TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.05K photos
1.11K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #oav_biz_haqimizda #yer_nazorati
O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN QURILGAN UY VA IMORATLAR AYOVSIZ BUZILADI

- Hujjati yo‘q uylarga kadastr hujjatlarini qilib berish boshlanishi haqidagi xabarlar tarqalganidan keyin ayrim “uddaburonlar” tezkorlik bilan imorat qurib olib, “bu uyni 5-10 yil oldin qurganman deb iddao qilsam hujjatlashtirib olaman” deb o‘ylashi natijasida hududlarda yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab, qurilish qilayotganlar ham uchramoqda.

🏢 Bu haqida Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayev ma’lum qildi.

👉 Uyim buzilmasin desangiz ushbu maqolani albatta o‘qing!!! 👈

⚠️ Eslatib o‘tamiz, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik, u yerga noqonuniy qurilmani amalga oshirganlik uchun qonunchilikda Ma’muriy javobgarlikdan, Jinoiy javobgarlikkacha choralar belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #oav_biz_haqimizda
OAV BIZ HAQIMIZDA

- “Aksiya" chiqsa, uyimga hujjat qilib olaman” deb yerni o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilish qilayotganlar xato o‘ylashadi. Ulardan o‘zboshimchalik bilan boshlangan qurilishni to‘xtatishni va yerni asl holatiga qaytarishlarini so‘raymiz”.

🏢 Bu haqda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi B.Tashxodjayevning “Daryo” hamda Darakchi uz internet nashrlarida e’lon qilingan maqolasida aytib o‘tildi.

💻 Shuningdek, yuqoridagi murojaat turli ommabop telegram kanallarda ham keng yoritildi.

👉 “Daryo”ning rasmiy kanalida;
👉 Darakchi uz saytining rasmiy telegram kanalida;
👉 O‘zbekiston 24 telegram kanalida;
👉 Uzbekistanofficial telegram kanalida;
👉 Dunyo TV telegram kanalida;
👉 Toshkentliklar_24 telegram kanalida;
👉 Uzbek video channel telegram kanalida;
👉 Jahon xabarlari telegram kanalida;
👉 Qoraxabar - Tezkor xabarlar telegram kanalida;
👉 Militsiya Uzb telegram kanalida;
👉 Hokim buva telegram kanalida.
16:00:00-17:00:00
RADIO 24
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #oav_biz_haqimizda #radio
"DOLZARB 40 KUNLIK" DOIRASIDA TOSHKENT SHAHRIDAGI YER NAZORATI TADBIRLARI

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi Ma’muriy amaliyot sho‘basi bosh mutaxassisi A.Ahmedov 🇺🇿"O‘zbekiston 24" radiokanaliga intervyu berdi.

🎙Mutaxassis intervyu davomida "Dolzarb 40 kunlik" doirasida poytaxt hududida amalga oshirilayotgan yer nazorati tadbirlariga to‘xtalib, yurtdoshlarimizdan yerga oid qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishlarini, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab, huquqbuzarlik holatlariga yoʻl qoʻymasliklarini soʻradi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #yer_nazorati
KADASTR SOHASI – QONUN USTUVOR SOHA

🏢 Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlarida ham Dolzarb 40 kunlikdoirasida Yer nazorati ishlarini faollashtirish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni aniqlash va qonunbuzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish uchun doimiy Ishchi guruhlari tuzilib, o‘z ish faoliyatini olib bormoqda.

🔷 Jumladan, boshqarmaning Shayxontohur tumani boʻlimi masʼul xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida Yangi Kamolon MFY hududida bir necha fuqarolar tomonidan oʻzboshimchalik bilan 250 kv.m. yer maydonida noqonuniy avtoturargohlar qurilganligini aniqladi.

📝 Qonunchilikda yer qonunbuzilish holatlari bo'yicha ma'muriy va jinoiy javobgarlik mavjudligi tushuntirilganda fuqarolar tomonidan o'z xohishi bilan ushbu yer maydonlarining o'z holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #Dolzarb_40_kunlik #yer_nazorati
TOSHKENT SHAHRIDA YER NAZORATI TADBIRLARI KUCHAYTIRILGAN TARTIBDA OLIB BORILMOQDA

🏢 Bugungi kunda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ham yer nazorati tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

🔷 Boshqarmaning Olmazor tumani bo‘limi inspektorlari Yangi Sebzor MFY hududida o‘tkazilgan yer nazorati tadbirlarida fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 75 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladilar.

Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilganiga qaramay holat fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaydi.

📝 Shundan so‘ng tuman kadastr bo‘limi mazkur o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonidagi noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yerni davlat zaxirasiga qaytarish yuzasidan sud organlariga da’vo arizasi kiritadi.

Natijada o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni sudning hal qiluv qarori bilan davlat zaxirasiga qaytarildi.