TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.14K subscribers
9.12K photos
1.12K videos
6 files
5.52K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol:
Qanday hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-son qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

➡️ koʻchmas mulk obyekti boʻyicha birlamchi kadastr yigʻmajildi (pasport) mavjud boʻlib, begonalashtirilganda yoki obyektda oʻzgarishlar (rekonstruksiya, qoʻshimcha va alohida qurilish) mavjud boʻlmaganda;

➡️ koʻchmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda;

➡️ kadastr yigʻmajildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda
BOSHQARMA FAOLIYATI OAV E’TIBORIDA

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 2023-yilning o‘tgan 10 oyi davomida aholiga kadastr xizmatlarini koʻrsatish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.

💻 Bu haqida Huquq.uz saytida maqola e’lon qilindi.

👉 BATAFSIL O‘QISH UCHUN

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bino va inshootlar haqida onlayn maʼlumot oling!

◼️Hozirgi kunda fuqarolarimiz bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani uydan chiqmasdan turib olishlari mumkin.

📃Ma’lumotnomada bino va inshootlarga doir quyidagi ma’lumotlar aks etgan bo’ladi:

- joylashuv manzili;
- kadastr raqami;
- turar joy yoki noturar joyligi;
- umumiy maydoni;
- huquqiy egasi (egalari);
- bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
- huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
- cheklanish mavjudligi;
- kadastr qiymati.

◼️Natija avtomat taqdim etilib, QR kodli ma’lumotnoma shakllanadi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat kadastrlari palatasi birifingi


🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan joriy yilning 10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati rahbari Munojat Yo‘ldosheva Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

📃 Ma'lumotning to'liq matni

OAV biz haqimizda:

▫️Расмий хабарлар
▫️67 studio
▫️O'zbekiston24
▫️ ЎзА

#DavKadastrPalata #brifing #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MA’LUMOT

Ko‘chmas mulkni birlashtirish ko‘chmas mulk mulkdorining qaroriga, mulkdorlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga, davlat ijrochisining yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

📝 Ko‘chmas mulklarni birlashtirish natijasida yangi paydo bo‘lgan ko‘chmas mulkka kadastr yig‘majildi (kadastr pasporti) dalolatnoma asosida tayyorlanadi.

Ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi huquq egasiga ko‘chmas mulkning konstruktiv elementlarini o‘zgartirish huquqini bermaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kadastr #xalqaro_uchrashuv

Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Yevrosiyo tashabbusi (EuraAsia SDI) – 2023


⚡️ Ayni dam, Samarqand shahrida 🌟Kadastr agentligi mezbonligida bo‘lib o‘tayotgan Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Yevrosiyo tashabbusining navbatdagi konferensiyasi ish boshladi.

◼️ Mazkur хalqaro uchrashuv 21-22- noyabr kunlari 9 ta davlatdan kelgan 40 ga yaqin xorijiy mutaxassislarni o‘zaro fikr va xalqaro tajriba almashishiga imkon yaratadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#EuraAsia_SDI_2023

EuraAsia SDI – 2023 konferensiyasi ochilish marosimida 🌟Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Allaberganov Atabek Validjanovichning kirish so‘zi.

BATAFSIL BU YERDA O'QING

EuraAsia SDI–2023 konferensiya 21-22- noyabr kunlari o’tkazilishi rejalashtirilgan. Unda 9 ta davlatdan kelgan 40 ga yaqin xorijiy mutaxassislar ishtirok etmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar

Turar joy – fuqarolarning doimiy yashashiga mo‘ljallangan, belgilangan sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga mo‘ljallangan joylar.

Turar joy ko‘chmas mulk hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Xabar berganimizdek, Samarqand shahrida Kadastr agentligi mezbonligida bo‘lib o‘tayotgan Fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha Yevrosiyo tashabbusining navbatdagi konferensiyasi davom etmoqda.
 
🌐   Xalqaro uchrashuvda 9 ta davlatdan kelgan 40 ga yaqin xorijiy mutaxassislar o‘zaro fikr va tajriba almashishlari uchun yaratilgan imkondan unumli foydalangan holda hozirga qadar bir necha kadastrchi hamkasblar o‘z taqdimotlari bilan chiqish qilishdi.
 
🌟 Belarussiya, Tojikiston hamda Mongoliya davlatlari taqdimotidan so‘ng, Davlat kadastrlari palatasi raisi- Mohir Valiyev “Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish bo‘yicha integratsiyalashgan axborot tizmi” mavzusida O‘zbekiston tajribasi bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi.

#DavKadastrPalata #xalqaro_uchrashuv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ер ресурсларидан оқилона фойдаланиш, ер ҳисобини юритиш ҳамда кадастр хизматларининг сифатини яхшилаш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам рационального использования земельных ресурсов, ведения учета земли и улучшения качества услуг кадастра.

Facebook|Instagram|Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Охирги уч йилда соҳани рақамлаштириш ҳисобига 40 миллион гектар ёки жами ерларнинг 90 фоизи кадастрдан ўтказилди.

Энди қолган муаммоли ерларни ҳам тўлиқ кадастр рўйхатидан ўтказиш шартлиги кўрсатиб ўтилди.

Қишлоқ хўжалиги ерларида аэросуратга оладиган замонавий самолёт ва лабораториялар олиб берилди.

Кадастр агентлигига туман ва шаҳар ҳокимлари билан бирга йил якунигача аэросуратга олиш ишларини Тошкент шаҳри, Тошкент ва водий вилоятларида, келгуси йили эса қолган ҳудудларда тўлиқ якунига етказиш топширилди.

Аэросуратлар асосида қишлоқ ерларини мониторинг қилиш тизими йўлга қўйилиши белгиланди.

Facebook|Instagram|Twitter
Йиғилишда қишлоқ хўжалигида:

- 286 минг гектар ерга бўлган ҳуқуқни тасдиқловчи ҳужжатлар тўлиқ эмаслиги;

- 159 минг гектар ернинг ҳужжатдаги ва амалдаги майдони бир-биридан фарқ қилиши;

- аввалги даврларда доимий фойдаланиш учун ажратилган 460 минг гектар ернинг ҳуқуқий мақоми аниқ эмаслиги қайд этилди.

Оқибатда жами 900 минг гектардан зиёд қишлоқ хўжалиги ерлари кадастр рўйхатидан ўтмасдан турибди. Кадастри йўқлиги сабабли такрорий экинлар учун бу ерларни расман иккиламчи ижарага бериш имкони бўлмаяпти.

Буларни оқибатида камида 300 минг иш ўрни, такрорий экиндан олинаётган маҳсулот ҳамда норасмий ижаранинг ҳисоби юритилмаяпти.

Facebook|Instagram|Twitter