TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.16K subscribers
9.07K photos
1.11K videos
6 files
5.48K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#konstitutsiya #kadastr #tantana КАДАСТРДА КОНСТИТУЦИЯ КУНИ НИШОНЛАНДИ

🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 29 йиллиги муносабати билан бугун Кадастр агентлиги ва Давлат кадастрлари палатаси Тошкент шаҳар бошқармасида соҳа фаоллари иштирокида тантана ташкил этилди.

🔷Учрашувда бошқарма бошлиқлари қомусимизнинг хаётимиздаги ўрни, тизимнинг юксалишидаги аҳамияти тўғрисида гапирдилар. Шунингдек, сана муносабати билан бошқармалардаги ҳуқуқшунослар фаолияти ҳам талқин этилди. Ҳуқуқшуносларга фаҳрий ёрлиқ ҳамда эсдалик совғалари топширилди.
Ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Президент Конституциявий комиссия аъзолари билан учрашди. Давлатимиз раҳбари ўз маърузасида тўртта устувор йўналишга эътибор қаратиб, уларнинг ҳар бири бўйича таклифларини айтди.
Конституция лойиҳасини умумхалқ муҳокамасида кўриб чиқиш ҳамда референдум ўтказиш йўли билан қабул қилиш таклиф этилди.
Конституциявий комиссия аъзолари сўзга чиқиб, аҳолининг таклифлари, ислоҳотлар зарурати ҳақида ўз фикрларини билдирди.

Президент провел встречу с членами Конституционной комиссии. В своем выступлении глава государства обратил внимание на четыре приоритетных направления и выдвинул предложения по каждому из них.
Предложено рассмотреть проект Конституции на всенародном обсуждении и принять его путем референдума.
Выступившие члены Конституционной комиссии высказали свои мнение о предложениях населения и необходимости проведения реформ.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Konstitutsiya #takliflar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
▫️Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda▫️

⚜️Bugun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi o‘tkazilmoqda. Unda deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqildi.

⚜️Ta’kidlanganidek, bugungi kunga qadar Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan aholi va fuqarolik jamiyati institutlaridan jami 57 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, umumxalq muhokamasining dastlabki kunlarida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan kelib tushgan takliflar kuniga 700 ga yaqinni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib, ularning soni kuniga 10 mingga yetmoqda.

⚜️Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza bildirishda fuqarolarning faolligi ortib borayotganligi, kelib tushayotgan takliflar soni tobora oshayotganligidan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddati 2022 yil 15 iyulgacha uzaytirish haqida qaror qabul qildilar.

⚜️Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70, 71, 72, 74 va 75-moddalari o‘zgarishsiz qoldirilib, amaldagi normalarni saqlab qolish maqsadga muvofiq deb topdilar.

#DavKadastrPalata #live #konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Yurtimiz ravnaqi uchun Siz ham faol bo‘ling🔹

🇺🇿Konstitutsiyani takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalarni yo‘llash davom etmoqda. Eslatib o‘tamiz, umumxalq muhokamasi 15 iyulga qadar davom etadi.

🇺🇿Siz ham faol bo‘ling, o‘zingiz, oilangiz, mahallangiz va jamiyatimiz orzu-umidlari ro‘yobga chiqarishda xalqchil Konstitutsiya bo‘lishida o‘z hissangizni qo‘shing.

Taklif bildirish uchun 👇
📧 https://www.meningkonstitutsiyam.uz
📞Qisqa raqam: 1341
📩 Manzil: O‘zbekiston, 100035, Toshkent, Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi, 1

#DavKadastrPalata #konstitutsiya #faol_bo_ling

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
#qomus #konstitutsiya
КОНСТИТУЦИЯВИЙ ҚОНУН ЛОЙИҲАСИДА

Таклиф этилаётган Конституциявий қонун лойиҳасида қандай ўзгартиш ва қўшимчалар мавжуд?

Амалдаги Конституциянинг қайси моддаларига қандай ўзгартишлар киритилиши мумкин?


Ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddati 1 avgustgacha uzaytirildi

⚜️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddatini 1 avgustgacha uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

⚜️ Qonun loyihasida taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar Konstitutsiyaning 60 dan ortiq moddasini qamrab oladi. Unda inson qadrini ulug‘lash, aholi farovonligini ta’minlash, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish kabi ko‘plab normalar belgilanmoqda.


#DavKadastrPalata #konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#kadastr #konstitutsiya #e_tirof
КАДАСТРЧИЛАРГА ЭСДАЛИК НИШОНЛАРИ ТОПШИРИЛДИ

✍🏼 Куни кеча мамлакатимиз мустақиллигини мустаҳкамлаш, унинг иқтисодий, сиёсий, ижтимоий, илмий, маънавий салоҳиятини юксалтириш йўлида самарали меҳнат қилиб келаётган бир гуруҳ юртдошларимиз муносиб тақдирландилар. Уларга давлатимиз раҳбарининг Фармони билан таъсис этилган 🇺🇿 “Ўзбекистон Конституциясининг 30 йиллиги” эсдалик нишонлари тантанали равишда топширилди.

Хизматлари давлатимиз томонидан муносиб эътироф этилган давлат хизматчилари орасида Кадастр Агентлиги ва Давлат кадастрлари палатаси Тошкент шаҳар бошқармаларининг ҳудудий бўлимлари ходимлари ҳам бор.

👏👏 Шу муносабат билан тақдирланган кадастрчиларни самимий муборакбод этамиз. Мукофотлар давомий бўлсин!

Ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #konstitutsiya #tadbir
KONSTITUTSIYA – ISLOHOTLAR VA IMKONIYATLAR ASOSI

🏢 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalarida "Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!" shiori ostida ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

🔷 Tadbir avvalida DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Islomov barchani bosh qomusimiz qabul qilinganining 31 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

🔷 Shundan so‘ng Sanʼatkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi raisi, yuridik fanlari doktori, professor Boboqul Toshev hamda Toshkent davlat yuridik universiteti konstitutsiyaviy huquq kafedrasi o‘qituvchisi Sunnat Hakimov tomonidan yangi tahrirdagi konstitutsiyaning mazmun-mohiyati yuzasidan yig'ilganlarga atroflicha ma’lumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #qutlov #konstitutsiya
8-DEKABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI KUNI

📖 Konstitutsiya milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, shu kunga qadar erishgan barcha yutuq va marralarimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizning mustahkam poydevori hisoblanadi.

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi barcha yurtdoshlarimizni hayotimiz bosh qomusi bo‘lgan Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 31 yilligi bilan samimiy qutlaydi.

🔷 Ushbu qutlug‘ sanada Sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ko‘tarinki kayfiyat, kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyat hamroh bo‘lishini tilaymiz.

🇺🇿 Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #konstitutsiya
KONSTITUTSIYA - HUQUQLARIMIZ KAFOLATI

◾️Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega.

◾️Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi.

◾️Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

◾️Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi qonun bilan belgilanadi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 47-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM