TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.22K subscribers
9.25K photos
1.14K videos
6 files
5.61K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARI ODOB-AXLOQINING NAMUNAVIY QOIDALARI

📃 Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubining namunaviy qoidalarini belgilaydi.

Odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan.

#Kadastr #odob_axloq_qoidalari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARI ODOB-AXLOQINING NAMUNAVIY QOIDALARIDAN

▶️ Davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi shart:

💠 qonuniylik;

💠 Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, yuklangan funksional vazifalarini to‘liq bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish;

💠 fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

💠 davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;

💠 adolatlilik, halollik va xolislik;

💠 korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi kurashish;

💠 xizmat sirini qat’iy saqlash;

💠 mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik;

💠 manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik.

#Kadastr #odob_axloq_qoidalari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARI ODOB-AXLOQINING NAMUNAVIY QOIDALARIDAN

⚡️ Davlat xizmatchilari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim:

💠 davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish;

💠 mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish;

💠murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish;

💠 xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish;

💠 oilasida sog‘lom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy g‘amxo‘r bo‘lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish;

💠 fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qat’i nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lish;

💠 jamiyatda axloqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qilish.

#Kadastr #odob_axloq_qoidalari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM