TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#kadastr #unese #xalqaro_uchrashuv

🇺🇳 BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining (UNECE) Yer boshqaruvi bo‘yicha ishchi guruhi (WPLA) byurosi kotibiyati taklifiga binoan, joriy yilning 4–5-aprel sanasida 👍Kadastr agentligi direktori F. Pulatov boshchiligidagi delegatsiya Yer boshqaruvi bo‘yicha ishchi guruhning 13-sessiyasida ishtirok etdi.

➡️Sessiya – UNECEga aʼzo davlatlarda hal etilishi kerak bo‘lgan masalalar, yer boshqaruvi va kadastr idoralari strategiyalari, UNECE mintaqasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar himoyalanishi, yer boshqaruvida xavfsizlik va geofazoviy maʼlumotlar yo‘nalishidagi tajribalar bilan tanishish, yer va ko‘chmas mulk boshqaruvi siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlandi.

🗣 Sessiyaning xalqaro tajriba almashish blokida:

Bolqon davlatlari va O‘zbekistonda huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan bino va inshootlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tajriba almashildi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan yer va ko‘chmas mulk munosabatlari borasidagi islohotlar, qonuniy asoslar bilan tanishtirildi.

yer boshqaruvida raqamli transformatsiya va maʼlumotlar xavfsizligi masalalari ko‘rib chiqildi.

‼️Maʼlumot uchun: UNECE WPLA tadqiqotlariga ko‘ra rivojlanayotgan dunyoda shahar aholisining qariyb 33 foizi noqonuniy qurilishga mansub aholi punktlarida istiqomat qiladi va UNECEga aʼzo 20 ta mamlakatda ushbu ko‘rsatkich 50 million aholi soniga teng.

Shuningdek, tashrif doirasida BMTning Yer boshqaruvi bo‘yicha ishchi guruh, O‘rmonlar, yer va uy-joy bo‘limi, Xalqaro geodezistlar federatsiyasi vakillari, Yevropa va MDH davlatlarining yer, geodeziya, kadastr va qurilish sohalari bo‘yicha masʼul idora rahbarlari, akademik davra vakillari bilan o‘zaro muloqot va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM