TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.15K subscribers
9.12K photos
1.12K videos
6 files
5.51K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Президент техник жиҳатдан тартибга солиш, стандартлаштириш, сертификатлаш ва метрологияга оид тақдимот билан танишди.
Санитария-эпидемиологик хулоса олинадиган маҳсулотлар рўйхатини мақбуллаштириш, қўшимча мувофиқлик сертификати талабини бекор қилиш бўйича топшириқ берилди.
Халқаро талаблар билан уйғунлашмаган 11 мингта миллий стандарт ўрнига халқаро стандартларни қабул қилиш муҳимлиги таъкидланди.

Президент ознакомился с презентацией о мерах по совершенствованию технического регулирования, стандартизации, сертификации и метрологии.
Поручено оптимизировать перечень продукции, подлежащей санитарно-эпидемиологической экспертизе, рассмотреть вопрос об отмене дополнительного требования о наличии сертификата соответствия.
Подчеркнута важность принятия международных стандартов взамен 11 тысяч национальных стандартов, негармонизированных с международными требованиями.

#Mirziyoyev #taqdimot #standartlashtirish #sertifikatlashtirish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #ISO #sertifikatlashtirish
DKP TOSHKENT SHAHAR BOSHQARMASI IKKI YO‘NALISHDA ISO SERTIFIKATINI QO‘LGA KIRITDI

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Raisining 2024-yil 31-yanvardagi 10-05 buyrug‘i bilan tasdiqlangan 2024-yilgi Chora-tadbirlar ish rejasining 5-bandiga muvofiq DKP Toshkent shahar boshqarmasi va uning tuman filiallarida Xalqaro standartlarga asoslangan boshqaruv tizimini joriy qilish maqsadida bir qancha vazifalar belgilangan edi.

◼️Shunga ko‘ra, boshqarma xodimlari va tashqi konsultantlar bilan birgalikda 2024-yilning avgust oyidan buyon “ISO 9001 – Sifat menejmenti tizimi” va “ISO 37001 – Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlari” xalqaro standartlari talablariga muvofiq faoliyatni olib borishda zarur bo‘lgan hujjatlar ishlab chiqildi va faoliyatga joriy etildi.

◼️“Cert international” tashkiloti mutaxassislari tomonidan 2024-yilning 18-19 hamda 23-24-dekabr kunlari boshqarma va uning tuman filiallarida auditorlik tekshiruvi o‘tkazildi. Tekshiruv natijasiga muvofiq 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning 12 ta tuman filiallari ikki yo‘nalishda ISO sertifikatiga loyiq deb topildi.

◼️Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati Integrallashgan boshqaruv tizimi bo‘yicha ma’sul mutaxassis B.Axmedov, DKP Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev hamda tizim xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda ushbu sertifikat “CERT ACADEMY GROUP” Xalqaro trening kompaniyasi bosh auditori Riad Ibragimov tomonidan topshirildi.

Ma’lumot uchun: integratsiyalashgan boshqaruv tizimi joriy qilinib, xalqaro sertifikatning qo‘lga kiritilishi poytaxt kadastri tizimida xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM