TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #ko_chmas_mulk #to_lov
KO‘CHMAS MULKKA BO‘LGAN HUQUQNI O‘Z VAQTIDA DAVLAT RO'YXATIDAN O'TKAZING

📊 2023-yilning 1-noyabr holatiga ko'ra, Toshkent shahri bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kelib tushgan arizalar orasida to‘lovini kutayotgan murojaatlar 2 449 tani tashkil etmoqda.

📈 Qarzdorliklarning eng ko‘pi Mirzo Ulug‘bek (324 ta), Yunusobod (311 ta), Yashnobod (266 ta), Olmazor (252 ta) hamda Shayxontohur (227 ta) tumanlarida kuzatilmoqda.

📲 Yurtdoshlarimizdan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida bergan arizalari bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlarini so‘raymiz.

⚠️ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 68-modda 1-qismiga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida (1 oy muddatda) murojaat etmaslik - fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa — 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.