Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
18.3K subscribers
26.3K photos
4.23K videos
12 files
20.2K links
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
https://jizzax.uz/
“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
@jizzaxviloyatihokimi
@jizzaxuz_bot
Facebookdagi murojaat uchun havola:
https://www.facebook.com/pressslujba/
Download Telegram
Zarbdor tumani Navoiy MFYda joylashgan 2-sonli umumta'lim maktabiga yangi sport zal qurilib, foydalanishga topshirildi

"Tashabbusli budjet" loyihasi asosida ko'rkam va zamonaviy tusdagi sport zal bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.

Koʻrgan koʻzni quvontiradigan, koʻplab qulayliklarga ega ushbu sport zalning tantanali ochilish marosimida tuman hokimi o'rinbosari, sektor rahbarlari, mahalla faollari, nuroniylar, soha vakillari hamda sportchi yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman hokimi o'rinbosari R.Anqayev aholi va yoshlarni yangi sport maskani bilan muborakbod etib, ushbu dargoh yoshlarimizni jismonan barkamol etib tarbiyalashga xizmat qilishini taʼkidladi va bu yerdan yetuk sportchilar, jahon chempionlari yetishib chiqishiga tilak bildirdi.

Albatta, bu o'yingoh nafaqat yoshlar, balki, keng jamoatchilik uchun chinakam tuhfa bo'ldi. Ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda sport bilan shugʻullanishlari uchun yetarli sharoit hozirlangan.


📲
Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida

Sharof Rashidov tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarida ommaviy zaharlanishlarni oldini olish va M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining tuman hududidan o‘tuvchi dovon qismida qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, xavfsizlikni ta’minlash va haydovchilar xushyorligini oshirish maqsadida IIB YHXB hamda Yo‘l qurilish korxonasi xodimlari bilan birgalikda yo‘l belgilari o‘rnatilib, tuz va qum aralashmasi zaxirasini yaratish bo‘yicha hamkorlikda ishlar amalga oshirildi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat|X|
Аssalomu alaykum Jizzax ahli boshlanayotgan kun xayrli boʼlsin

Bugun 5-dekabr, payshanba yilning 339-kuni yil yakuniga 27 kun qoldi

🟦🟦🟦🟦

⚡️1909 yilda Qora daryo yaqinida Voloshin va Gumilyov o'rtasida duel bo'lib o'tdi.

⚡️1925 yilda Eyzenshteynning "Potemkin jangovar kemasi" filmining premyerasi bo'lib o'tdi.

⚡️1952 yilda Londonda katta tutun boshlandi, minglab inglizlar halok bo'ldi.

⚡️1987 yilda G'azo sektori guruhi tuzildi.

⚡️5 dekabr, shuningdek, Xalqaro volontyorlar kuni.

🕯 BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR

Afanasy Fet (1820-1892), shoir

Jozef Piłsudski (1867-1935), qayta tiklangan Polshaning birinchi rahbari

Klayd Vernon Cessna (1879-1954), samolyot konstruktori

Uolt Disney (1901-1966), rejissyor va animator

Xose Karreras (1946), tenor

Patrisiya Kaas (1966), qo'shiqchi

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat|X|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Paxtakor tumanidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazildi

Tadbirkorlar faoliyatini yanada takomillashtirish vazifalarini muhokama qilish maqsadida Paxtakor tumani tadbirkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Jizzax viloyat hokimining birinchi o'rinbosari A.Mustanov, Prezident Administratsiyasi maʼsul xodimi, Biznes Ombudsman Jizzax viloyat vakili S.Usmanov, Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig'i A.Bokiyev va tegishli idoralar vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda sohadagi mavjud muammolar ko'rib chiqildi va ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar muhokama qilindi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat|X|
Doʻstlik tumani hokimligida tadbirkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Unda Respublika Prezident Adminstratsiyasi masʼuli Jamshid Hasanov, viloyat Biznes-ombudsmani rahbari Sardor Usmonov va boshqalar qatnashdi.

Uchrashuvga Doʻstlik tumani tadbirkorlaridan tashqari, Mirzachoʻl hamda Arnasoy tumani tadbirkorlari taklif etildi.

Unda tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar hamda takliflari tinglanib, ularni ijobiy hal etish choralari koʻrildi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat|X|
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi

Viloyat hokimining 2024-yil 14-noyabrdagi farmoyishi bilan viloyat xududida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish, korrupsiya holatlarining oldini olish va qarshi kurashish, bunday illatga qarshi murosasizlik immunitetini shakllantirish maqsadida 14-noyabr kunidan 14-dekabr kuniga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashgish oyligi” profilaktik tadbiri eʼlon qilindi.

Shu munosabat viloyat hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat rahbari Melibayev Sayibnazar tomonidan 2024-yil 3-dekabr kuniZomintumani hokimligida xodimlarni etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida umumiy va maxsus oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Oʻquv mashgʻulotlari davomida hokimlik xodimlariga korrupsiya qonunchiligi, manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish, aniqlash va tartibga solish, korrupsiyaviy xarakatlar toʻgʻrisida xabar berish, korrupsiyaviy hatti-xarakatlar uchun intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlik, xodimlarning xizmatdagi xulq-atvorining asosiy tamoyillar va qoidalari, odob-axloq qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali omalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6247-sonli farmoni, 2022-yil 14-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-154-sonli farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyun kuni qabul qilingan OʻRQ-931-sonli “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi qonuni boʻyicha baʼtafsil tushintirish va tavsiyalar berildi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat|X|
Yigʻilishda soʻroq boʻlmaydi, soʻrov boʻladi

Ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimizda boʻlayotgan islohatlarni notoʻgʻri talqin qilish boʻxton va asoslanmagan yolgʻon xabarlarni tarqatish bilan mashgʻul boʻlgan “tussiz” iborasi bilan hamohang bitta sayt odam nomini ham aytishga or qiladi “Zarbdor hokimi paxta planni bajarmagan fermerni qamadi” mavzusidagi xabarni tarqatdi.

Xabarda aytilishicha viloyat hokimi oʻtkazgan yigʻilishda oʻzi bir ishni qoyillatib qoʻymagan fermerlarning “zakaziga” asosida yozilgan “fantastik” xa aynan shunday, chunki biror bir asos yoʻq boʻlmagan “tussiz” iborasi bilan xamohang saytda “Hokim paxta planni bajarmagan fermerni qamab tashlashni” aytgan degan gapni bong urib tarqatgan.

Endi “tussiz” iborasi bilan xamohang saytda bong urib tarqatilgan mavzuni haqiqatlarini toʻlaroq va aniqroq qilib keltirsak.

Demak, joriy yilning 29-noyabr kuni Zarbdor tumanida viloyat va tuman rahbarlari ishtirokida bugungi kunda davlatdan qarzdorligi boʻlgan fermer xoʻjaliklarining davlatdan olgan puli boʻyicha soʻroq emas, soʻrov boʻlib oʻtgan.

Shu oʻrinda soʻroq va soʻrovning farqi borligini aytib oʻtmoqchimiz. Soʻroq bu maxsus huquqni himoya qiluvchi idoralar tomonidan oʻtkaziladigan jarayondir. Soʻroq qonun doirasida amalga oshiriladi.Soʻrov esa majlislarda boʻladi. Yuridik maʼlumotga ega boʻlmagan fuqarolar yuridik tilda gaplashishni oʻrganishsa maqsadga muvofiq boʻladi.
 
Lekin ijtimoiy tarmoqda boʻxtonlar qoʻshib, xayp uchun yozilgan xabar asossiz va tuhmatligi shundoq ayon boʻladi-ki, quyidagi faktlarni keltirgandan soʻng.

Qarzdorligi juda katta boʻlgan fermerlardan davlat byudjetidan olgan pullarini qaytarish boʻyicha soʻrovi asosli boʻlgan. 

Jumladan, Zarbdor tumanidagi 138 nafar fermer xoʻjaliklarining joriy yilning 30-noyabr holatiga davlatdan 11 mlrd soʻm kredit qarzdorligi mavjud ekan.

Endi tasavvur qiling 11 mlrd soʻm pulga  Zarbdor tumanini oʻzida qancha ichki yoʻllarni taʼmirlash yoki ijtimoiy obyektlarda taʼmirlash ishlarni olib borish yoxud aholi muammolarini hal etishda ishlatish mumkun.

Ammo, negadur oʻsha ijtimoiy tarmoqda boʻxton tarqatgan manba bu haqda yozmagan va toʻxtalmagan ekan-a qiziq?

Xoʻsh davom etamiz, masalan “OQBULOQLIK FAZLIDDIN” fermer xoʻjaligining qarzi 196 397 000 soʻm va “ANORQUL OTA GULSHANI” fermer xoʻjaligining qarzi 180 680 937 soʻm,  ha yana qolgan 135 nafar fermer xoʻjaliklarining qarzlarini hisoblansa 11 mlrd soʻm boʻladi.

Aniq fakt shuki qarzdorligi mavjud fermer xoʻjaligi rahbarlarini qamash toʻgʻrisida buyruq boʻlmagan va hech kim qamalmagan.

Xulosa oʻrnida, “tussiz” iborasi bilan xamohang boʻlgan saytdagi ishlaydiganlar “Yigʻilishda soʻroq boʻlmaydi, soʻrov boʻladi”.

Bu soʻrov oʻz oʻrnida xalq manfaati yoʻlidagi ishlarga xizmat qilish uchun ishlatiladi. 

Qanaqadur uch-turrta davlat pulini qaytarmoqchi boʻlmagan fermerlar uchun emas.

Shu oʻrinda ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarni tarqalayotgan har xil asossiz va ishonchsiz xabarlarga chalgʻimasliklarini soʻrab qolamiz.


📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat|X|
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zarbdor tumanida Jizzax tajribasi asosida "Iste’dodli yoshlar maydoni" loyihasi doirasida tadbirlar tashkil etildi.

📃 Jizzax viloyat prokuraturasi, tuman hokimligi, tuman prokuraturasi hamda bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 14 yoshdan 30 yoshga bo‘lgan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish tadbirlarning bosh maqsadi etib belgilandi.

🔹 Unda o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol, qizlar o‘rtasida minifutbol, Shaxmat, qo‘shiqchilik yo‘nalishi bo‘yicha "Yoshlar ovozi", "G‘azalxon yoshligim", rassomchilik bo‘yicha "Ona yurtimni tasvirlayman", Yosh hunarmand", "Yosh ixtirochi", "Yosh dasturchi", "Quvnoqlar va zukkolar" va "Zakovat" intellektual bahslari o‘tkazildi.

🔹 Tanlovlar yoshlar faolligida yuqori tayyorgarlik va katta ishtiyoq bilan o‘tkazildi.

🔹 Har bir yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib yoshlarga tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat|X|
“Maʼrifat karvoni” Jizzaxda

Jizzax shahrida joylashgan muxtasham “Kibersport arenasi”da “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusidagi “Maʼrifat karvoni”  loyihasi doirasida “Yangi Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va bunyodkorlik ishlari” mavzusida ziyolilar forumi tashkil etildi.

Kunning birinchi qismida tashkil etilgan mazkur forumga viloyatimizdagi ziyolilar, mahalla oqsoqollari, taklif etildi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@murojaat|X|