TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.21K subscribers
9.26K photos
1.14K videos
6 files
5.62K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🌳 Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida xabardormisiz?

⌨️ Uyingizdan chiqmagan holda kadastr xizmatlaridan onlayn foydalanishingiz mumkin.

🫂 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Yuridik va jismoniy shaxslar

1️⃣ Arizachi YIDXP (my.gov.uz)da ro'yxatdan o'tadi, ariza shaklini to'ldiradi va vakolatli organga yuboradi.

2️⃣ Arizaga ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjat ilova qilinadi.

3️⃣ Vakolatli organ ko‘p yillik dov-daraxtlarning kadastr pasportini 5 ish kunida, ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini 2 ish kunida amalga oshiradi.

💠 Xizmat narxi:
BHMning 1 baravari va har 1 gektar dov-daraxtlar bilan egallangan yer uchastkasi uchun BHMning 7 foizi

💻 Xizmatdan foydalanish: https://my.gov.uz/oz/service/667

#Kadastr #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MILLIY LIBOSDAGI KADASTR AYOLLARI

◼️Poytaxtimizda aholida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini shakllantirish, milliylikni asrash, o'zbekona kiyinish madaniyatini namoyon qilish maqsadida navbatdagi milliy liboslar kuni bo‘lib o‘tdi.

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarida faoliyat yurituvchi opa-singillarimiz ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, ish joyida milliy qadriyatlarimizni yana bir bor yodga soldilar.

#Kadastr #milliy_liboslar_kuni

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TALABALAR KADASTR IDORALARIDA

🇺🇿 Bugungi kunda mamlakatimizda malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi binosida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti kafedrasi filiali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur oliygohning Geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalishida tahsil oluvchi 4-bosqich talabalari uchun universitet hamda boshqarma mas’ul xodimlari tomonidan “Ko‘chmas mulk kadastri” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslari olib borilmoqda.

#Kadastr #oliy_ta_lim_hamkorlik_aloqalari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗂🗂🗂🗂 🌇🌇🌇🌇

HUQUQNI E’TIROF ETISH ASOSLARI


🌏 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr #infografika #Qonun_937

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HUQUQIY ASOS

◾️Sug‘oriladigan yer uchastkalarini ularda qurilish ishlarini amalga oshirgan holda o‘zboshimchalik bilan egallab olish, bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

#Kadastr #huquqiy_asos #javobgarlik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Qanday holatlar kadastr pasporti berishni rad etish uchun sabab bo‘lishi mumkin?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan, quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

◾️so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

◾️ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

◾️ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

◾️vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

◾️Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

#Kadastr #sizdan_savol

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning cheklanishi — bitimlarda, qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan yoki vakolatli organ tomonidan belgilanadigan, ko‘chmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish imkonini cheklaydigan shartlar, shuningdek ko‘chmas mulkning mulkdori bo‘lmagan shaxslarning (garovga oluvchilarning, ijarachilarning, kreditorlarning va boshqalarning) ushbu ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulkiy huquqlari.

#Kadastr #atamalar

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝📝📝📝

UCHTEPA TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI


⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida poytaxtimizning 📍Uchtepa tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

◼️Yig‘ilganlarga dastlab 🌏“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-937-sonli Qonuni bo‘yicha egalik huquqlarini e'tirof etish jarayonlari, bosqichlari, shartlari, tasdiqlangan reja-jadval asosida mahallalar hududida olib borilayotgan xatlov ishlariga toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek, qonunchilikdagi yangilik va o‘zgarishlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

◼️Qabul davomida fuqarolarning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglandi. E’tiborlisi, kelib tushgan aksariyat masalalar joyida hal etildi. O‘rganilishi vaqt talab qilgan murojaatlarning ijrosi alohida nazoratga olindi.

#Kadastr #sayyor_qabul #Uchtepa

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM