TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.05K photos
1.11K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik #FIG_2023

Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 o’z ishini boshladi.

🇺🇸 AQShning Florida shtati Orlando shahrida Federetion Internationale des Geometres-FIG (Xalqaro geodezistlar federatsiyasi-XGF) tashabbusi bilan har yili o’tkazib kelinayotgan Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 o’z ishini boshladi.

🎉 Ochilish marosimida XGF Prezidenti Diane Dumashie hamda jamg’arma rahbari John Hohol, NSPS Prezidenti Robert Akins so’zga chiqib ishitrokchilarni samimiy qutlashdi.

➡️ 28 maydan 1 iyungacha bo’lgan ish haftalikda XGFning 10 ta komissiyasi tomonidan geodeziya, kadastr, fazoviy ma’lumotlar va ushbuga mansub boshqa yo’nalishlar bo’yicha dunyoning turli mamlakatlarida erishilgan yutuqlar va mukammal tajribalar hamda muammoli masalalar ko’rib chiqiladi.

Ushbu nufuzli tadbirda 🇺🇿O’zbekiston vakillari birinchi marta ishtirok etmoqda.
Rasman
🌟 Kadastr agentligi mas'ullari konferensiya ishtirokchilari hisoblanadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sayyor_qabul #Yunusobod
KADASTR XODIMLARI XALQ BILAN

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan Yunusobod tumanida tashkil etilgan sayyor qabulda ko‘plab fuqarolarning sohaga oid murojaatlari koʻrib chiqildi.

🎥 Qabul tafsilotlari mazkur reportajda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #jarayondagi_vazifalar
MEHNAT VA IJRO INTIZOMI – SAMARADORLIK GAROVI

🔷 Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o‘rinbosari boshchiligida Toshkent shahar boshqarmasi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda mas’ullarga bir qator topshiriqlar berilgan edi.

🔷 Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida DKP Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassisi T.Yuldashev Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr pasportini rasmiylashtirish hamda ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlarini yaqindan o‘rganmoqda.

🔷 Bundan tashqari T.Yuldashev boshqarma xodimlari bilan muloqotda bo‘lib, mehnat va ijro intizomini ta’minlash, kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida sifatli bajarish, korrupsiya, ta’magirlik kabi salbiy holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #statistika #doimiy_aholi_soni
SIZ UCHUN MA'LUMOT

⚜️ Statistika agentligining ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilning 1-aprel holatiga Toshkent shahri boʻyicha jami doimiy aholi soni 2978,9 ming kishini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 3,3 foizga koʻpaygan.

Shundan:

👩 Ayollar soni – 1517,8 ming kishi,

👨🏻 Erkaklar soni – 1461,1 ming kishi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #savol_javob

Savol: Yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarga qachon kadastr pasporti shakllantiriladi?

Javob videoda 👉

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik #FIG_2023

🌐Xalqaro konferensiya doirasida FIG komissiyasining sessiyalariga start berildi.

1-Komissiya
- Professional amaliyot;
2-Komissiya - Kasb-hunar ta'limi;
3-Komissiya - Fazoviy ma'lumotlarni boshqarish;
4-Komissiya - Gidrografiya;
5-Komissiya - Joylashishni aniqlash va o'lchash;
6-Komissiya - Muhandislik tadqiqotlari;
7-Komissiya - Kadastr va yer tuzish;
8-Komissiya - Fazoviy rejalashtirish va rivojlantirish;
9-Komissiya - Mulkni baholash va boshqarish;
10-Komissiya - Qurilish iqtisodiyoti va boshqaruvi.

🌟 Kadastr agentligi mas’ullari 7-komissiya sessiyalarida hamda ESRI amaliy o’quv laboratoriyasi mashg’ulotlarida ishtirok etishdi.

7-komissiya sessiyalarida "Samarali yer resurslari boshqaruvi asoslari", "BMT-GGIM integratsiyalashgan geofazoviy ma'lumotlar bazasi va IGIFning olib borayotgan ishlari", "Yer resurslarini boshqarishni takomillashtirish", "FELA asosidagi geofazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi", "3D yer boshqaruvi", "3D kadastrni amalga oshirish" mavzularida ma'ruzalar qilindi shuningdek mutaxassislarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Eslatib o’tamiz AQShda Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 bo’lib o’tmoqda.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #sayyor_qabul
OAV BIZ HAQIMIZDA

🔷 Xabaringiz bor, kuni kecha Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan Yunusobod tumanida sayyor qabul oʻtkazilgan edi.

👉 Mazkur tadbir tafsilotlari haqida tayyorlangan lavhalar “Toshkent” telekanalining “Poytaxt” informatsion dasturida efirga uzatildi:

📺 “Poytaxt” informatsion dasturining o‘zbek tilidagi efiri

📺 “Poytaxt” informatsion dasturining rus tilidagi efiri.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #atamalar

📌 Bo‘sh turgan yer uchastkasi — binolar va inshootlar joylashmagan, hech qanday majburiyatlar yoki taqiqlar o‘rnatilmagan hamda jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikka muvofiq ajratib berilmagan, davlat mulki bo‘lgan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi.

✍🏼 Vazirlar Mahkamasining 30.11.2022 yildagi 685-son qarori.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-iyundan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️Aholi va tadbirkorlarga kredit ajratish jarayonida qarz oluvchini ID-kartadagi biometrik ma’lumotlar asosida identifikatsiya qilish yo‘lga qo‘yiladi.
👉 Batafsil

⚜️Respublika hududlarida mavjud faol tektonik yer yoriqlarining ko'rsatkichlarini o'rganish ishlari tashkil etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim tartib va cheklovlar bekor bo‘ladi.
👉 Batafsil

⚜️Aholi punktlarida transport harakatlanish tezligi tushiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Har yili "Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi ta'lim va innovatsiyalar" milliy tanlovi o'tkazib boriladi.
👉 Batafsil

⚜️Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining yaqinlariga imtiyozlar beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Tug‘ilganlik bo‘limlarida qayd qilinganligi haqida QR-kodli “metrika” beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Kontrafakt mahsulotdan himoyalanishning yana bir usuli ishga tushadi.
👉 Batafsil

⚜️«To‘maris izdoshlari» jamoaviy faoliyati guruhlari yo'lga qo'yiladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #savol_javob

Savol: 🏠O‘zimning uyimga qo‘shimcha qurilish qilib tugatdim. Menga qo‘shimcha qurilishimni kadastr hujjatlarimga kiritishda to‘lovlar uchun yengillik bormi

Javob: 🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-son qaroriga asosan, agar siz I-II guruh nogironlari va ikkinchi jahon urushi qatnashchilari toifasiga kirsangiz ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari umumiy qiymatining 50 foizini to'laysiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM