TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.27K subscribers
9.48K photos
1.21K videos
6 files
5.8K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🔸Huquqiy yangiliklar🔸

⚜️“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

⚜️ Ushbu qonun ko‘chmas mulkning quyidagi turlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga nisbatan tatbiq etiladi:

▫️yer uchastkalariga;
▫️binolarga, inshootlarga, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlarga;
▫️ko‘p yillik dov-daraxtlarga;
▫️mulkiy majmua sifatidagi korxonaga.

Batafsil➡️https://t.iss.one/huquqiyaxborot/12791

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
🔸Huquqiy yangiliklar🔸

⚜️“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

♻️ Ushbu qonunning ahamiyatli jihatlari mazkur infografikalarda berilgan.

▫️Qonun haqida batafsil👈

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
▪️"Korobka" holatidagi uy-joylar uchun subsidiya ajratiladi▪️

◼️ Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (xonalarga bo‘lingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular bo‘yicha va ipoteka krediti bo‘yicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lashga ruxsat berilgan.

2023-yildan boshlab ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan va rekonstruksiya qilingan mol-mulk unga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan e’tiboran 36 oy ichida begonalashtirilganda, qonunchilikda nazarda tutilgan daromadlar belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▶️E’tibor qarating !

📃 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda kelib tushgan arizalar orasida respublika bo‘yicha to‘lovini kutayotgan murojaatlar juda ko‘pligini ma’lum qilamiz.

👔 Qarzdorliklarning eng ko‘pi Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatilarida kuzatilmoqda. Sms xabarnomalar orqali xizmat uchun to‘lovni amalga oshirish lozimligi haqida xabar berilgan bo‘lsada, fuqaro va tadbirkorlardan bu to‘lovlarni amalga oshirishda faollik sezilmayapti.

❗️Yurtdoshlarimizdan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bergan arizalari bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmat uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalaga oshirishlarini so‘rab qolardik.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar #e_tibor_qarating

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerni ko'p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yer solig'ini to'lashdan ozod qilinadi

📃 “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-26-son, 21.02.2025 y.) qabul qilindi.

◼️ Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-maydan “Yangi O'zbekiston” massivlarini barpo etish doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib o'rnatiladi:

yer uchastkalarini ko'p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo'yicha auksion savdolarida qatnashish, ko'p kvartirali uy-joylarni qurish va ularni realizatsiya qilishga faqat QQSni to'lovchi yuridik shaxslarga ruxsat etiladi;

yer uchastkalarini ko'p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga berish bo'yicha auksion savdolari ofertasida loyiha oldi hujjatlari tayyorlashga 15 kunlik, loyiha ishlarini bajarishga 2 oylik va qurilish ishlarini boshlashga 3 oylik muddat belgilanadi, shuningdek, unda qurilishni yakunlash va obyektni foydalanishga qabul qilish muddatlari ko'rsatiladi;

auksion savdolarida yer uchastkasini ko'p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar ijaraga olgan paytdan boshlab 12 oy davomida ushbu yer uchastkasi bo'yicha yer solig'ini to'lashdan ozod qilinadi;

🗓 2025-yil 1-martdan “Yangi O'zbekiston” massivlarida ko'p kvartirali uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlariga aylanma mablag'larini to'ldirish uchun 12 oylik imtiyozli davr bilan 24 oy muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan ko'pi bilan 2 foiz bandga yuqori stavkada kreditlar ajratiladi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM