Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
21.2K subscribers
26.1K photos
4.12K videos
12 files
20K links
Viloyat hokimligi rasmiy sayti:
https://jizzax.uz/
“Ishonch telefoni”:72-226-00-11
@jizzaxviloyatihokimi
@jizzaxuz_bot
Facebookdagi murojaat uchun havola:
https://www.facebook.com/pressslujba/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jizzax #turizm

Diqqat! Diqqat! Hurmatli Jizzax viloyati yoshlari! Sizlar uchun ajoyib imkoniyat!

🇺🇳 Turizm sohasida xalqaro darajadagi mutaxassis bo‘lishni xohlaysizmi?

Sizni Xalqaro Turizm Akademiyasiga taklif qilamiz! Nufuzli xalqaro sertifikat, amaliyot va eng so‘nggi bilimlarga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi!

Akademiyada talabalar uchun maxsus sharoitlar yaratilgan:
🔬 Amaliyot o‘tash uchun zamonaviy laboratoriyalar
🍷 Vino tadqiqot markazi
👨‍🍳 Oshpazlik san’ati laboratoriyasi
✈️ Aeroport va temir yo‘l xizmatlari bo‘yicha treninglar
📚 Kutubxona va sport majmualari

Kimlar hujjat topshirishi mumkin?
- Turizm sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar
- Litsey, kollej va texnikum bitiruvchilari
- Xalqaro mehmonxona tarmoqlarida ishlashni xohlovchilar
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞+99866-240-67-82
📨[email protected]
#jizzax #turizm

Jizzax viloyatidagi eng yaxshi AGTKS, AGQS va AYoQSh Respublikada taqdirlandi.

🔷Turizm qo‘mitasi tomonidan 2025-yil 17-aprel kuni Toshkent shahridagi "Hayat Regency" mehmonxonasida Eng yaxshi Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyasi (AGTKS), Avtomobillarga gaz quyish stansiyasi (AGQS) va Avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari (AYoQS)ning “Quality service” sertifikatlari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔶 Ushbu marosimda turistlarga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish borasidagi faoliyatini namunaviy tarzda yo‘lga qo‘ygan Jizzax viloyatidan "Afrosiyob gas oil MCHJ"-"Eng yaxshi AGTKS", "Trans Oil Luxe" MCHJ-"Eng yaxshi AYOQSH", “TURBO KOMPRESSOR” MChJ “Eng yaxshi AGTKS lar “Quality service” sertifikatlari va statuetkalar bilan taqdirlandi.

💥Shuningdek, "Eng natijador ko'rsatkichlarga erishgan hududiy boshqarma" nomitasiyasi bo'yicha Jizzax viloyati Turizm boshqarmasi taqdirlandi.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
#jizzax #turizm #zomin

🔷Jizzax viloyatining investitsion jozibadorligini namoyish etish, yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida 2025-yil 23–24-aprel kunlari Zomin tumanida “Xalqaro biznes forum – Jizzax 2025” bo‘lib o‘tdi.

🔶Ushbu forum doirasida Jizzax viloyati hokim o'rinbosari S.Shukurullayev va Turkiya, Ummon va Xitoy davlatining turizm sohasidagi ishbilarmon vakillari bilan uchrashishdi.

💥Mazkur uchrashuvda Ummon va Xitoy davlatidan xorijiy sayyohlarni viloyatimizga tashrifini oshirish va mahalliy turkompaniyalar bilan hamkorlik qilish, xalqaro festivallarni Jizzax viloyatida tashkil etish muhokama qilindi.

⚡️ Turkiya davlati ishbilarmonlari bilan hamkorlikda viloyatdagi turizm loyihalari asosida xorijiy investorlarni jalb qilish masalasi muzokara qilindi. Ushbu muzokaralar yakunida hamkorlik memorandumlari imzolandi.
#jizzax #turizm #xalqaro_hamkorlik

Jizzax viloyati delegatsiyasi "Sariq imperator" saroyida qabul qilindi.

💥Jizzax viloyati delegatsiyasi Xitoy davlatiga tashrifi davomida Chenjou provinsiyasida joylashgan tarixiy "Sariq imperator" saroyida Chenjou viloyat hokimi o'rinbosari Van Kay va viloyat hokimi o'rinbosari S.Shukurullayev o'rtasida uchrashuv o'tkazildi.

🔶Ushbu uchrashuvda ikki hudud o'rtasidagi do'stona munosabatlarni mustahkamlash, iqtisodiy, investitsiyaviy, sanoat va ijtimoiy sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

🔷 Uchrashuv yakunida delegatsiyalar o‘zaro anglashuv memorandumini imzolab, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish istagini bildirdilar.

📲 Jizzax.uz sayti sahifalariga aʼzo boʼling:👇

Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|