#qisqa_savol_javob
Yangi oʻquv yili boshlanishi arafasida ota-onalardan juda juda koʻp savollar tushmoqda. Men maktabning oddiy oʻqituvchisiman, matbuot kotibi boʻlmasamda , shu maktabga tegishli boʻlgan telegram kanalini bir necha yildan beri haminqadar yuritaman. Ota-onalardagi tashvish, farzandi oʻqishini oʻylab besaranjom boʻlayotganini koʻrib, chidab turmadim. Eng koʻp berilayotgan savollarga, salkam 15 yillik tajribamdan kelib chiqib, qisqa javob berishga qaror qildim.
1. Oʻqish qachondan boshlanadi?
J: 5-sentabr sanasidan
2. Maktab oʻquvchilariga davlat tomonidan oʻquvchi formasi beriladimi?
J: yoʻq, oʻzingiz olasiz. V.M ning 666-sonli qarori bilan tanishing. Gooogldan foydalaning
3. Maktab taʼmiri bitmagan, oʻquvchilar qayerda oʻqiydi?
J: bu haqda har bir oʻquvchiga maʼlumot beriladi, xavotir olmang
4. Sinf rahbarlar saylanganmi?
J: tashkiliy masala ketyapti, qoʻshimcha xabar beriladi
5. Agentlik va 52-maktab oʻquvchilari bir binoda qolarkanmi?
J: shunday taxmin bor. Oʻqish ikki smena tashkil etilishi mumkin, imkoniyatdan kelib chiqib. Xabar beriladi
6. Darsliklar nima boʻladi?
J: maktab barcha oʻquvchilarni darsliklar bilan toʻliq taʼminlaydi, davlatim gʻamxoʻr
7. Oʻquvchilar yotoqxona bilan taʼminlanadimi?
J: yoʻq, bu koʻzda tutilmagan
8. Oʻquvchilarni qaysi oʻqituvchilar oʻqitadi?
J: Maxsus sinovlar orqali ishga qabul qilingan ustozlar
Oʻquvchilar taʼtilda dam olsin, oʻynasin kulsin. Hammasi yaxshi boʻladi, gʻam qilmang, yurakni keng qiling.
P.s: yuqoridagi fikrlar oʻzimning farazim, rahbarlar hali rasman tasdiqdan oʻtishmagan. Shu sababli, rahbarlar qoʻyilgach, ularning taʼlim jarayoni haqidagi koʻrsatmalarini kanalda eʼlon qilamiz.

👍39👏5🤯3❤2🥰2🤔2🤩2💩2🔥1😱1