Jizzax_pressa
81 subscribers
2.4K photos
663 videos
23 files
710 links
Download Telegram
Bugun, 2 oktabr
☁️ +26°...+14°, Bulutli

Hozir: ☀️ +14°, ↘️ 1 m/s

Tong: ☁️ +18°
Kun: ☁️ +25°
Oqshom: ☀️ +21°
Namlik: 21%
Shamol: Shimoli-g'arbiy, 3.1 m/s
Bosim: 761 mm sim. ust.

Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 06:25
Quyosh botishi: 18:11
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari.

Kadastr pasportini tayyorlash obyektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi.

📝Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

📹 Ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

🏙 Ko‘chmas mulk obyektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

📹 Umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;

📹 Umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;

📹Umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;

📹 Umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;

📹 Umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;

📹Umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;

🧊 Ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.

🔰 Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

⬇️Бизни кузатиб боринг:
🚀@jizzax_mass_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 4 oktabr
☁️ +29°...+16°, Bulutli

Hozir: ☀️ +16°, ↘️ 1 m/s

Tong: ☀️ +21°
Kun: ☁️ +28°
Oqshom: ☁️ +24°
Namlik: 17%
Shamol: Shimoliy, 2.9 m/s
Bosim: 762 mm sim. ust.

Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 06:27
Quyosh botishi: 18:07
🌐Jizzax shahridagi 1-sonli Oilaviy poliklinika qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi

✔️Jizzax shahridagi qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirilayotgan 1-sonli Oilaviy poliklinikaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish tadbirida shahar sektor rahbarlari, nuroniylar, mahalla faollari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

🌐Ochilish tadbirida so‘zga chiqqan shahar hokimi Komil Xolmurodov mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni qurishda barcha soha va tarmoqlar qatori aholi salomatligini muhofaza qilish masalasi muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning doimiy diqqat markazida bo‘lib kelayotganligi, tibbiyot sohasiga qaratayotgan eʼtibori va bevosita saʼy-harakatlari tufayli yurtimizda xalqaro talab va andozalarga mos tizim yaratilgani va bu borada ishlar jadallik bilan olib borilayotganligiga alohida to‘xtalib, bu albatta aholi turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xizmat qilishini ta’kidladi.

Batafsil

✍🏻Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

⬇️Бизни кузатиб боринг:
🚀@jizzax_mass_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax shahrida #yernazorati

➡️Jizzax shahrida bir qator noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda.

Jizzax viloyat prokuraturasining Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish bo‘limi boshlig‘i M.M.Otaqulov boshchiligida Kadastr agentligining Jizzax viloyati va Jizzax shahar bo‘limi inspektorlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 21.02.2022 yildagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-sonli Qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan hududlarda yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda. Tadbirlar davomida bir qator yer qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Jizzax shahrining O'ratepalik, Navro'z, va Shodlik MFYdagi holatlar shular jumlasidandir.

✍️Yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga ogohlantirish xatlari berilgandan so‘ng noqonuniy qurilmalar fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi taʼminlanmoqda.

⬇️Бизни кузатиб боринг:
🚀@jizzax_mass_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 5 oktabr
☁️ +28°...+16°, Bulutli

Hozir: ☁️ +16°, ⬅️ 0.4 m/s

Tong: ☁️ +20°
Kun: ☁️ +27°
Oqshom: ☁️ +24°
Namlik: 18%
Shamol: Shimoliy-shimoli-sharqiy, 2.8 m/s
Bosim: 763 mm sim. ust.

Oy: Qisqarayotgan oy
Quyosh chiqishi: 06:28
Quyosh botishi: 18:06
📌Soliqlarni to‘lab, xotirjam bo‘ling

🔖15 oktyabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer solig‘ini 15 aprel va 15 oktyabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.

Soliq mobil ilovasiorqali to‘lovni amalga oshirishda:
• ilovadan "Soliqlarni to‘lash" bo‘limi tanlanadi;
• ochilgan oynaga soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) kiritiladi;
• jami qarzdorlik va joriy yil uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllanadi;
• "Davom etish" tugmasi bosilganda ilovaga biriktirilgan bank kartasidan belgilangan soliq summasi yechiladi.

Jismoniy shaxslar my.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetga ERI orqali kirib "JShlarning solishtirma dalolatnomalari" bo‘limidan hisoblangan, to‘langan va mavjud soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishi mumkin.
soliq.uz saytidan o‘z hududingizdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar uchun belgilangan soliq stavkalarini oson aniqlang.

• Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?
• Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?
• Jismoniy shaxslar qaysi mol-mulk va yerlari uchun soliq to‘laydi?

⬇️Бизни кузатиб боринг:
🚀@jizzax_mass_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Шавкат Мирзиёев расмий ташриф билан Россияга жўнаб кетди

Олий даражадаги ташриф РФ президенти Владимир Путиннинг таклифига биноан амалга оширилмоқда.

Ташриф дастуридан Ўзбекистон етакчисининг Қозон ва Москва шаҳарларида бўладиган тор ва кенгайтирилган таркибда олий даражадаги музокараларда иштироки ўрин олган.

Шунингдек, РФ бош вазири Михаил Мишустин ва Татаристон Раиси Рустам Минниханов билан учрашувлар ўтказилиши, қатор объектларга ташриф буюрилиши
режалаштирилган.

⬇️Бизни кузатиб боринг:
🚀@jizzax_mass_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi hududlarda reklama xizmatlari jadal rivojlanmoqda?


2023-yilning yanvar-avgust oylarida reklama va bozor konyunkturasini oʻrganish sohasidagi xizmatlar hajmi 1 151,0 mlrd. soʻmni tashkil etdi. 2022-yilning yanvar-avgustiga nisbatan oʻsish surʼati 105,8 %ni tashkil etdi.

Ushbu xizmatlarning nisbatan yuqori oʻsish surʼatlari Toshkent (119,5 %), Samarqand (113,0 %), Qashqadaryo (111,6 %) viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (108,0 %) qayd etildi.

⬇️Бизни кузатиб боринг:
🚀@jizzax_mass_media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Infografika | “Yashil makon” umummilliy loyihasining Jizzax viloyatidagi ijrosi (Bahorgi mavsum)

Joriy yil bahor mavsumida viloyat hududiga 10 mln. 57 ming dona daraxt va buta ko‘chatlari ekilib, rejaga nisbatan 102,2 foizga bajarilgan.

Jizzax viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati