Alisher Usmankulov
229 subscribers
1.95K photos
120 videos
49 files
502 links
Jizzax politexnika instituti rektori faoliyatiga hamda institut hayotiga oid muhim yangiliklar

• Facebook: facebook.com/jizpirektori
• Instagram: instagram.com/jizpirektori

@Rektor_qabulxonasi_bot

• JizPI rasmiy manbalari: @jizpiuz
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Mehmonlar “BYD Uzbekistan” va “ADM Jizzakh” korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar

Hayʼat yigʻilishi aʼzolari ushbu korxonalarida boʻlib, ularda dual ta’lim tizimi asosida yo‘lga qo‘yilgan o‘quv jarayonini ko‘zdan kechirdilar.
Bugungi kunda “BYD Uzbekistan Factory” yiliga 50 ming dona elektromobil ishlab chiqarish quvvatiga ega. Korxona Jizzax politexnika instituti bilan imzolangan hamkorlik memorandumi asosida malakali mutaxassislar tayyorlashni boshlab yuborgan. Dual ta’lim tizimi doirasida talabalar ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishib, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tash imkoniyatiga ega boʻlmoqdalar.

Bundan tashqari, hamkorlik doirasida avtomobil qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasini oshirish, elektromobillarni mahalliy iqlim va yoʻl sharoitiga moslashtirish uchun muhandis va malakali texnik mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, amaliyotga yoʻnaltirilgan tadqiqotlarga eʼtibor qaratish hamda ilmiy-amaliy loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

“ADM Jizzakh” korxonasi ham dual ta’lim tizimini joriy etib, talabalarga zamonaviy avtomobil ishlab chiqarish texnologiyalari bilan tanishish imkonini bermoqda. Hozirda korxona Haval, Chery va Kia kabi taniqli brendlar uchun avtomobillar ishlab chiqarib, bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlashga intilmoqda.

Ushbu hamkorlik nafaqat malakali kadrlar tayyorlash, balki O‘zbekiston avtosanoatini xalqaro darajaga olib chiqishda muhim o‘rin tutadi. Dual ta’lim orqali talabalar nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan boyitib, kelajakda mamlakat iqtisodiyotiga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YashilMakon #OliyTaʼlim #Innovatsiyalar #Jizzax #Videorolik

15-mart kuni Jizzaxda bo‘lib o‘tgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishidan soʻng “Yashil makon” doirasida “Ziyolilar bogʻi” yaratish maqsadida daraxt koʻchatlari ekish marafoniga start berildi.

Shuningdek, yigʻilish ishtirokchilari Jizzax politexnika institutida tashkil etilgan Muqobil energiya manbalarini tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi hamda Jizzax yoshlar texnoparki faoliyati bilan tanishdilar. Soʻngra “BYD Uzbekistan” va “ADM Jizzakh” korxonalarida dual taʼlim jarayonlari namoyish etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Navroʻz bayrami munosabati bilan Jizzax politexnika instituti rektorining bayram tabrigi

Aziz vatandoshlar, qadrli jizzaxliklar!
Jizzax politexnika instituti jamoasi va oʻz nomimdan barchangizni Navroʻz ayyomi bilan chin dildan qutlayman.
Oʻlkamizga iliqlik, uygʻonish va yasharish, xalqimizning azaliy bunyodkorlik, dehqonchilik ishlariga qut-baraka, yangi kunga umid va ishonch uygʻotib kirib keladigan ayyom hammamiz uchun omad va barokat olib kelsin. 

Hurmatli hamkasblar, qadrli talabalar!
Shunday shukuhli damlarda barchangizni yasharish va yangilanish timsoli, mehr-muruvvat, tinchlik, ezgulik bayrami Navroʻzi olam bilan samimiy muborakbod etaman.
Yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yoʻlida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar yor boʻlsin. Ilm oʻrganishdan, koʻzlagan maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlashdan aslo charchamang.
Navroʻz har bir xonadonga, butun el-yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va qut-baraka olib kelsin!

Hurmat bilan,
rektor t.f.d., prof. A.Usmankulov
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma

☄️ Agar siz talaba, o‘qituvchi yoki muhandis bo‘lsangiz, Sizda tanlovda qatnashib elektromobil, xorijiy davlatlarga stajirovka yoki pul mukofotlarini yutib olish imkoni mavjud.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida 3 ta kategoriya — 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Har bir ishtirokchi Tanlovning faqatgina bir yo‘nalishida ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda:
🥇-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar elektromobil (9 ta),
🥈-o‘rin g‘oliblari xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi,
🥉-o‘rin g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlov joriy yilning aprel-iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlovga arizalar joriy yilning 31-mart kuniga qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.

💾 TANLOV NIZOMI

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 (55) 520-08-08 (357), (90) 065-05-09.


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax politexnika instituti rektorining Ramazon hayiti tabrigi

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar va ishchi-xodimlar!


Barchangizni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat elchisi – Ramazon hayiti munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Ushbu muborak kunlarda Yaratgandan xonadonlaringizga farovonlik, tinchlik-xotirjamlik, dasturxoningizga to‘kinlik, yaqinlaringizga sog‘lik-salomatlik, qalbingizga quvonch, ezgu ishlaringizga rivoj tilayman.

Shunday fazilatli oyda tutgan ro‘zalarimiz, qilgan xayr-u ehsonlarimiz qabul, ezgu duolarimiz ijobat bo‘lsin. Shu tabarruk ayyom qalblarimizga iymon va xotirjamlik, manfaatli ilmlar olib kelishini tilagan holda Ramazon shukuhi va barakasi yil davomida hamrohingiz bo‘lishini tilayman.

Muqaddas ayyom - Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Institut rektori,
t.f.d., prof. Alisher Usmankulov
Institutni joriy yilda kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Yakunlanayotgan hafta yangiliklarga boy hafta bo‘ldi. Hafta davomida bir qator muhim tadbirlar, yigʻilishlar oʻtkazildi. Mana shunday muhim yigʻilishlardan biri institutimizni joriy yilda kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan boʻlib oʻtdi.


👉 https://telegra.ph/00-04-20-17

@jizpiuz | @jizpi_online
Jizzax politexnika instituti rektorining Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Qadrli institutimiz jamoasi!
Aziz urush va mehnat faxriylari!
Hurmatli vatandoshlar!


Barchangizni 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 80 yilligi bilan samimiy tabriklayman.

9-may – mazkur kunda Ikkinchi jahon urushida, qolaversa, butun tariximiz davomida Vatanimiz tinchligi va ravnaqi uchun jonini fido qilgan barcha ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etamiz, vatandoshlarimizning jasoratini, front hududlaridan yurtimizga ko‘chirilgan bir millionga yaqin oila va bolalarni qabul qilgan xalqimizning bag‘rikengligini anglaymiz. Kun sayin urushning dahshatiga guvoh bo‘lgan qahramonlarimiz oramizni tark etmoqda. Safimizda yurganlariga esa hurmat va ehtirom ko‘rsatib ardoqlash, qo‘llab-quvvatlash barchamizning vazifamiz ekanligini unutmasligimiz lozim.

Xotira bor ekan – millat barhayot. Tinchlik uchun jon olib, jon bergan hamyurtlarimiz xalqimiz qalbida mudom yashaydi. Ularning jasorati, urushning ayanchli oqibatlarini unutmasligimiz, tinchlik, xotirjamlik, shuningdek, oilamiz va yaqinlarimiz xavfsizligining qadriga yetishimiz, Vatanga sadoqat hissi bilan yashashimiz zarur.

Fursatdan foydalanib, barchangizni bugungi muborak ayyom bilan tabriklab, sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Institut rektori,
t.f.d., prof. Alisher Usmankulov
Jizzax politexnika instituti rektorining Qurbon hayiti munosabati bilan bayram tabrigi

Qadrli hamkasblar, aziz talabalar!


Shunday munavvar kunlarda Siz azizlarni, sizlar orqali oila a’zolaringizni Qurbon hayiti munosabati bilan chin qalbimdan tabriklab, o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor qilaman.

Xayr-ehson, saxovat, mehr-muruvvat bayrami hisoblangan fayzli onda barchamiz, avvalo, Yaratganga bugungi qutlug‘ va barokatli kunlarga yetkazgani uchun behisob shukronalar aytamiz.

Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizda olijanob fazilatlarni, bag‘rikenglik, muruvvat, do‘stlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi o‘rni va ahamiyati beqiyos.

Muborak Qurbon hayiti bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik hamda mustahkam sog‘lik tilayman.

Xonadonlaringizni fayz-u baraka va osoyishtalik aslo tark etmasin!

Institut rektori,
t.f.d., prof. Alisher Usmankulov