JIZZAX OVOZI gazetasi
252 subscribers
7.94K photos
1.72K videos
220 files
5.24K links
Download Telegram
#Tayinlov

Bokiyev Akmal Toxirovich - Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

A.Bokiyev 1982-yil Jizzax viloyati Zomin tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. 2008-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar «O‘zmilliybank» AJ Jizzax viloyati filiali boshqaruvchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

@donish_uz
#TAYINLOV

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining tegishli buyrug‘i bilan Rashidov Dilshod Hamidovich Jizzax viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari - Bosh arxitektor lavozimiga tayinlandi.

U 2006-yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini tugatgan.

Mehnat faoliyatini Buxoro viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi loyiha guruhida arxitektor sifatida boshlagan.

D.Hamidov vazirlikning  Bosh rejalarga rioya etilishi ustidan davlat arxitektura nazorati boʻlimi  mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

@jizzax_vohasi
#Tayinlov

Zulfikorov Baxodir Tulqinjonovich Baxmal tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Jizzax shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

@donish_uz
#Tayinlov

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Jizzax shahar boʻlimi boshligʻi lavozimiga Azimov Shavkat Anvarovich tayinlandi.

Tayinlovga qadar Azimov Shavkat Jizzax shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

✍🏻Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

Hokimlik rasmiy sahifalariga a’zo bo‘ling👇🏻
jizzaxcity.uz | Telegram Live | Facebook

#18may #Жиззах #Джизак #Jizzax
#tayinlov

Абдужалилов Асил Абдураҳманович Жиззах шаҳар ҳокими ўринбосари — инвестициялар, саноат ва савдо бўлими бошлиғи лавозимига тайинланди.
Унга қадар А. Абдужалилов Жиззах шаҳар иқтисодиёт ва молия бўлими бошлиғи вазифасида ишлаган.

Асил Абдураҳмоновичнинг келгуси ишларида муваффақиятлар тилаймиз!

@donish_uz
#Tayinlov

Zarbdor tumaniga yangi hokim tayinlandi

Zarbdor tumanida 17-yanvar kuni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Viloyat rahbari Zarbdor tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod - shu paytga qadar Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Toshpo‘latov Bekzod Turg‘unovichni tanishtirdi.

Viloyat hokimining Toshpo‘latov Bekzod Turg‘unovichni Zardor tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Ma'lumot uchun: 2024-yilning 28-dekabr kunida Zarbdor tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Ro‘ziyev Zafar Sharopovich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi.

@donish_uz