TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.13K subscribers
9.11K photos
1.11K videos
6 files
5.5K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Davlat kadastrlari palatasi 2022-yil yanvar oyidan kuchga kiradigan tizimga aloqador milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar haqida eslatib o'tadi:


🔹Geologiya-qidiruv va izlanish ishlari oʻtkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi solish obyekti hisoblanmaydi.
👉Batafsil

🔹Mol-mulk auksionda sotilgunga qadar uchinchi shaxslarning egaligiga oʻtib ketgan va bu holat auksion yakunlanganidan soʻng aniqlansa, zakalat puli auksion gʻolibiga qaytarib beriladi.
👉Batafsil

🔹Tadbirkorlik subyektlariga umumiy maydoni 1 ming kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yer uchastkalariga va (yoki) bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini qoʻlga kiritganda mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan soliqlarni toʻlashni 6 oy muddatga kechiktirish huquqi beriladi.
👉Batafsil

🔹Oʻrmon fondining foydalanilmayotgan yerlarini jismoniy va yuridik shaxslarga ijaraga berish onlayn-auksion orqali amalga oshiriladi.
👉Batafsil

🔹Davlat xizmatchilari, ularning turmush oʻrtogʻi va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimi joriy etiladi. Bundan tashqari, davlat xizmatchilariga respublika hududidan tashqarida hisobraqamlar ochish va egalik qilish, naqd pul mablagʻlarini saqlash, koʻchmas va boshqa mol-mulkka ega boʻlish taqiqlanadi.
👉Batafsil

🔹Fuqarolarga korrupsiya haqida tezkor xabar berish imkonini beruvchi tun-u kun faoliyat yuritadigan “Call-markaz” ishga tushiriladi.
👉Batafsil

#DavKadastrPalata #auksion #yer_savdosi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |