TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.45K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🌟 Kadastr agentligiga 2024-yil 1-sentabr holatiga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo'yicha ma'lumot Infografika ko'rinishida.

‼️ Kadastr agentligiga:

🖥 [email protected] elektron pochtasi orqali;
💻 kadastr.uz rasmiy veb-sayti orqali;
📞1097 ishonch telefoni orqali;
🌟 Kadastr agentligi binosi Toshkent shahri, Chilonzor tumani, “M” mavzesi, 6-“v” uy manziliga kelib murojaat qoldirishingiz mumkin.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #kadastr_xizmatlari
KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARIGA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH

◾️Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
YIDXP – my.gov.uz orqali.

👨‍💻 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar.

📃 Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun huquqiy asos bo‘lgan hujjatning skan nusxasi (notarial shartnoma, sud qarori va boshqalar).

🕔 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
2 ish kuni davomida.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DXMdagi xizmatlarimiz

🌟 Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi quyidagicha belgilangan.

⚜️ Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022 yildagi 71-son qarori.

#DavKadastrPalata #dxm #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

Yunusobod tumanidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Yunusobod tumani hokimligining tuman hududidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.

Toshkent shahar hokimligi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-1-moddasiga muvofiq,  mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Yunusobod tumanidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida ovoz berish yo‘li bilan bildirishga taklif etadi.

Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:

Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;

Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;

Elektron shaklda: [email protected]  elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida joriy yilning 30-avgust kunidan 13-sentabr kuniga qadar qatnashishi mumkin.



Уважаемые граждане!

Примите участие в голосовании по присвоению наименований безымянным улицам и переименованию некоторых улиц Юнусабадского района!

В комиссию по вопросам присвоения наименований и переименования географических объектов города Ташкента поступило предложение от хокимията Юнусабадского района по присвоению наименований безымянным улицам и переименованию некоторых географических объектов.

В соответствии со ст. 4-1 Закона Республики Узбекистан «О наименованиях географических объектов», с целью изучения мнения местного населения, хокимият города Ташкента приглашает жителей столицы выразить свое мнение относительно присвоения наименований и переименования некоторых улиц Юнусабадского района путём голосования на сайте https://geonom.tashkent.uz.

Также своё мнение можно выразить одним из нижеследующих способов:

Устно по телефону: +998-71-210-04-13 (в рабочие дни с 09:00 до 17:00);

Письменно, направив письмо по адресу: 100060, г. Ташкент, Чиланзарский район, улица Ислама Каримова, 51;

В электронной форме, направив письмо на электронную почту: [email protected] 

Жители столицы могут участвовать в процессе голосования с 30 августа по 13 сентября текущего года.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari to‘g‘risidagi yangi Qonun qachon kuchga kiradi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 05.08.2024 yildagi O‘RQ-937-son Qonuni 2024-yilning 8-noyabr sanasidan boshlab kuchga kiradi.

☄️ Ushbu Qonun 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko'chmas mulk obyektlari statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi respublikamizdagi jami ko'chmas mulk obyektlari statistikasini taqdim etadi.

🗓 Hisobot davri: 2024-yil 1-sentabr holatiga ko'ra.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

DIQQAT E’LON!

🇺🇿 Sizning Yangi Qonun bo'yicha savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

👔Mavzu: "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati"

⚡️Jonli efir TELEGRAM platformasi orqali o‘tkaziladi.

🕔 Vaqti: 2024-yil 9-sentabr, soat 16:00 da

#DavKadastrPalata #ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 RESPUBLIKA BO'YICHA DAVLAT RO'YXATIDAN O'TKAZILGAN YER UCHASTKALARI


📝2024-yil 4-sentabr holatiga ko'ra:
Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan yer uchastkalari - 1 553 042 ta, 41 604,0 (ming gektar)ni tashkil qilmoqda;

▶️Shundan:

Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar - 23 667,6 (ming gektar)
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yerlar - 230,8 (ming gektar)
O'rmon fondi yerlari- 11 042,3 (ming gektar)
Suv fondi yerlari - 756,8 (ming gektar)
Tabiatni muhofaza qilish va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - 4 165,1 (ming gektar)
Aholi punktlari yerlari - 9,3 (ming gektar) ni tashkil qilmoqda.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar TOSHKENT SHAHRIDA JOYLASHGAN KADASTR IDORALARINING MANZILLARI

⭐️ Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari hamda uning bo‘lim-filiallarining manzillari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

➡️ Bektemir tumani

➡️ Mirobod tumani

➡️ Mirzo Ulug‘bek tumani

➡️ Sergeli tumani

➡️ Olmazor tumani

➡️ Uchtepa tumani

➡️ Shayxontohur tumani

➡️ Yashnobod tumani

➡️ Chilonzor tumani

➡️ Yunusobod tumani

➡️ Yakkasaroy tumani

➡️ Yangihayot tumani

➡️ Toshkent shahar boshqarmasi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #kadastr_xizmatlari
TURAR JOYNING MAYDONI TO'G'RISIDA MA'LUMOTNOMA OLISH

💬 My.gov.uz portalida "Turar joyning maydoni to'g'risida ma'lumotnoma olish" xizmati ishga tushirilgan.

💬 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy shaxslar

💬 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
Avtomatik tarzda

💬 Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi "Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 612-son qarori

💬 Xizmat narxi:
Bepul

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi Respublika bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 2024-yil, yanvar- avgust oyi

▫️ O'tgan o'tgan davr mobainida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 634 351 tani tashkil etdi.

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-135-son, 06.09.2024 y.) qabul qilindi


⚡️ Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi:

🔹Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

🔹boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.

✔️ Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.

🏢 Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ochiq_muloqot #Yangihayot #huquqiy_savodxonlik

FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tumani filiali bosh mutaxassisi A.Mahkamov ishtirokida tumanning “Yangi gulzor” MFY binosida fuqaro hamda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

🔹Yig‘ilganlarga “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumot berilib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalarga toʻxtalib oʻtildi.

🔹Rasmiyatchilikdan holi, savol-javob tarzida o‘tgan ochiq muloqot davomida fuqarolar yangi Qonun yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, ularning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.

Bu kabi ochiq muloqotlar poytaxtimizning barcha tumanlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube