TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.14K subscribers
9.12K photos
1.12K videos
6 files
5.52K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #ro_yxatdan_o_tgan #statistika
1 902 TA OBYEKT DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTGAN

🔰 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha maʼlumot.

🔰 Ushbu maʼlumotda 2023-yilning 24-31-may oraligʻida Toshkent shahrida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan obyektlar soni bilan tumanlar kesimida tanishishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
▪️DIQQAT E’LON!▪️

◼️Kadastr yo‘nalishiga tegishli davlat xizmatlari ko‘rsatilishida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining Davlat xizmatlari markazi orqali buyurtmalar kelib tushishi yo‘lga qo‘yilgan.

◼️Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Davlat xizmatlari markazining axborot tizimlarida uzilishlar kuzatilishi oqibatida ayni davr oralig‘ida yaratilgan buyurtmalarning "DAVREESTR PRO-2" dasturida axborot tizimiga yetib kelishi hamda tizim orqali ishlov berilgan buyurtmalarning yakunlanishida bir qator muammolar yuzaga kelmoqda.

Ushbu holat, ayni damda to‘liq bartaraf etilishi bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

◼️Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1-IYUN – XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI

⚜️Ushbu kun 1925-yil Jenevada bolalar farovonligiga bagʻishlangan Butunjahon konferensiyasida taʼsis etilgan, 1950-yildan bayram sifatida nishonlab kelinadi.

👨‍👩‍👧‍👦 Bolalar – hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Baxtimizga doimo sog‘-omon bo‘ling – ona Vatanimizning zukko avlodlari!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #DXMdagi_xizmatlarimiz
YOʻQOLGAN KADASTR PASPORTINI QAYTA TIKLASH

🔷 Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXP (my.gov.uz) da davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.

🔷Agar siz o’zingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar.

🔷 Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.

🔷 Kadastr (yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi▪️

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur videoinfografikada berilgan.

📆 Hisobot davri: 25-31 may, 2023 yil

📊 Jami: 15 069 ta

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik #FIG_2023

🇺🇸 AQShning Florida shtati Orlando shahrida Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 doirasida geodezistlar ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda.

🎞 Batafsil videoda

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

🔲 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

👉 qonuniylik;

👉 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning majburiyligi;

👉 davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning ustuvorligi;

👉 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi axborotning ochiqligi;

👉 taqqoslanuvchanlik va muvofiqlik.

🇺🇿 “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 4-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▪️Kitob - tafakkur xazinasi▪️

📖 Kitob umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh boʻluvchi sodiq doʻst. Insonning maʼnaviy kamolotini taʼminlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yoʻq. Shu bois, azal-azaldan maʼrifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob oʻqishga, undan ilmu odob sirlarini oʻrganishga chorlab kelishgan.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hamda uning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Mutolaa soatlari xodimlarning fikrash dunyosining boyishi, so'zlashuv madaniyatining o'sishi va ma'naviy barkamolligiga sabab bo'lmoqda.

📹 Mutolaa soatlari haqida batafsil mazkur videoda👆

#DavKadastrPalata #mutolaa_soati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni
BOLAJONLARGA QUVONCH ULASHIB

🇺🇿 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida tizim xodimlarining farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

🏢 Boshqarma boshlig‘i J.Karimov kelajagimiz davomchilari bo‘lmish barcha o‘g‘il-qizlarni samimiy qutlab, ularga ezgu tilaklarni bildirdi.

💐 Bayram tadbirida bolajonlar ertak qahramonlari bilan birga raqsga tushib, turli shartlar bo‘yicha o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.

👨‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, ular ota-onalari hamrohligida kadastr sohasi va undagi qizg‘in ish jarayoni bilan yaqindan tanishish imkoniga ham ega bo‘ldilar.

🎥 Barchaga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashgan tadbir tafsilotlari ushbu videolavhada.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
DIQQAT, E’LON

🔷 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi
tomonidan Yangihayot tumani filialining yangi binosi qurilishi rejalashtirilgan.

🔷 Mazkur ikki qavatli bino yerto‘lasi bilan barcha infratuzilma loyihasini hisobga olgan holda ishchi lohiya hujjatlarini ishlab chiqishga ixtisoslashtirilgan, tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan loyiha tashkilotini tanlab olinishi uchun tanlov e’lon qilinadi.

👉 Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan loyiha tashkilotlari quyidagi manzilga murojaat qilishlari mumkin:

📍Bizning manzil: Toshkent shahar, Mirobod tumani, KXAY koʻchasi, 9-uy.

☎️ Bog‘lanish uchun telefon: (71) 233-42-27, (99) 000-51-81, (90) 316-51-15.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #statistika #murojaatlar
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

🏢 Kadastr agentligi
hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalariga 2023-yilning 29-may – 2-iyun kunlarida kelib tushgan murojaatlar tahlili ushbu infografikada aks etgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◻️ Ijtimoiy tarmoqlardan birida e’lon qilingan Mirzo Ulug‘bek tumani Sayram ko‘chasidagi holat yuzasidan Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi:

◻️ Boshqarmaning arxiv hujjatlari va elektron ma’lumotlar bazasiga muvofiq, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li MFY, Sayram 5-tor ko‘chasi manzilida joylashgan yotoqxona obyekti (K/R 10:09:02:01:02:0096) Toshkent shahar hokimining 2005-yil 6-noyabrdagi 550-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasining 2006-yil 6-noyabrdagi 308-sonli davlat orderiga asosan 2006-yil 21-noyabrda “IPOTEKA BANK” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Toshkent viloyati filiali nomiga egalik huquqi bilan kadastr hujjatlari shakllantirilgan.

◻️ “IPOTEKA BANK” aksiyadorlik tijorat banki Toshkent viloyati filiali va “MODERN QURILISH SERVIS” MCHJ o‘rtasida 2007-yil 16-martda rasmiylashtirilgan 50-sonli o‘zaro oldi-sotdi shartnomasiga asosan mavjud yotoqxona obyekti “MODERN QURILISH SERVIS” MCHJ nomiga 2007-yil 7-noyabrda kadastr hujjatlari shakllantirilib 9-286/2007-reestr raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

◻️ Kadast hujjatlariga ko‘ra obyektning yer maydoni 594.0 kv.m.ni, bino-inshootlar maydoni 426.0 kv.m.ni tashkil etib, shundan 95.0 kv.m. bino qismi mulk huquqi asosida, 331.0 kv.m. bino qurilishi tugallanmagan qismiga egalik huquqi belgilanmagan.

◻️ Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 14.04.2022 yildagi 183-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq joyiga chiqib o‘rganilganda, mazkur holatda yer uchastkalarini noqonuniy egallab olinishi bilan bog‘liq qonun buzilishi holatlari aniqlanmadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #kun_tarixi
5-IYUN – XALQARO ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH KUNI

🌏 Har yili 5-iyunda o‘tkaziladigan Atrof-muhitni muhofaza qilish kunidan ko‘zlangan maqsad dunyo mamlakatlari e'tiborini atrof-muhit muammolariga jalb qilishdan iborat.

♻️ Bu bayram BMT tomonidan 1972-yil 5-iyunda Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha Stokgolmda o‘tkazilgan konferensiyaning rezolyutsiyasiga asosan joriy etilgan.

⚜️ Ushbu kunda barcha xalqlar birlashib, atrof-muhitni muhofaza qilishga, ona-yerimizni asrab qolishga o‘z hissasini qo‘shish imkoniga ega bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #savol_javob

Savol: Turar joy toifasini oʻzgartirish qay tartibda amalga oshadi?

Javob videoda 👉

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#onlayn_xizmatlar #kadastr

📃 Ko'chmas mulk obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish yuzasidan my.gov.uz portali orqali 1-iyun holatiga kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika.

💻 Yagona portal orqali - 62 892 ta
🏢 Davlat xizmatlari markazi orqali - 213 485 ta

📱 Xizmatdan foydalanish

➡️HARAKATLAR KETMA-KETLIGI➡️

📨 Ariza beruvchi YAIDXPda ro‘yxatdan yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi.

📃 Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ko‘chmas mulk obyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘rganib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va yig‘im summasi ko‘rsatilgan xabarnomani arizachiga yuboradi.

📄 Arizachi yig‘imni to‘laydi va reyestrdan ko‘chirmani yuklab oladi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH YO‘LIDA

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining tuman bo‘limlari va filiallarida “Korrupsiya - taraqqiyot dushmani” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda. Navbatdagi ochiq muloqot poytaxtimizning Mirobod tumanida tashkil etildi.

⚜️ Unda DKP Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassisi T.Yuldashev, Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirovlar tomonidan yig‘ilish ishtirokchilariga korrupsion holatlar va ularning huquqiy oqibatlari aniq misollar yordamida tushuntirildi.

⚜️ Shu bilan birga ish vaqtida davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishi, murojaat va topshiriqlarning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlashi orqali odamlar roziligiga erishish mumkinligi alohida ta’kidlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube