TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.14K subscribers
9.12K photos
1.12K videos
6 files
5.52K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #yer_nazorati #Sergeli
NOQONUNIY QURILMA BARTARAF ETILDI

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari yer munosabatlarini tartibga solish, undan maqsadli foydalanish borasida zarur chora-tadbirlarni davom ettirmoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Sergeli tumani bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan nazorat tadbirlari vaqtida Nilufar MFY, Sergeli 2-mavzesi manzilida o‘zboshimchalik bilan egallangan 120,0 kv.m. yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligi aniqlandi.

📝 Mazkur holat yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga qonunchilikka asosan o‘zboshimcha egallangan yer maydonini belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xati berilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Natijada bugungi kunda fuqaro tomonidan mazkur noqonuniy qurilma bartaraf etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati
SHAYXONTOHUR TUMANIDAGI YER NAZORATI TADBIRLARI

Joriy yil boshidan buyon oktabr oyi oxiriga qadar poytaxtimizning Shayxontohur tumani bo‘yicha aholi yashash manzillarida jami 281 ta (3.27 gektar) yer qonun buzilishi holatlari aniqlangan.

❇️ Bu haqda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Shayxontohur tumani bo‘limi boshlig‘i Sardor Toshxo‘jayev Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy sayti muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda ma’lum qildi.

👉 Batafsil: UzA maqolasida

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#kadastr #elon #yoshlar #stajirovka

🎉 ⭐️Kadastr agentligida oliy ta’lim muassasalarining bitiruv kursi talabalari stajirovkasini tashkil etish bo‘yicha E’LON

➡️Faoliyat yo‘nalishi:
😄 yosh mutaxassislarni Agentlik tizimi xizmatiga tayyorlash, kasbiy faoliyat mas’uliyatini his etish va tajribali mutaxassislarning ish faoliyatini o‘rganish orqali oliy ta’lim muassasalarida olgan nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlash;

➡️Rasmiy talablar:

😄 O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
😄oliy ta’lim muassasalarining kadastr va iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi shaklining bakalavriat bosqichi bitiruv kurs talabalari;

➡️ Shuningdek:
😄O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan;
😄belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan fuqarolar Kadastr agentligi tizimiga ishga qabul qilinmaydi.;

➡️ Mehnat sharoiti:

😄 Barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
💰 bazaviy hisoblash miqdorining uch barobarigacha miqdorda;

➡️ Murojaat muddati va manzil:
😄 nomzodlar muntazam ravishda belgilangan namunadagi ariza, ma’lumotnoma-obyektivka, pasport va diplom nusxasini 🌟 Kadastr agentligining “[email protected]” elektron pochtasiga yuborish lozim (ma’lumot uchun telefon: 71-202-55-65).
Stajirovkaga qabul qilish tartibi va savollar ro‘yxati bilan 🌟 Kadastr agentligining rasmiy 🌐 Telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DXM dagi xizmatlarimiz


🫥 Ko'chmas mulk tarixi haqida ma’lumotnoma berish  tartibi qanday amalga oshiriladi?

🌱 Siz  onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, Bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishingiz mumkin.

◼️ Ko'chmas mulk tarixi haqidagi ma’lumotnomada quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

💠 Amaldagi huquq turi,  kadastr raqami, umumiy maydoni,  qurilish osti maydoni, qurilgan yili, yer uchastkasining huquqni belgilovchi hujjatlarining shakli, kim tomonidan berilganligi, sanasi, raqami, bino va inshootlarning huquqni belgilovchi hujjatlarining shakli, kim tomonidan berilganligi, sanasi, raqami, avvalgi huquq turi, cheklanish mavjudligi.

#DavKadastrPalata #DXM #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #muqaddasdir_vatan_bayrog_i #tadbir
MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I

🇺🇿 Yurtimizda 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sifatida keng nishonlanadi.

🏢 Bu yil ham an’anaga muvofiq ushbu sana arafasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔷 Tadbirda Oʻzbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Otabek Alimardonov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

🎙 Ma’ruzachi tomonidan Davlat bayrog'i haqida taqdimot ko'rinishida asosiy tushunchalar va qiziqarli ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida kichik viktorina tashkil etilib, unda kadastr xodimlarining mavzuga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYASIZ TARAQQIYOT SARI

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining tuman bo‘lim-filiallari xodimlari o‘rtasida korrupsion holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

📍 Navbatdagi davra suhbati Olmazor tumanida tashkil etildi.

🔷 Unda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tomonidan xodimlarga mehnat va ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, tizimda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

⬜️ Davra suhbatida ishtirok etgan Olmazor tumani IIB katta inspektori, mayor S.Salimjonov ham kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_savodxonlik
XODIMLARNING HUQUQIY BILIMLARINI OSHIRISH YO‘LIDA

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida navbatdagi o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

⬜️ Bugungi o‘quv soatida O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga muvofiq yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilish tartibi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2021 yildagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6243-sonli Farmoni mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma'lumot berildi.

🔷 Mavzu yuzasidan Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi bosh yuristkonsulti F.Mahmudov ma’ruza qilib, tinglovchilarning savollariga javob qaytardi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #muqaddasdir_vatan_bayrog_i
18-NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN

🔷 Dunyo istalgan mamlakat, hududni uning bayrog‘i orqali taniydi. Bayroq, xuddi inson chehrasi misol, o‘zida mamlakatning turmushi, o‘tmishi va buguni haqida tasavvurlarni taqdim etadi.

🇺🇿 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasining milliy ramzlaridan biri — davlat bayrog‘i qabul qilingan kun. Bu yil xalqaro maydonda mustaqil O‘zbekiston bayrog‘i hilpirab turganiga 32 yil to‘ldi.

🇺🇿 Davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ramzidir.

🇺🇿 Sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamisha e’zozlaylik va boshimiz uzra baland ko‘taraylik!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika #murojaatlar
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

📊 Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalariga 2023-yilning 13-17-noyabr kunlarida kelib tushgan murojaatlar tahlili ushbu infografikada aks etgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #intervyu
MIRZO ULUG‘BEK TUMANI AHOLISIGA KO‘RSATILGAN KADASTR XIZMATLARI

💻 Joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani aholisidan ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan jami 6 893 ta ariza kelib tushgan.

Shundan 6 504 tasi ijobiy hal etilib, kadastr pasporti rasmiylashtirib berilgan.

🏢 Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Mirzo Ulug‘bek tumani filiali boshlig‘i Bobir Kuleshov Ochun.uz internet nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

👉 Batafsil: Ochun.uz maqolasida

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube