TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.06K photos
1.11K videos
6 files
5.47K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi #O_quv_seminari #Hududiy_boshqarmalar #Palata_xodimlari

"Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida" Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparat hamda hududiy boshqarma rahbariyati xodimlari uchun maxsus o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabr sanasidagi PF-6121 son "Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmoni bo‘yicha belgilangan qator vazifalarni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqishda zarur komponentlar nimalardan iborat ekanligi haqida batafsil maʼlumotlar berib borilmoqda.
#Davlat_kadastrlari_palatasi #Hududiy_boshqarmalar #Palata_xodimlari #Markaziy_apparati #Mustaqilligimizning_30_yilligi

Mustaqillik shodiyonalari!

O'zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan kuni kecha Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev boshchiligida sohada fidokorona xizmatlari uchun markaziy apparat hamda hududiy boshqarmalarning 40 ga yaqin xodimlariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg`alarini topshirish marosimi bo`lib o`tdi.

El-yurt ravnaqi va farovonligi yo'lida palata xodimlarining fidokorana xizmatlari biz uchun juda muhimdir va ularga kelajakdagi ishlariga ulkan zafarlar tilayman.

Davlat kadastrlari palatasi raisi-M.Valiyev