TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.15K subscribers
9.07K photos
1.11K videos
6 files
5.48K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #huquqiy_savodxonlik
HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI

🔷 Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi bosh yuristkonsulti O.Anvarov tomonidan xodimlar uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

🔷 Unda 2023-yilning 25-dekabr kuni sud-huquq sohasini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan O‘RQ–884-son, O‘RQ–887-son, O‘RQ–888-son hamda O‘RQ–889-son Qonunlarning mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.

🔷 Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual hamda Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslarga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🔷 Bo‘lib o‘tgan o‘quv seminari davomida mavzuga oid targ‘ibot materiallaridan samarali foydalanildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_savodxonlik
HUQUQIY TARG‘IBOT TADBIRI

🔷 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari xodimlari uchun navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etildi.

🔷 Unda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining bosh yuristkonsulti F.Mahmudov tomonidan O‘RQ–909-son, O‘RQ–910-son, O‘RQ–911-son hamda O‘RQ–915-son Qonunlarning mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.

🔷 Jumladan, o‘quv seminari davomida mavzuga oid targ‘ibot materiallaridan samarali foydalangan holda Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oliy Majlis faoliyatini takomillashtirish yuzasidan kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_savodxonlik #Yangihayot
SEMINAR YANGI QONUN MAZMUN-MOHIYATIGA BAGʻISHLANDI

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining 📍Yangihayot tumani filiali majlislar zalida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

◾️Tadbirda DKP Yangihayot tumani filiali bosh mutaxassisi A.Mahkamov hamda Yangihayot tumani adliya boʻlimi boshligʻi Z.Toshtemirov tomonidan xodimlarga xalqimiz intiqlik bilan kutgan Qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumot berilib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalarga ham toʻxtalib oʻtildi.

◾️Mavzuga oid targ‘ibot materiallaridan samarali foydalanilgan holda o‘tkazilayotgan bunday huquqiy seminarlar xodimlarning huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish, sohaga oid bilimlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #seminar #huquqiy_savodxonlik
YANGI QONUN YUZASIDAN HUQUQIY SEMINAR

◾️Kuni kecha Davlat kadastrlari palatasi boʻlim boshligʻi S.Abdurazzoqov tomonidan 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusov hamda tizimdagi barcha xodimlar ishtirokida huquqiy seminar o‘tkazildi.

◾️Unda 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumot berilib, ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalarga toʻxtalib oʻtildi.

◾️O‘tkazilgan seminarda tuman filiallari mas’ullari masofadan ZOOM platformasi orqali ishtirok etdilar.

◾️Bu kabi seminarlar xodimlarning huquqiy ongi, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini yanada oshirish va fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣 🗂🗂🗂🗂

📣 DIQQAT, E’LON! 📣

Hurmatli poytaxtimiz aholisi hamda tadbirkorlari!

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mas’ullari ishtirokida 🌏“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish va ularda yuzaga kelayotgan savollarga javob berish maqsadida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

📹 Jonli efir boshqarmaning telegram platformasi orqali bo‘lib o‘tadi.

🕔 Vaqti: 2024-yil 26-avgust, soat 15:00 da.

#Kadastr #audio_muloqot #huquqiy_savodxonlik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #audio_muloqot #huquqiy_savodxonlik
YANGI QONUN YUZASIDAN ONLAYN AUDIO MULOQOT O‘TKAZILDI

◾️Bugun 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-937-sonli Qonun mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan onlayn audio muloqot o‘tkazildi.

💬 Jonli efir davomida ⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining bosh yuristkonsulti F.Mahmudov hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i B.Abdumalikov tomonidan mazkur Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar, aholiga yaratilgan imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, ochiq muloqot davomida kuzatuvchilar tomonidan berilgan savollarga ham javoblar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

HUQUQNI E’TIROF ETISH ASOSLARI

🌏 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr #infografika #huquqiy_savodxonlik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗂🗂🗂🗂 🌇🌇🌇🌇

HUQUQNI E’TIROF ETISHNING ASOSIY SHARTLARI


🌏 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr #infografika #huquqiy_savodxonlik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #audio_muloqot #huquqiy_savodxonlik
YANGI QONUN YUZASIDAN NAVBATDAGI ONLAYN MULOQOT BO‘LIB O‘TDI

◼️Bugun 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan navbatdagi onlayn audio muloqot o‘tkazildi.

▶️ Unda boshqarma bosh yuristkonsulti O.Anvarov hamda Davlat yer kadastrini yuritish sho‘basi boshlig‘i A.Umirov tomonidan Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillarga to‘xtalib, tinglovchilarning mavzuga oid savollari yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ochiq_muloqot #Yangihayot #huquqiy_savodxonlik

FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tumani filiali bosh mutaxassisi A.Mahkamov ishtirokida tumanning “Yangi gulzor” MFY binosida fuqaro hamda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilganlarga “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumot berilib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalarga toʻxtalib oʻtildi.

🔹Rasmiyatchilikdan holi, savol-javob tarzida o‘tgan ochiq muloqot davomida fuqarolar yangi Qonun yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, ularning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.

Bu kabi ochiq muloqotlar poytaxtimizning barcha tumanlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube