TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.32K subscribers
10.3K photos
1.32K videos
6 files
6.37K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
📣 HURMATLI FUQAROLAR! 📣

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi Sizlarni kadastr sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi.

❗️Agarda Siz, kadastr tizimida korrupsion holatlarga duch kelsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlsangiz ⌨️ @mykadastr_bot manziliga yoki 📞 (71) 231-68-51 (ichki 246), (+99897) 411-01-15 telefon raqamlariga murojaat qiling.

MUROJAATCHI TOʻGʻRISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI.


#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🗂🗂🗂🗂

QONUN TARG‘IBOTI YUZASIDAN OCHIQ MULOQOT


⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov, T.Yuldashev hamda 📍Mirobod tumani filiali mas’ullari ishtirokida tumanning “Banokatiy” MFY binosida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

📃 Unda dastlab sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi O‘RQ-997-sonli hamda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonunlari ahamiyati, yer olish, kadastr imtiyozlari va boshqalar bo‘yicha huquqiy axborot buklet, flayer ko‘rinishida yetkazildi.

◼️Muloqot davomida fuqarolarning kadastrga oid murojaatlari tinglanib, huquqiy tushunchalar berildi. Shuningdek, mahallalarda olib borilayotgan xatlov jarayonida firibgarlik, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik kabi holatlar kuzatilsa tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o‘tildi.

#Kadastr #ochiq_muloqot #Qonun_997 #Mirobod #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
KORRUPSIYA – TARAQQIYOTGA TOʻSIQ

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev tomonidan xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlari bilan tanishtirish, shu bilan birga sohada huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

📍Navbatdagi ana shunday tadbir Olmazor tumani filialida tashkil etildi. Unda dastlab xizmat faoliyati davomida korrupsiya, ta’magirlik, manfaatlar to‘qnashuvi, firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan olib borilayotgan xatlov ishlarini to‘g‘ri, xolisona va sifatli tashkil etish yuzasidan xodimlarga kerakli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.

📃 Xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmoni va PQ–147-son qarori mazmun-mohiyati haqida atroflicha tushuntirish berildi.

◼️Shuningdek, mehnat va ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish kabi masalalarga e’tibor qaratildi.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
SHAYXONTOHUR TUMANIDA PROFILAKTIK TADBIR

🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mitasi raisi J.Shirinov rahbarligidagi Ishchi guruhi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov, T.Yuldashev hamrohligida boshqarmaning 📍Shayxontohur tumani filialiga tashrif buyurdi.

📃 Unda dastlab har qanday yo‘nalish va sohani tubdan rivojlantirishda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish lozimligi qayd etilib, filial xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy savodxonlik darajasi o‘rganildi.

◼️Shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatish davomida firibgarlik, manfaatlar to‘qnashuvi, ta’magirlik kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, jarayonga to‘g‘ri va mas'uliyat bilan yondashish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

💬 Joylarda ushbu yo‘nalishdagi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.


#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – DAVR TALABI

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov, T.Yuldashev tomonidan 📍Shayxontohur tumani filialida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

📃 Unda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmoni va PQ–147-son qarori mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi.

◼️Shuningdek, “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonun ijrosini amalga oshirish jarayonida korrupsiya, poraxo‘rlik, firibgarlik, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berilib, xodimlar ogohlikka chaqirildi.

💠 Bu kabi profilaktik tadbirlar boshqarmaning boshqa tuman filiallarida ham olib borilmoqda.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑 🎬🎬🎬🎬 #Korrupsiyaga_qarshi_kurash

🪙 Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning burchimiz!

Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga, insonlarning osoyishta hayotiga va millat kelajagiga tahdid soluvchi illatdir.


🌟Kadastr agentligi jamoasi barcha soha xodimlarini, fuqarolar va tadbirkorlarni korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lishga, adolat va shaffoflikni ta’minlashga chorlaydi!


💡 Agar siz kadastr sohasida mansab vakolatlaridan suiiste’mol qilish yoki korrupsiya holatlariga guvoh bo‘lsangiz, darhol xabar bering!

📞 Kadastr agentligining ishonch telefoni: 1097
Korrupsiyaga qarshi kurashda faol bo‘laylik – adolatli va shaffof jamiyat sari birgalikda harakat qilaylik!


#Korrupsiyaga_qarshi_kurash #Shaffoflik #Kadastr_gentligi #1097

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASI VAKILLARI KADASTR BOSHQARMASIDA

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi a’zolari aholiga ko‘rsatilayotgan kadastr xizmatlari sifati hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasiga tashrif buyurdi.

◼️Mas’ullar boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev hamrohligida xodimlar va aholi uchun yaratilgan sharoitlar, bo‘limlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shu joyning o‘zida murojaatchi fuqarolarning kadastr xizmatlari haqidagi fikr-mulohazalari ham o‘rganildi.

◼️Shuningdek, xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmoni va PQ–147-son qarori mazmun-mohiyatiga to‘xtalib, aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonida korrupsiya va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, jarayonga to‘g‘ri va xolis yondashish, fuqarolar murojaatlariga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

#Kadastr #boshqarma #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1
KORRUPSIYASIZ TARAQQIYOT SARI

◼️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ullaridan iborat ishchi guruhi 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining 📍Yakkasaroy va Mirobod tumanlari filialiga tashrif buyurdi.

◼️Unda dastlab boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev kadastr sohasini korrupsiyadan xoli tizimga aylantirish, xodimlarni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlari jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmoni va PQ–147-son qarori bilan tanishtirish, shu bilan birga sohada huquqbuzarlik holatlarining oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

◼️O‘z navbatida mas’ullar tomonidan korrupsiya illatining oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish muhimligi ta’kidlanib, filial xodimlariga xizmat faoliyati davomida korrupsiya va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan tegishli ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
PROFILAKTIK TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev tomonidan Yakkasaroy va Mirobod tumanlari filialida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

📃 Unda dastlab xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF–71-son Farmoni va PQ–147-son qarori mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi.

◼️Bundan tashqari 🌏“O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi O‘RQ-937-sonli Qonuni ijrosi doirasida korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, xatlov ishlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berilib, xodimlar ogohlikka chaqirildi.

💬 Bu kabi profilaktik tadbirlar boshqarmaning boshqa tuman filiallarida ham olib borilmoqda.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #profilaktik_tadbir

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼 
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
KORRUPSIYA – TARAQQIYOT DUSHMANI

⚖️ Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lishi, — BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 210-modda.

#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM