TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.05K photos
1.11K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#tadbir_2020

Sohaning barcha tashkilotlari va korxonalari rahbarlari uchun mo‘ljallangan treningning ikkinchi kuni boshlandi.
Ayni damda rahbarlarga Bosh prokuratura yetakchi mutaxassislari tomonidan "Ma`muriy va jinoiy javobgarlik to`g`risidagi Kodeks, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha bugungi kunda olib borilayotgan ishlar" mavzusida taqdimot o`tkazilmoqda.

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#tadbir_2020

Trening davom etmoqda.
Qo'mita raisining matbuot kotibi-axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Atamuratov "Ommaviy axborot vositalari bilan ishlash, nutq madaniyatini rivojlantirish" mavzusida taqdimot o`tkazmoqda.
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #tadbir
OAV BIZ HAQIMIZDA

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazilgani haqida xabar bergan edik.

👉🏼 Mazkur tadbir Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy saytida ham keng yoritildi.

💠 Batafsil o‘qish uchun

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
YANGILIKLAR-24 O'ZBEKISTON-24
#Kadastr #oav_biz_haqimizda #tadbir
OAV BIZ HAQIMIZDA

❇️ Buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlab Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida o‘tkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tafsilotlari 📻 “Oʻzbekiston 24” radiokanalining “Yangiliklar” dasturida ham keng yoritildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #teatr #tadbir
TEATR VAKILI KADASTR MEHMONI

📝 San’at insonni ma’naviy jihatdan boyitadi, ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi, ezgulik sari yetaklaydi.

🗓 27 mart - Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🎥 Dastlab milliy teatr va kino san’atining ustunlari hisoblangan Ustoz san’atkorlar xotirasiga bag‘ishlangan maxsus videorolik namoyish etildi.

⚜️ Shundan so‘ng tadbirga taklif etilgan O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori Lazizbek ORZIYEV zamonaviy o‘zbek teatridagi bugungi jarayonlar, ustoz san’atkorlarning yosh ijodkorlar kamolotidagi o‘rni va ahamiyati xususida so‘z yuritdi.

🔷 Ayniqsa mahoratli aktyor tomonidan ijro etilgan turli monologlar yig‘ilganlarni teatr deb atalmish mo‘jizaviy san’at muhitiga olib kirdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #9_aprel_temuriylar #tadbir
TEMURIYLAR DAVRIDA YER MUNOSABATLARI

🏢 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan sana arafasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🎙 Tadbirda Oʻzbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Otabek Alimardonov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

📝 Tarixchi o‘z ma’ruzasida Ikkinchi renessans davri bunyodkori hisoblangan Amir Temurning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasiga to‘xtaldi.

🔷 Shuningdek, Temur va Temuriylar davrida amalga oshirilgan qurilish-bunyodkorlik ishlari, yer munosabatlariga oid muhim ma’lumotlar keltirib o‘tildi.

⚜️Tadbir yakunida kadastr xodimlari mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #muzeylar #tadbir
MUZEYLAR – TARIX KO‘ZGUSI

⚜️ Muzeylar maʼnaviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda oʻziga xos oʻrin tutadi. Ularda saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qoʻlyozmalar tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, milliy maʼnaviy qadriyatlarimizdan hikoya qiladi. Bu esa har bir inson qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, eʼzoz va muhabbat tuygʻusini uygʻotadi.

📝 18-mayXalqaro muzeylar kuniga bagʻishlab Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ham ayni jihatlar alohida qayd etib o‘tildi.

🔷 Shuningdek, mamlakatimiz muzeylariga oid qiziqarli ma’lumotlar hamda maxsus videoroliklar yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ona_tilim_faxrim #tadbir
MILLIY OʻZLIGIMIZ VA MUSTAQIL DAVLATCHILIGIMIZ TIMSOLI

📖
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿 “Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimizning timsoli!” shiori ostida o‘tkazilgan davra suhbatida tizim xodimlari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

❇️ O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Ahtamquli Karimov davlat tilining ahamiyatiga to‘xtalib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qilganligini ta’kidladi.

📚Shuningdek, tadbir munosabati bilan badiiy adabiyot va sohaga oid kitoblarning savdosi ham tashkil etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #muqaddasdir_vatan_bayrog_i #tadbir
MUQADDASDIR VATAN BAYROG‘I

🇺🇿 Yurtimizda 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun sifatida keng nishonlanadi.

🏢 Bu yil ham an’anaga muvofiq ushbu sana arafasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔷 Tadbirda Oʻzbekiston Milliy universiteti tarix fakulteti “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Otabek Alimardonov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

🎙 Ma’ruzachi tomonidan Davlat bayrog'i haqida taqdimot ko'rinishida asosiy tushunchalar va qiziqarli ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida kichik viktorina tashkil etilib, unda kadastr xodimlarining mavzuga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #konstitutsiya #tadbir
KONSTITUTSIYA – ISLOHOTLAR VA IMKONIYATLAR ASOSI

🏢 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalarida "Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!" shiori ostida ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

🔷 Tadbir avvalida DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Islomov barchani bosh qomusimiz qabul qilinganining 31 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

🔷 Shundan so‘ng Sanʼatkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi raisi, yuridik fanlari doktori, professor Boboqul Toshev hamda Toshkent davlat yuridik universiteti konstitutsiyaviy huquq kafedrasi o‘qituvchisi Sunnat Hakimov tomonidan yangi tahrirdagi konstitutsiyaning mazmun-mohiyati yuzasidan yig'ilganlarga atroflicha ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #tadbir
KADASTR SOHASINI KORRUPSIYADAN HOLI TIZIMGA AYLANTIRAMIZ

🔷 Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari tomonidan “Kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantiramiz” mavzusida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi a'zolari E.Xodjakulov, S.Ahmedov, tizim xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

🔷 Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov hamda boshqarma bosh yuristkonsulti F.Mahmudov tomonidan kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining mazmun-mohiyati, ayni yo‘nalishda qabul qilingan muhim normativ-huquqiy hujjatlar haqida ma’lumot berilib, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #tadbir #jadidlar_merosi
UCHINCHI RENESSANS – JADIDLAR MASLAGI

🔷 Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari xodimlari ishtirokida “Jadidlar g‘oyasi – Yangi O‘zbekiston strategiyasi bilan har tomonlama uyg‘un va hamohang” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🔷 Unda maʼrifatparvar jadid bobolarimizning hayoti va ijtimoiy faoliyati, ilmiy-ijodiy merosi, milliy davlatchilik asoslarini bunyod etishdagi saʼy-harakatlari haqidagi muhim ma’lumotlar keltirilib, maxsus videorolik namoyish etildi.
Shundan so‘ng kadastr xodimlari mavzu yuzasidan o‘zlashtirgan yangi bilimlari va olgan taassurotlari haqida o‘zaro fikr-mulohaza almashdilar.

🔷 Darhaqiqat, bu kabi tadbirlar davlat xizmatchilari o‘rtasida maʼrifatparvar ajdodlarimizning ibratli hayot yoʻli, ularning boy merosini oʻrganishga yanada qiziqish uyg‘otadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube