‘l bo‘yi atroflariga 1 000 dona rayhon hamda 700 dona tagis gul ko‘chatlari ekildi.

🌳 "Yerga mehr - elga mehr", - deydi dono xalqimiz. Zero, ko‘chat ekib, bog‘ yaratish ham milliy qadriyatlarimiz sirasiga kiradi.

🌲 Ona-tabiat musaffoligini saqlashda barchamiz birlashaylik. Ko‘chat ekib, bog‘ yarataylik!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Yer_kuni #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati #tv
KADASTR XODIMLARI BILAN TELESUHBAT TASHKIL ETILDI

📆 "22-aprel - Butunjahon Yer kuni" munosabati bilan Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Ma’muriy amaliyot sho‘basi bosh mutaxassisi A.Ahmedov hamda boshqarmaning Shayxontohur tumani bo‘limi yetakchi inspektori A.To‘lqinov 🇺🇿 “Oʻzbekiston” telekanalining “Assalom, Oʻzbekiston” dasturida ishtirok etishdi.

🎙 Jonli efirdagi muloqot davomida soha mutaxassislari yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berib o‘tdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube