Jizzax_adliya_boshqarmasi (Rasmiy)
1.88K subscribers
9.57K photos
1.16K videos
17 files
4.26K links
Жиззах вилояти адлия бошқармасининг фуқароларга ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш боти 👉 @Jizzaxadliyaboshqarmasi_bot

https://t.iss.one/adliya_viktorina
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Tegdoshimga huquqiy yordam” loyihasi amalga oshirilishi belgilangan bo'lib, bundan ko'zlangan maqsad tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, yoshlarni qonunlarga itoatkor va ularga hurmat ruhida tarbiyalashga ko'maklashish, asosiysi mamlakatimizda sodir bo'layotgan voqea xodisalardan xabardor bo'lishlari va yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini anglab yetishlari uchun yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil etishdan iboratdir.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Huquqiy targ'ibot!

📽 Paxtakor tuman adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi direktori A.Raxmatov tomonidan Jizzax MTRK ning “Subhidam!” ko’rsatuvida Hukumatning  "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori yuzasidan tushuntirish berildi.
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va energiya resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari
#12sep #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda Jizzax viloyat yuridik texnikumi hamkorligida “Tegdoshimga huquqiy yordam” loyihasi doirasida tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida tashkil etilgan targ'ibot guruhlari barcha hududlardagi umumta'lim maktablarida b'lishib, o'quvchilar bilan davra suhbatlari tashkil etishmoqda. Bu orqali ularni huquqshunoslik kasbiga hamda ushbu sohaga qiziqishlari oshib borayotganligi yuridik texnikum o'quvchilarini o'z tengdoshlari bilan bevosita muloqotlarida yaqqol namoyon bo'lmoqda.

Jizzax tajribasi hisoblangan Zomin va Yangiobod tumanlarida tashkil etilgan targ'ibot tadbirlari davomida adliya tizimi, mazkur soha vakillarining vazifa va funksiyalari, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish borasidagi sayi-harakatlari alohida ta'kidlandi.

Bundan tashkari, o'quvchilarning savollaridan kelib chiqib yuridik texnikumda va yurisprudensiya yunalishida o'qish uchun qanday fanlarni puhta o'rganishi kerakligi, qabul jarayonlari, huquqshunos mutaxassiligi bilan qaysi davlat organlarida ishlashi haqida batafsil tushunchalar berildi.

Viktorina o'yinlari orqali o'quvchilarning bilimlari sinovdan o'tkazilib, eng faol yoshlarga esdalik sovgali taqdim etildi. Mazkur tadbirlar "Adliya yoshlarga ko'makdosh" klubi a'zolari tomonidan amalga oshirilmoqda.
⚽️Yangiobod tuman adliya bo’limi tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi Yangiobod tuman bo’limi hamkorligida, mahallada yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida tashkil etilgan futbol bo'yicha "JIZZAX VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI BOSHLIG‘I KUBOGI" sport musoboqasining tuman bosqichi o‘z yakuniga yetdi.

Oʻtkazilgan futbol musobaqasida adliya bo'limi tomonidan otaliqqa olingan, tumanning Shodlik mahallasida yashovchi yoshlardan iborat jami 12 ta jamoa ishtirok etdi.

🏆🥇Murosasiz kechgan musobaqa yakunida, gʻoliblik mahallaning 1994-yilda tugʻilgan yoshlaridan tarkib topgan "Bahor" jamoasiga nasib etgan bo'lsa,

🥈2-oʻrin 2003-yilda tugʻilgan yoshlarning "Ezgulik" jamoasiga,

🥉3-oʻrin 2001-yilda tugʻilgan yoshlarning "Yuksalish" jamoasiga nasib etdi.

G'oliblar Yangiobod tuman adliya bo'limining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰“O’zimiz keldik" loyihasining bu galgi manzili Do'stlik tuman dehqon bozori va unga tutash tadbirkorlik subyektlari bo'ldi.

🔹 Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman adliya bo‘limi xodimlaridan tarkib topgan jamoa tumandagi dehqon bozori hududidagi aholi va tadbirkorlar bilan uchrashib, ular o'rtasida tushuntirish ishlarini olib bordilar.

🔹Ushbu tadbirdan ko'zlangan maqsad tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni o'rganish va yechimi yuzasidan huquqiy ko'mak berishdan iboratdir.O’zaro muloqot jarayonida mavjud muammolar yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari tadbir davomida davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida sayyor davlat xizmatlari ham tashkil etilib, 20 dan ortiq sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

🏞 Aholiga qulaylik va yengillik yaratish maqsadida bu kabi sayyor davlat xizmat ko‘rsatish jarayonlari viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.