TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🌎🌎🌎🌎

NOQONUNIY EGALLANGAN YER MAYDONI O‘Z HOLIGA QAYTARILDI

⭐️Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash va bartaraf qilish borasidagi zarur chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

📍 Jumladan, boshqarmaning Chilonzor tumani bo‘limi inspektorlari nazorat tadbirlarida “Bekto‘pi” MFY, Diydor ko‘chasi 71-uy oldida o‘zboshimchalik bilan egallangan 150 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligini aniqladi.

📃 Holat bo‘yicha qonunchilikka muvofiq fuqaroga o‘zboshimcha egallangan yer maydonini belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish xati berildi.

Yo‘l qo‘ygan xatosining huquqiy oqibatlarini to‘g‘ri tushunib yetgan fuqaro mazkur noqonuniy qurilmani bartaraf etib, qonunchilikda belgilangan ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi.

#Kadastr #yer_nazorati #Chilonzor

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #arxiv_raqamlashtirish #Chilonzor
RAQAMLASHTIRILAYOTGAN ARXIV HUJJATLARI

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining filiallari idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kо‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish ishlari davom ettirilmoqda.

📍 Boshqarmaning Chilonzor tumani filiali arxivida jami 84 922 ta ko‘chmas mulkka tegishli hujjatlar saqlanadi.

Shundan:

📊 Turar joy arxiv hujjatlari – 74 975 ta
📊 Noturar joylar arxiv hujjatlari – 9 947 ta.

Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish doirasida bugungi kunga qadar jami 8 240 ta kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirishga erishildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣 📝📝📝📝

📣 DIQQAT E’LON! 📣

📍 Poytaxtimizning Chilonzor tumani fuqarolari va tadbirkorlari!

▶️ Sizning kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Chilonzor tumani filialida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📃 Kadastrga oid masalalaringiz bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

▶️ Sayyor qabul Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida o‘tkaziladi.

🗓 Kuni: 2024-yil, 23-avgust, soat 10:00 dan.

📞 Qabulga yozilish uchun: (+99871) 279-21-06.

🧊 Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi, 22/2-uy.

📌 Lokatsiya.

#Kadastr #sayyor_qabul #Chilonzor

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝📝📝📝

HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA


◾️Bugun ⭐️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Abdug‘afforov hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusov tomonidan poytaxtimizning Chilonzor tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

◾️Yig‘ilgan fuqarolarga dastlab Oʻzbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-937-sonli Qonunining mazmun-mohiyati, unda nazarda tutilgan tartib-taomillar, qonun bilan aholiga yaratilgan imkoniyatlar haqida tushunchalar berildi.

◾️Qabul davomida 20 dan ziyod fuqaroning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.

◾️Darhaqiqat, kadastr tizimida soha mutasaddilari tomonidan tashkil etilayotgan sayyor qabullar fuqaro va tadbirkorlar murojaatlariga tezkorlik bilan yechim topilishiga, davlat idoralarining xalqqa yanada yaqin bo‘lishiga munosib zamin yaratmoqda.

#Kadastr #sayyor_qabul #Chilonzor

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar #Chilonzor
BIZNING MANZILLAR: CHILONZOR TUMANI FILIALI

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Chilonzor tumani filiali.

📃 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

◾️Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi, 22/2-uy.

📍 Lokatsiya.

📞 Murojaat uchun telefon: (+99871) 279-21-06.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Chilonzor #Uchtepa
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – DAVR TALABI

◼️Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga xavf tug‘diruvchi jiddiy to‘siq. Unga qarshi kurashish esa eng muhim vazifalardan.

◼️Shundan kelib chiqib, ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining tuman bo‘lim-filiallari xodimlari o‘rtasida ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

📍Navbatdagi davra suhbatlari Chilonzor hamda Uchtepa tumanlarida tashkil etildi.

◼️Unda Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev tomonidan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga toʻxtalib, uning ijrosini amalga oshirish jarayonida kadastr xodimlarining korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

◼️Shuningdek, mehnat va ijro intizomi, odob-axloq qoidalariga rioya qilish, aholi murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashish kabi muhim masalalar ham kun tartibida boʻldi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #arxiv_raqamlashtirish #Chilonzor
ARXIV HUJJATLARI RAQAMLASHTIRILMOQDA

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining filiallari idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kо‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish ishlari jadal olib borilmoqda.

◼️Bugungi kunda boshqarmaning 📍Chilonzor tumani filiali arxivida jami 85 102 ta ko‘chmas mulkka tegishli hujjatlar saqlanadi.

Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish doirasida ayni vaqtgacha jami 8 720 ta kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirishga erishildi.

🕐 Qolgan obyektlar hujjatlarini o‘rganish va raqamlar bo‘yicha tartiblashtirish ishlari davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Qonun_937 #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Chilonzor
KORRUPSIYA - TARAQQIYOT DUSHMANI

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev tomonidan 📍Chilonzor tumani filialida xodimlar uchun profilaktik tadbir o‘tkazildi.

◼️Unda 🌏“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonun ijrosini amalga oshirish jarayonida korrupsiya, poraxo‘rlik, firibgarlik, tamagirlik, manfaatlar to‘qnashuvi kabi salbiy holatlarga yo‘l qo'ymaslik yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

◼️Shuningdek, “Alfakon Systems” loyiha koordinatori Sh.Alaxodjayev Sifat menejmenti tizimlari (ISO 9001) hamda Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimlaridan foydalanish bo‘yicha talablar va ko‘rsatmalar (ISO 37001) mavzusida muhim ma’lumotlar taqdim qildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar #Chilonzor
BIZNING MANZILLAR: CHILONZOR TUMANI FILIALI

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Chilonzor tumani filiali.

📃 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

◾️Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi, 22/2-uy.

📍 Lokatsiya.

📞 Murojaat uchun telefon: (+99871) 279-21-06.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM