TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.22K subscribers
9.27K photos
1.15K videos
6 files
5.63K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
​​#Kadastr #milliy_geoaxborot

Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiruvchi quyidagi O‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastrini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yuritadi. Fanlar akademiyasi o‘simlik dunyosi obyektlarining davlat kadastri yuritilishini ilmiy jihatdan ta’minlaydi.

O‘SIMLIK DUNYOSI OBYEKTLARINING DAVLAT KADASTRI

🔹 o‘simlik dunyosi obyektlarining son va sifat holatini aniqlash;
🔹 o‘simlik dunyosi obyektlarini iqtisodiy baholash;
🔹 o‘simlik dunyosi obyektlaridan xo‘jalikda foydalanish hajmlarini aniqlash;
🔹 davlat organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga o‘simlik dunyosi obyektlarining holati va ular o‘sadigan muhit to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar taqdim etish;
🔹 o‘simlik dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan oqilona, barqaror foydalanish, himoya qilish, qayta ko‘paytirish va tiklash hamda ularning biologik xilma-xilligini saqlash;
🔹 o‘simlik dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan foydalanish, himoya qilish, qayta ko‘paytirish va tiklash talablariga rioya etilishini ta’minlash uchun yuritiladi.

Jami obyektlar soni: 598 tur
Shundan, DKYATga kiritilgan obyektlar soni: 598 tur, 100 % ni tashkil qiladi.

2021-yil 1-sentabr holatiga

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
​​#Kadastr #milliy_geoaxborot

Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiruvchi quyidagi Hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastrini O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda yuritadi. Fanlar akademiyasi hayvonot dunyosi obyektlarining davlat kadastri yuritilishini ilmiy jihatdan ta’minlaydi.

HAYVONOT DUNYOSI OBYEKTLARINING DAVLAT KADASTRI

🔹hayvonot dunyosi obyektlarining son va sifat holatini aniqlash;
🔹hayvonot dunyosi obyektlarini iqtisodiy baholash;
🔹hayvonot dunyosi obyektlaridan xo‘jalikda foydalanish hajmlarini aniqlash;
🔹davlat organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga hayvonot dunyosi obyektlarining holati to‘g‘risida ishonchli axborot taqdim etish;
🔹hayvonot dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan oqilona, barqaror foydalanish, himoya qilish, qayta ko‘paytirish va tiklash hamda ularning biologik xilma-xilligini saqlashni tashkil etish;
🔹hayvonot dunyosi obyektlarini saqlash, ulardan oqilona, barqaror foydalanish, himoya qilish, qayta ko‘paytirish va tiklash talablariga rioya etilishini ta’minlash uchun yuritiladi.

Jami obyektlar soni: 250 tur
Shundan, DKYATga kiritilgan obyektlar soni: 250 tur, 100 % ni tashkil qiladi.

2021-yil 1-sentabr holatiga

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt