Javohir Berdiyev | Blog
4.68K subscribers
603 photos
286 videos
3 files
552 links
WEB dasturlash bo'yicha video kurslar.
💥Mutlaqo bepul web dasturlash kurslar

Admin: @javohircoder

⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
Download Telegram
#arxiv rasm

Sevgan narsalaringizga erisha olmadingizmi ? Unda erishgan narsalaringizni seving 😊

Men avval dizaynerlikka juda qiziqqanman va kun davomida faqat Photoshopda ishlab o'rganardim. Lekin u vaqtda menda yaxshi kompyuter va yaxshi ustoz yo'qigi sababli yaxshi o'rgana olmadim. Biroq kompyuterim dasturlash uchun qulay va yonimda dasturchi ustozlar bor edi. Shundan so'ng men dasturlashni o'rganishni boshladim. Hozirda natija yomon emas 😊👍

Ba'zida siz yoqtirgan va kirishini xohlagan eshiklar yopiq bo'lishi mumkin. Shunda siz yaxshilab boshqa nuqtaga ham qarab ko'ring, balki boshqa eshiklar ochiqdir u kutganingizdan yaxshiroqdir.

Bu taslim bo'ling ham degani emas. Men tasim bo'lmaganman, maqsadim dasturlashni o'rganib, pul ishlab, sharoit qilgach, dizaynga qaytish bo'lgan. Hozirda menda yaxshi kompyuter va atrofimda yaxshi dizaner ustozlar bor, lekin endi menda qiziqish dasturlashga qaratilgan.

Qiziqishlar ham siz o'zgarishingizga qarab o'zgarib borar ekan❗️
@javohir_webdev