Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.3K subscribers
12.2K photos
916 videos
431 files
3.9K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Tayinlov

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktorining buyrugʻiga koʻra,

Sultonov Shuhrat Salimjon oʻgʻli

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Sultonov Shuhrat Salimjon oʻgʻli 1998-yil Kosonsoy tumanida tugʻilgan. 2017-2021-yillarda Namangan davlat universitetining matematika fakultetida tahsil olgan. Xorijiy tilni bilish xalqaro sertifikatiga ega.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Tayinlov

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktorining buyrugʻiga koʻra,

Toshboyev Rustamjon Abdurahmonovich

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ijodiy-maʻnaviy ishlar boʻyicha targʻibotchi lavozimiga tayinlandi.

Toshboyev Rustamjon 1979-yil Kosonsoy tumanida tugʻilgan. Oliy toifali madaniyat xodimi. Tayinlovga qadar Toshboyev Rustamjon "Kushon" madaniyat markazi rahbari vazifasida ishlab kelgan.

Maktab jamoasi R.Toshboyevga kelgusu faoliyatida muvaffaqiyat tilaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Tayinlov
#Kosonsoy_IM

🖌 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktorining 2023 yil 26-dekabrdagi buyrug'i bilan Shohobiddinova Mohidil Shamsitdin qizi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi psixologi vazifasiga tayinlandi.

🔰Shohobiddinova Mohidil Shamsitdin qizi - 2022 yil Namangan davlat universiteti Magistratura bo'limining psixologiya yo'nalishini tamomlagan.

📆 Tayinlovga qadar Kosonsoy tuman MMTBga qarashli 20-umumiy o'rta ta'lim maktabi psixologi vazifasida faoliyat yuritgan.
Maktab jamoasi Shohobiddinova Mohidil Shamsitdin qiziga barkamol avlod tarbiyasi yo'lidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#tayinlov

AGENTLIK DIREKTORIGA O‘RINBOSAR TAYINLADI

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Sevara Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

S.Shakirova ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktor kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar S.Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi S.Shakirovani tayinlov bilan qutlab, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, soha rivoji yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube