TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.21K subscribers
9.26K photos
1.14K videos
6 files
5.62K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
▪️Senat yigilishi▪️

⚜️ Kuni kecha, Senatning Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, aholi bilan uchrashuvlar va sayyor qabullar tashkil qilish, ko‘tarilgan masala va muammolarni zudlik bilan joyida hal qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Kadastr agentligi rahbariyatining axboroti tinglandi. Agentlik tomonidan murojaatlar tahlili, o‘tkazilgan sayyor qabullar, mas’ul xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun javobgarlik masalalari ko'rib chiqildi.

◼️Shu bilan birga, sohada o‘z yechimini kutayotgan ayrim muammoli masalalar mavjudligi aytib o‘tildi. Xususan, respublika hududidagi 2 mln 400 mingdan ortiq aholi xonadonlarining kadastr hujjatlari yo‘qligi va bino-inshootlariga nisbatan mulk huquqini belgilovchi tartib mavjud emasligi sababli aholi tomorqa uchun kredit, subsidiya hamda uy-joyini kengaytirishga ipotekadan foydalana olmayapti, shu tufayli Agentlikka hamda Xalq qabulxonalariga murojaatlar soni ko‘paygan. Tahlil natijalariga ko‘ra ayni shu mazmundagi murojaatlar jami murojaatlarning 40 foizdan ortig‘ini tashkil etishi ta’kidlab o‘tildi.

▫️Majlisda muhokama qilingan masalalar yuzasidan Qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.

👉 Batafsil: https://senat.uz/events/post-892

#DavKadastrPalata #senat_yig_ilishi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM