#turizm #toshkent #yarmarka #taqdirlash
📢 “O‘zEkspoMarkaz” Milliy ko'rgazmalar majmuasida “Ipak yo'lida turizm” 27-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasining yopilish marosimi bo'lib o'tdi.
⭐ Marosim davomida, Turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari B.Shaxriyorov so‘zga chiqib, Yarmarkani yuqori saviyada tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan barcha tashkilotlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
👤 Shuningdek, xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan martabali mehmonlar ham minbarda chiqish qilib, samimiy mehmondo‘stlik va yuqori darajada tashkilotchilik uchun Yarmarka tashkilotchilariga o‘z samimiy tilaklarini bildirishdi.
🔥 Shundan so‘ng Yarmarkada ishtirok etganlarni turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Jizzax viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan Jizzax viloyati stendi “Eng innovatsion stend” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.
🇺🇿 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling.
📝 Telegram 📝 Facebook 💻 Instagram 🎞 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM