TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.06K photos
1.11K videos
6 files
5.47K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
▪️Hujjatsiz yerga 3 baravar stavkada soliq hisoblash to‘xtatiladi▪️

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14-iyundagi "Faol ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni yanada, rag'batlantirish, soliq majburiyatini bajarishda aholi timonidan ortiqcha xarajatlarga yo'l qo'ymaslik hamda qo'shimcha ish o'rinlarini yaratishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-192-son qaroriga ko'ra:

➡️ 2024-yil 1-iyungacha yer uchastkalaridan hujjatlarsiz foydalanayotgan jismoniy shaxslarga yer soligʻining 3 karra oshirilgan stavkasida soliq hisoblash tartibi toʻxtatiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish bo‘yicha barcha imtiyozlar bekor qilinmoqda ▪️

🇺🇿 Prezident tomonidan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga nisbatan xususiy mulkchilik instituti joriy etilishi va mulk huquqining daxlsizligiga oid qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan prezident ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-99-sonli farmon imzolandi.

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda:

◾️ qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish (realizatsiya qilish);

◾️ yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratishni nazarda tutuvchi tartiblar, imtiyoz va istisnolarni to‘liq chiqarib tashlash;

◾️ jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha respublika va hududiy maqsadli jamg‘arma faoliyatini tartibga soluvchi qonunosti hujjatlari bo‘yicha o‘zgarishlar.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Ko'chmas mulkingiz tarixi bilan tanishing ▪️

🇺🇿Vazirlar Mahkamasining 14.08.2023 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ko‘chmas mulk tarixi ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 380-son qarori qabul qilindi.

📃 Hujjat bilan ko‘chmas mulk tarixi ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.

➡️Davlat xizmatidan quyidagi usullar orqali foydalanish mumkin:

▫️DXMga tashrif buyurgan holda;
▫️YaIDXP yordamida;
▫️davreestr.uz. orqali.

🔹 Bunda ko‘chmas mulkning kadastr raqamini aks ettirgan holda so‘rovnoma to‘ldirib, BHMning 0,5 baravarini to‘lash lozim.

📆 Natijalar quyidagi shakldagi ma’lumotnoma tarzida 3 ish kunida taqdim etiladi:

▫️ko‘chmas mullka nisbatan amaldagi va oldingi huquqlar (qurilgan yili, maydon kvadraturasidagi o‘zgartirishlar);
▫️davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana;
▫️ huquqni belgilovchi hujjat turi, uni bergan organ va hujjat berilgan sana.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish tartibi belgilandi ▪️

📃 Hukumat qarori (409-son, 22.08.2023 y.) bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📝 Nizomga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning malakasini oshirish (har 3 yilda kamida bir marta) Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kolleji Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.

➡️ Shunga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari malaka oshirish muddati kelishidan 15 kun oldin Markazga xat yuboradi.

🗓 Markaz xat kelib tushgan kundan 5 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazuvchini malaka oshirish kursiga qabul qiladi yoki uni rad etadi.

O‘quv kurslarining eng ko‘p hajmi 72 soatni tashkil qiladi.

👔 Kurslar tamomlangach, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar test sinovidan o‘tkazilib, testdan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi.

☑️ Malaka oshirish davrida ro‘yxatdan o‘tkazuvchilarning ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi.

📌 Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar har 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkaziladi (suhbat shaklida).

❗️ OTMni tugatgan va egallagan mutaxassislik bo‘yicha birinchi marta ishga kirgan shaxslar, agar ular mazkur mutaxassislik bo‘yicha 2 yildan kam ishlagan bo‘lsa, attestatsiyadan o‘tkazilmaydi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar qarzdorlik mavjud emasligi tekshirilgandan so‘ng tasdiqlanadi▪️

💸Ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–278, 15.08.2023 y.) qabul qilindi.

📃 Qarorga ko‘ra, respublikadagi chegaralari belgilanmagan ko‘p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari chegaralari belgilanib, “YERELEKTRON” axborot tizimiga kiritiladi.

📆 2024-yil 1-yanvardan:

◾️ ko‘p kvartirali uylardagi ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar notariuslar tomonidan mulkdorning majburiy badallar yoki to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud emasligi tekshirilgandan keyin tasdiqlanadi;

◾️ majburiy badallarning yoki to‘lovlarning eng kam miqdori Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi;

📃 Qaror bilan shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi qo‘shimcha vakolatlar beriladi:

◾️ ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari va joylar mulkdorlari tomonidan issiqlik ta’minotidan foydalanishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;

◾️ ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulk va ularga tutash yer uchastkalarida amalga oshirilgan ta’mirlash-tiklash ishlarining qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☺️☺️☺️☺️☺️

💸 "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasining qarori (VM-411, 22.08.2023y.) qabul qilindi.

🇺🇿Hukumatning PQ–4270-son va PQ–4913-son qarorlariga muvofiq 2020-yil 1 yanvardan 2022-yil 31 dekabrga qadar tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti muvaffaqiyatli joriy etilganligi inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni keng jalb etish doirasida kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2023-yil, 22-avgustda 411-sonli qarori tasdiqlandi.

