TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.06K photos
1.11K videos
6 files
5.47K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra:

🔷 BHMning 10 baravariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi summani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun belgilangan muddatda qarzdor tomonidan ijro etmaslik:

👉 fuqarolarga BHMning 5 baravarigacha (1 mln 650 ming so‘mgacha);
👉 mansabdor shaxslarga esa 10 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

◻️ Ilgari jarimaning eng kam miqdori qat’iy belgilangan bo‘lib, fuqarolarga BHMning 1 baravaridan, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan boshlab jarima qo‘llanilgan.

🔷 Shuningdek, ma’muriy jarima summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emasligi belgilandi. Ilgari bunday norma mavjud emas edi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #qonunchilikdagi_o_zgarishlar
DAVLAT HISOBIDAN YURIDIK YORDAM OLUVCHI SHAXSLAR

⬜️ “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–848-son, 16.06.2023 y.) ga muvofiq davlat hisobidan yuridik yordam olish uchun jismoniy shaxslar eksterritoriallik prinsipi asosida maxsus vakolatli davlat organiga (Adliya vazirligiga) og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladilar.

👉 Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-avgustdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar bo'yicha qisqa muddatli kurslarda o'qitiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Davlat organlarining axborot texnologiyalari sohasidagi ayrim mas'ul xodimlariga 20% miqdorda ustama to'lanadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini modernizatsiya qilish ishlari boshlanadi.
👉 Batafsil

⚜️Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag'lar bank kartasiga o'tkazilishi mumkin.
👉 Batafsil

⚜️ Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish bo'yicha elektron platforma ishga tushiriladi.
👉 Batafsil

⚜️Ayrim tibbiyot muassasalarida tibbiy psixolog, suitsidolog lavozimlari joriy qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ota-onalarning farzandi ta'limi uchun to'lagan pullari daromad solig'idan ozod qilinadi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-sentabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Ko‘p kvartirali uylarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar tekshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Subsidiya ajratish yagona elektron platforma orqali amalga oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ko'p kvartirali uylarda zilzilabardoshlikka ta'sir qiladigan konstruksiyalar aniqlanadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ijro etuvchi hokimiyatning markaziy apparatlari elektron hujjat aylanish tizimiga o'tkaziladi.
👉 Batafsil

⚜️Ayrim hisobotlarni qog'oz shaklida taqdim etish tartibi bekor qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Qishloq xo'jaligi texnikalariga texnik ko'rikdan o'tganligi uchun talon berish bekor qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️ Kommunal sohadagi huquqbuzarliklar haqida xabar berganlar rag'batlantiriladi.
👉 Batafsil

⚜️Bank ustav kapitalining eng kam miqdori oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim mahsulotlarning ulgurji savdosi xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi ma'lumotlar onlayn shakllantiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ O'quvchilar 2 ta xorijiy til va 1 ta kasb-hunarga o'rgatiladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-oktabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisi instituti uy-joy fondiga oid ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Suv xavzalari "E-auksion" elektron platformasi orqali ijaraga beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Munitsipal mulklar to'g'risidagi ma'lumotlar "Raqamli Toshkent" kompleks dasturiga integratsiya qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Seysmik xavfsizligi II-IV toifadagi bino va inshootlar bo'yicha mutaxassislar sertifikatlashtiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar faqat sud tomonidan qo'llaniladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tabiiy gaz shartnomalariga oid ma'lumotlar Soliq qo'mitasining axborot tizimiga kiritiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Shamol stansiyasida ishlab chiqarilgan elektr uchun "Yashil energiya" sertifikati beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Ayrim fuqarolarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlari qoplab beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim nafaqa va moddiy yordam bo'yicha arizalar "Yagona milliy ijtiomiy himoya" axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️Eksklyuziv huquqlar berilgan xo'jalik yurituvchi subyektlarning reyestri shakllantiriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ijara munosabatlarida huquq va majburiyatlarni qayta ijaraga berish tartibi belgilandi

🇺🇿 Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-871, 23.10.2023 y) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi.

◼️ “Ijara to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:

▪️Ijara munosabatlarining obyektlari bo‘yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

▪️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-noyabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Yong'in xavfsizligi bo'yicha ijobiy xulosa olmagan obyektlardan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
👉 Batafsil

⚜️ ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan obyektlarni moliyalashtirish to'xtatib turiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Inson resurslarini boshqarishga oid ma'lumotlar elektron platformada shakllantiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim rahbarlarning shaharsozlik sohasidagi bilimlari oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Aholi xonadonlariga keng polosali internet tarmoqlari olib boriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ro'yxatdan o'tkazish davlat raqami belgilarini berishda undiriladigan to'lov stavkalariga o'zgartirish kiritiladi.
👉 Batafsil

⚜️ "Umra" xizmatlarini ko'rsatuvchi turoperatorlarga qo'shimcha litsenziya talablari qo'llaniladi.
👉 Batafsil

⚜️ Og'ir hayotiy vaziyatga tushgan shaxslarga psixologik yordam ko'rsatiladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Nogironligi bo‘lganlarga yer sotib olishda xarajatlarni qoplash yangi tartibda amalga oshiriladi

🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining «Nogironligi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkasini sotib olish xarajatlarini qoplash tartib-taomillarini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

🫥 Yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, o‘z tarkibida nogironligi bo‘lgan oilalar uchun BHM 100 baravarigacha miqdorda bir martalik to‘lov ajratiladi.

◼️ Nogironligi bor shaxslar va tarkibida nogironligi bo‘lgan oilalarning yer uchastkasini onlayn-auksion orqali sotib olish xarajatlarini qoplab berish haqidagi murojaatlari:

- 2024-yil 1-yanvardan Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligining «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan qabul qilinadi;

- 2024-yil 1-iyuldan shuningdek YaIDXP orqali ham qabul qilinadi.

📃 Murojaatlar bo‘yicha qarorlar elektron shaklda QR-kod qo‘yilgan tarzda qabul qilinadi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-dekabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish my.gov.uz orqali ham amalga oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Aholi va tadbirkorlardan 47 turdagi ma'lumotlarni so'rab olish bekor qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️ "Tashqi reklama" raqamli monitoring elektron tizimi joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Chorvachilik xo'jaliklariga nasldor qoramollar uchun hisoblangan QQS ni 180 kunda to'lash imkoniyati beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Shahar va viloyat markazlarida elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari o'rnatiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ma'muriy bayonnomani avtomobilni ishonchnoma bilan boshqaruvchiga rasmiylashtirish yo'lga qo'yiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Kuchli zilzilalar haqida ogohlantiruvchi milliy tizim ishga tushiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Sport sohasida davlat xizmatlarini ko'rsatish yanada takomillashtiriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
2024-yil 1-fevraldan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lganlarga kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar ijtimoiy xizmat ko'rsatish shartnomasi asosida ko'rsatiladi.
👉 Batafsil

⚜️ «Yashil energiya» aхborot tizimi toʻliq funksional rejimida ishga tushiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim mahsulotlarga ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud bo'lish talabi qo'yiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ichimlik suvi loyihalari doirasida uskuna va jihozlar faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️ Kasanachilikda yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga o'qitiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Maishiy teхnikani roʻyхatdan oʻtkazish qat’iy ravishda tegishli markirovka kodini olgandan keyin amalga oshiriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM