Do'stlik tuman adliya bo'limi hamda tuman prokuraturasi hamkorlikda joriy yilning 10-sentabr kuni tumandagi 7-sonli umumta'lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlarning yuksak marralarni egallashlari uchun yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar mavjudligi haqida to'xtalib, yoshlarning prokuratura va adliya organlari faoliyatiga doir qiziqtirgan savollariga misollar bilan javob qaytarildi.
📻 Huquqiy darsxona radio eshittirishida huquqiy maslahatlar berildi!
🔰 Paxtakor tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi direktori A.Raxmatov tomonidan Jizzax MTRK Jizzax radio kanali FM 105.5 FM 106.2 to'lqinlarida jonli efirda fuqarolar tomonidan yo'llangan savollarga javob berildi.
📑Qonunchilik tizimidagi yangiliklar bo'yicha huquqiy tushuntirish berildi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Tegdoshimga huquqiy yordam” loyihasi amalga oshirilishi belgilangan bo'lib, bundan ko'zlangan maqsad tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, yoshlarni qonunlarga itoatkor va ularga hurmat ruhida tarbiyalashga ko'maklashish, asosiysi mamlakatimizda sodir bo'layotgan voqea xodisalardan xabardor bo'lishlari va yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini anglab yetishlari uchun yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil etishdan iboratdir.
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda Jizzax viloyat yuridik texnikumi hamkorligida tashkil etilgan targ'ibot guruhlari barcha hududlardagi umumta'lim maktablarida b'lishib, o'quvchilar bilan davra suhbatlari tashkil etishmoqda. Bu orqali ularni huquqshunoslik kasbiga hamda ushbu sohaga qiziqishlari oshib borayotganligi yuridik texnikum o'quvchilarini o'z tengdoshlari bilan bevosita muloqotlarida yaqqol namoyon bo'lmoqda.
Baxmal va G'allaorol tumanlarida tashkil etilgan viloyatdagi tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta'lim bo'limlariga qarashli umumiy o'rta ta'lim maktablarida tashkil etilgan "Huquq sinf"laridagi targ'ibot tadbirlari davomida adliya tizimi, mazkur soha vakillarining vazifa va funksiyalari, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish borasidagi sayi-harakatlari alohida ta'kidlandi.
Bundan tashkari, o'quvchilarning savollaridan kelib chiqib yuridik texnikumda va yurisprudensiya yunalishida o'qish uchun qanday fanlarni puhta o'rganishi kerakligi, qabul jarayonlari, huquqshunos mutaxassiligi bilan qaysi davlat organlarida ishlashi haqida batafsil tushunchalar berildi.
Viktorina o'yinlari orqali o'quvchilarning bilimlari sinovdan o'tkazilib, eng faol yoshlarga esdalik sovgali taqdim etildi.