📃 Unga ko‘ra quyidagilar belgilandi:

▪️ Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti uy-joy fondiga oid ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan:

➡️ 2023-yil 1 oktabrdan boshlab Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida;

➡️ 2024-yil 1 iyuldan boshlab respublikaning barcha hududlarida joriy etiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi▫️

🔲 Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 8-avgustdagi “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida” gi 860-sonli Qonuni qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

♻️ Mazkur videoda Qonun mohiyati haqida batafsil Davlat kadastrlari palatasi Bosh yuriskonsulti N.Xodjamov xabar beradi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat hisobidan yuridik yordam

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining "Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida"gi 16.06.2023 yil 848-son Qonuniga sharh

📃 Davlat hisobidan yuridik yordam faqat Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi.

Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega:
- kam ta’minlangan shaxslar;
- ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar;
- o‘z huquqlari buzilgan;
- O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo‘yicha advokat ishtirok etishi shart bo‘lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

▶️ Batafsil mazkur videoda👆

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_ma_lumot
NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNING KORRUPSIYAGA QARSHI EKSPERTIZASI

👉 Mazkur videoda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 08.08.2023 yildagi 860-son Qonuni mazmun-mohiyati haqida malumot beradi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_ma_lumot
QARORGA SHARH

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.08.2023 yildagi 424-son Qarori bilan soha qonunchiligida qanday o‘zgarishlar amalga oshiriladi?

🎙 Bu haqda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boʻlim boshligʻi B.Abdumalikov o‘z fikrlarini bildiradi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish

🇺🇿 Ma’lumki, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonuni 28.11.2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan va 2023-yil 1-mart kunidan kuchga kirgan.

📃 Mazkur Qonunning amal qilishi ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi:

▫️ yer uchastkalariga;
▫️ binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga;

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥 Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish

◼️So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

- familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
- pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JSHSHIR ma’lumotlari);
- ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
- yashash manzili;
- elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
- ma’lumotnomaning hudud kesimida yoki respublika bo‘yicha bo‘lishi;
- obyekt joylashgan manzil;
- ma’lumotnoma davri (joriy holat yoki oxirgi 10 yillik davr).

🫥 Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa):

◼️Nomiga ma’lumotnoma berish so‘ralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, u haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR) va yashash manzili.

◼️Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori: Bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida.

◼️Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 612-son qarori.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2024 yilda uchun qo'shimcha dam olish kunlari

🇺🇿 "2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni (PF–213-son, 22.12.2023 y.) qabul qilindi.

📃 Farmonga ko‘ra, 2024-yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:

📆 barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):

▪️22 mart – juma;
▪️11 aprel – payshanba;
▪️18 iyun – seshanba;
▪️3 sentabr – seshanba;
▪️31 dekabr – seshanba.

🗓 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:

▪️2 yanvar – seshanba;
▪️23 mart – shanba;
▪️12 aprel – juma;
▪️31 avgust – shanba;
▪️30 dekabr – dushanba.

🗓 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chiriladi:

▪️6 yanvar – shanba kunidan 2 yanvar – seshanba kuniga;
▪️13 aprel – shanba kunidan 12 aprel – juma kuniga;
▪️14 dekabr – shanba kunidan 30 dekabr – dushanba kuniga.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

🫥 Yer uchastkasi olib qo‘yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk bozor qiymatining 5 foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.

📃 Qonunchilikka muvofiq huquq egasiga tegishli bo‘lgan, olib qo‘yilgan yer uchastkasida o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylar (yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar), ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda boshqa binolar va inshootlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularning bozor qiymati ham to‘liq hajmda qoplanishi lozim.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_ma_lumot #javobgarlik

⚠️ Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilikni buzish javobgarlikka sabab bo‘ladi!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#huquqiy_ma_lumot

📝 Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi.

🏠 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

1️⃣ ko‘p kvartirali uydagi kvartira -3 ish kunigacha.

2️⃣ yakka tartibdagi turar joy - 5 ish kunigacha.

🏢 Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

1️⃣umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha.

2️⃣umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha.

3️⃣umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha -10 ish kunigacha.

4️⃣umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha.

5️⃣umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha - 20 ish kunigacha.

6️⃣umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq - 25 ish kunigacha.

7️⃣ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha - 3 ish kunigacha.

💳 Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilishingiz muhim

Quyidagi hollarda manzilni belgilash uchun to‘lov undirilmaydi:

🔹 ko‘chmas mulk joylashgan ma’muriy — hududiy birlik o‘zgarganda;
🔹 ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda, obyektning qolgan qismiga eski manzili berilganda;
🔹 ko‘chaning nomi o‘zgarishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
🔹 nomsiz ko‘chalarga nom berilishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manzili belgilanganda va manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
🔹 qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno).

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

☯️ Avvalroq, ko'chmas mulkni bo'lish va uning yangi chegaralarini aniqlash haqida ma'lumot taqdim etilgan edi.

🫥 Navbatdagi video orqali ko'chmas mulkni bo'lishni rad etish uchun asoslar haqida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

To'liq o'qish uchun: https://lex.uz/docs/4977684

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM