TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.14K subscribers
9.12K photos
1.12K videos
6 files
5.52K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
2024-yil 1-sentabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Pensiya va nafaqalar miqdori 15%ga oshiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Sug'urta polislarini qog'oz shaklida rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim chet tillari bo'yicha imtixon harajatlari qoplab berilishi lozim bo'lgan ball bir pog'ona pasaytiriladi.
👉 Batafsil

⚜️Ayrim loyihalar doirasida import qilinadigan asbob-uskunalarni sug'urtalash harajatlari qoplab beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim maktab o'quvchilari uchun bepul avtobuslar qatnovi yo'lga qo'yiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Og'ir atletika sport turi yanada rivojlantiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tadbirkorlarning markirovkalanadigan mahsulotlarni markirovkani o'qish qurilmalarisiz sotish holatlari soliq bazasidan aniqlanadi.
👉 Batafsil

⚜️ Nogironlikni belgilash osonlashtiriladi.
👉 Batafsil

⚜️Davlat xaridlarida nogironlar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta'minlagan tadbirkorlarga ustunlik beriladi.
👉 Batafsil

⚜️Yo'l obyektlari alohida ruxsatnoma olingandan so'ng quriladi va ta'mirlanadi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😎😎😎😎😎

Mustaqillik solnomasi: Istiqlolimizning so'nggi yillarida amalga oshirilgan ishlar 33 soniyada


🇺🇿 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida Istiqlolimiz sharofati bilan yildan yilga yangi yutuqlar, muhim islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

⭐️🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o'tgan bir yil davomida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar xususida boshqarma boshlig'i 33 soniyada hisobot taqdim etadi.

🇺🇿 Hududiy boshqarmalarimiz videohisobotlarini kuzatishda davom eting.➡️

#DavKadastrPalata #Mustaqillik33 #33soniya #Poytaxt

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 KADASTR SOHASI A'LOCHISI VA IFTIXORLARIDAN BARYAM TABRIGI.

#Kadastr #mustaqillik_bayrami #33_yil #tabrik

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз уч йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи

Выступление Президента Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 33-й годовщине независимости Республики Узбекистан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aziz va muhtaram hamkasblar! 🫡

💐
Sizni xalqimizning eng ulug‘, eng aziz bayrami – 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33-yilligi bilan samimiy tabriklayman.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, Siyosiy mustaqillik zamirida eng avvalo iqtisodiy mustaqillik yotishi hech kimga sir emas. Oxirgi yillarda birgina o‘zimizning Kadastr tizimimizni olib qaraydigan bo‘lsak, Prezidentimiz topshiriqlari bilan keng hamda salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.


🌟Kadastr tizimining har bir yo‘nalishida o‘ziga yarasha yutuqlar bor. Bu yutuqlarda tumanlarda, shaharlarda, hududiy boshqarma, tizim tashkilotlarida mehnat qilayotgan har bir xodimning hissasi bor.

🟢Prezidentimiz tomonidan “Bir bo‘lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz” shiori ilgari surildi. Biz ham birlashib sohamiz rivoji, bu orqali esa davlatimiz ravnaqi va Mustaqilligiga o‘z hissamizni qo‘shishimizga ishonaman.

Shu o‘rinda, yana bir marotaba o‘zim va Kadastr agentligi jamoasi nomidan - Siz azizlarni istiqlolimizning 33-yilligi bilan chin dildan qutlayman!

Hurmat bilan,
🌟 Kadastr agentligi direktori - F. Pulatov

#Kadastr #mustaqillik_bayrami #33_yil #tabrik

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #qutlov #mustaqillik
HURMATLI YURTDOSHLAR!

💠 Qalblarimizni shukronalik hissiga to‘ldirgan, xalqimizning asriy orzulari ushalgan kun – 🇺🇿 Mustaqilligimizning 33 yilligi muborak bo‘lsin!

⚜️Ushbu qutlug‘ sanada Sizga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ko‘tarinki kayfiyat, kasbiy faoliyatingizda muvaffaqiyat hamroh bo‘lishini tilaymiz.

🇺🇿Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, jonajon O‘zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo‘lsin!

Hurmat ila
⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari jamoasi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aziz hamkasblar, hamyurtlar!

🇺🇿 Bugun yurtimizning asosiy milliy bayrami - Vatanimiz tarixida yangi bir davrni boshlab bergan, milliy tariximizda alohida ahamiyat kasb etadigan kun - Istiqlolimiz 33 yilligi tantanasidir.

🇺🇿 Shu qisqa vaqt ichida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari yurtimizning tinchligi, jahon hamjamiyatida erishayotgan yutuqlari, milliy armiyamiz hamda milliy ta'lim tizimining yaratilishida, ijtimoiy ta'minot, kichik biznes, transport va aloqa infrastrukturasi kabi sohalar rivojida shuningdek, aholimizning tinch va farovon turmush tarzida, o'z ifodasini topmoqda.

⭐️🌟Qayd etish muhimri, istiqlolimizning ayniqsa so'nggi yillarida yer, mulk, kadastr yo'nalishlarida katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Davlatimizning tizimga bo'lgan e'tibori tufayli esa soha yanada rivojlanib, halqaro tajribalar orttirgan holda raqamlashtirishga o'tish jarayonlarida ulkan zafarlarni qo'lga kiritmoqda.

🇺🇿 Bayram munosabat bilan, yurtdoshlarimizni, barcha hamkasblarimizni chin dildan samimiy qutlaymiz. Barchamizga aziz bo'lgan ushbu ayyomda oilangizni tinchlik-osoyishtalik, qalbingizni xotirjamlik, xonadoningizni esa bayram shukuhi aslo tark etmasin!

Hurmat bilan,
Davlat kadastrlari palatasi raisi
M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_kun #tabrik #Mustaqillik33

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗂🗂🗂🗂 🌇🌇🌇🌇

HUQUQNI E’TIROF ETISHNING ASOSIY SHARTLARI


🌏 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr #infografika #huquqiy_savodxonlik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣📣📣 🗂🗂🗂🗂

📣 DIQQAT, E’LON! 📣

Hurmatli poytaxtimiz aholisi hamda tadbirkorlari!

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mas’ullari ishtirokida 🌏“Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar” mavzusida onlayn audio muloqot o‘tkaziladi.

📹 Jonli efir boshqarmaning telegram platformasi orqali tashkil etiladi.

🕔 Vaqti: 2024-yil 4-sentabr, soat 15:00 da.

#Kadastr #audio_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun mohiyati OAV nigohida

🇺🇿Davlatimiz Rahbari tomonidan «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonunni imzolandi.

Qonun mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumotlar Bosh prokuratura va Kadastr agentligi mas'ullari ishtirokidagi intervyu "O’zbekiston 24" telekanalida yoritildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬

OAV BIZ HAQIMIZDA


⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining tuman bo‘lim-filiallari xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

📍Mirzo Ulug‘bek hamda Yashnobod tumanlarida o‘tkazilgan davra suhbatlari quyidagi OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi:

▶️ Ochun uz internet nashrida;

▶️ Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi telegram kanalida (1, 2)

▶️ Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligining telegram kanalida;

▶️ Yashnobod tumani hokimligining telegram kanalida.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Live stream scheduled for
Live stream started
Live stream finished (35 minutes)
😀😃😄😆😊

Bilishingiz muhim

🇺🇿 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 05.08.2024 yildagi 937- Qonunga muvofiq huquqlarni eʼtirof etish hududlar boʻyicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, buning uchun ⭐️ Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan:

◾️Kadastr agentligi Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar boʻyicha 6 xil turdagi birlamchi maʼlumotlarni kiritadi;

◼️10 ta vakolatli organ (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, “Oʻzbekkosmos” agentligi va boshqalar) har bir yer uchastkasi boʻyicha oʻz vakolatidagi maʼlumotlarni tizimga kiritadi;

◼️tizimda shakllantirilgan elektron yigʻmajild mahalla binolarida, Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #audio_muloqot #huquqiy_savodxonlik
YANGI QONUN YUZASIDAN NAVBATDAGI ONLAYN MULOQOT BO‘LIB O‘TDI

◼️Bugun 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan navbatdagi onlayn audio muloqot o‘tkazildi.

▶️ Unda boshqarma bosh yuristkonsulti O.Anvarov hamda Davlat yer kadastrini yuritish sho‘basi boshlig‘i A.Umirov tomonidan Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillarga to‘xtalib, tinglovchilarning mavzuga oid savollari yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟 Kadastr agentligi tomonidan aholiga yana qanday qulaylik yaratildi?

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar #Chilonzor
BIZNING MANZILLAR: CHILONZOR TUMANI FILIALI

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Chilonzor tumani filiali.

📃 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

◾️Manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor shox ko‘chasi, 22/2-uy.

📍 Lokatsiya.

📞 Murojaat uchun telefon: (+99871) 279-21-06.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Tuman (shahar) hokimlarining yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqilmagan hollarda huquqlarni e’tirof etish asoslari
qanday ?

📃 Tuman (shahar) hokimlarining qarorlari bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq fuqarolarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarga ajratilgan, tasdiqlash masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

◼️ qaror tuman (shahar) hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida 2021-yil 8-iyunga qadar qabul qilingan bo‘lsa;

◼️ tuman (shahar) hokimlarining qarorlarini tasdiqlash masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan rad etilgan bo‘lmasa;

◼️ yer uchastkasi ajratilganidan keyin ikki yil ichida bino va inshoot belgilangan maqsadlarga muvofiq qurilgan yoki ularning qurilishi boshlangan bo‘lsa;

◼️ mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

◼️ mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

◼️ mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo'lmasa.

Asos: O'RQ-937, 05.08.2024

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM