Jizzax_pressa
121 subscribers
2.38K photos
660 videos
23 files
700 links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Нотурар жойни турар жой тоифасига ўтказишда нималарга эътибор қаратиш кераклигини биласизми?

@jizzax_mass_media
Assalomu alaykum!
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35-yilligi bayrami barchamizga muborak bo‘lsin!
Вилоят оила ва хотин-қизлар бошқармаси: Жиззахда хотин-қизларнинг олий таълим билан қамраб олиниш даражаси 54 фоизни ташкил этмоқда.

Бу кўрсаткич 2017 йилгача 23 фоиз эди.

Батафсил

@jizzax_mass_media
Бугунги телефонга муккасидан кетган авлод қариганда...

✏️

@jizzax_mass_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun mamlakatimizda  "Qog‘ozsiz bir kun" respublika eko-aksiyasi nishonlanmoqda

Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi  barcha hamshaharlarni ushbu aksiyada faol ishtirok etishga, qog‘oz resurslarini tejashga va daraxtlarni asrab-avaylashga chaqiradi.

Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

@jizzax_mass_media
#диққат

⚡️Ўзбекистонда хаво харорати кескин пастлаб совуқ бўлиши кутилмоқда
🥶

Сешанба кунидан бошлаб бутун Ўзбекистон аста-секин совуқлаша бошлайди, аксарият ҳудудларда ёмғир ёғади. Иш ҳафтасининг охирига келиб, кундузги ҳарорат +5...+10 даражага, кечаси — 0 даражага, жойларда -2 га тушади.👇

@jizzax_mass_media
Камбағал деб топилган оила ипотека кредитини олиш учун кимга ва қай тартибда мурожаат қилади?

Камбағалликдан чиқариш дастурига киритилган ва уй-жой шароитини яхшилашга муҳтож бўлган шахсларга ипотека кредитлари Иқтисодиёт ва Молия вазирлиги маблағлари ҳисобидан қоида тариқасида, Агробанк, Халқ банки, Микрокредитбанк ва Бизнесни ривожлантириш банки томонидан ажратилади.

Батафсил 👉 Ўқиш

@jizzax_mass_media
Forishdan Gʻallaorolga eltuvchi yoʻl tekislandi.

Jizzax Avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi tasarrufidagi Jizzax Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati davlat muassasasi tomonidan, Forish tumani hududidan oʻtgan 4R42 avtomobil yoʻlining 65—85-km oraligʻi, eski qoplamasi buzilib, eni 7m, 4K252 avtomobil yoʻlining 19—25-km oraligʻi eni 4.5 m qalinligi 6 sm asfalt qoplamasi bilan qoplandi.

Bu yoʻl Forish tumanini Gʻallaorol tumani markazi bilan bogʻlaydi.

@jizzax_mass_media
#Infografika

❗️Is gazi: hech kim xavfdan xoli emas

@jizzax_mass_media
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil 8-noyabr kunidan xatlov ishlari boshlanadi.

Qonunga muvofiq o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga qurilgan ko'chmas mulk obyektlarini aniqlash maqsadida 2024-2025-yillarda xatlov qilinadigan mahallalar reja-jadvali tasdiqlandi.

Tasdiqlangan reja-grafik Kadastr agentligining kadastr.uz saytiga joylashtirildi.
Fuqarolaar saytga kirib o'zining hududida xatlov ishlari qachon amalga oshirilishini bilib olishi mumkin.

Kadastr agentligi direktorining matbuot kotibi N.Atamuratov bu haqda to'liq ma'lumot berdi.

@jizzax_mass_media
Qadrli yurtdoshlar!

Yer, mulk, uy-joy bilan bog‘liq munosabatlar tarixan qadriyatimizga aylangan. 2024-yilning 5-avgust sanasida Davlatimiz rahbari vatandoshlarimiz uchun muhim bo‘lgan yana bir tarixiy Qonunni imzoladilar.

Bugun 8-noyabrdan millionlab yurtdoshlarimiz kutgan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kiradi. 2024–2025-yillar uchun tasdiqlangan reja-garfik asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.

Qonun kuchga kirish sanasida sizga murojaat qilishimdan maqsad
“ogohlikka” chaqirishdir!

Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan “uddaburonlar” ham yo‘q emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiraman!

Birinchidan,
mahallalar aniq tasdiqlangan reja-grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin “E’TIROF” dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi!”.

‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.

Hurmat bilan,
Kadastr agentligi direktori
Farrux Pulatov
.
#Жиззах_радиосида:
МУНОЗАРА МАЙДОНИ
Кўпчилик гендер тенглиги узоқ йиллардан бери шаклланиб келган ва анъанага айланган урф-одатларга зид келиши, уларнинг илдизига болта уриши ва оилавий муносабатларга аралашиб, издан чиқариши тўғрисидаги хавотирларини баён этмоқдалар.
Хўш экспертлар бу борада қандай фикрда?!
«Мунозара майдони» ток шоусининг бу галги сонида мавзу юзасидан фикрлар берилди.
Меҳмонларимиз Жиззах вилоят “Қалб нури” аёллар ва уларнинг оилаларини қўллаб-қувватлаш маркази раҳбари Нодира Алимова, марказ психологи Мавлуда Холмирзаева, “Жиззах овози” газетаси журналисти Гавҳарой Сайдуллаева бўлишди.
©️«Қалб нури» маркази Ахборот хизмати
Жиззах вилояти мусиқали драма театрида Сурхондарё вилоят театрининг "Макр ва муҳаббат" спектакли намойиш этилди.

@jizzax_mass_media