Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.8K photos
877 videos
429 files
3.53K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
Forwarded from Kosonsoyliklar - Rasmiy Kanal (Admin @Kosonsoyliklar_Uz | Oqilxon)
#kosonsoytarixi
​​Kosonsoy tarixi. Kosonsoy shahrining vujudga kelishi (1-qism)
Tarixiy arxeologik materiallar shuni ko’rsatadiki, Farg’ona vodiysining shimoli-sharqiy hududlaridagi (Hozirgi Kosonsoy va unga yaqin hududlar) daryo va soylar havzalarida suniy sug’orib dehqonchilik qilish miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmidan boshlanganligidan dalolat beradi. Dehqonlar Kosonsoy daryosi bo’ylargi eng qulay va unumdor yerlari o‘zlashtirib dehqonchilik bilan shug’ullanishgan. Dehqonlar yerga ishlov berishda har-xil tosh va bronzadan yasalgan mehnat qurollaridan foyalanishgan. Bunday mehnat qurollari Tergachi va Go’rmiron qishloqlaridan topilgani Kosonsoy tarixini naqadar keng ekanligiga dalolat bera oladi.
Koson shahri nomining kelib chiqishi va nomlanishi borasida ham fanda yagona fikr mavjud emas. Ba’zi bir manbalarda Koson, Kosan deyilsa bazilarida Kason deya zikr etilgan. Olimlar bu so’zlarning kelib chiqishi Kushon so’zidan olinganligini, asrlar davomida so’z o’zgarishi natijasida Kosonga aylanib ketganligini takidlab o’tishgan. Eronlik olimlar Koson so’zini “Kosibon” so’zidan kelib chiqgan deya takidlaydilar. Demak, «Koson» – kosiblar shahri, hunarmandlar manzili, degan ma'noni anglatar ekan.
Qadimgi Koson o‘rdugohining «Mug‘ qal'a» deb atalishi va bu shahar tarixi ikki ming yildan ziyod ekanligini ko‘rsatadi. Qal’ada zardushtiylik diniga xos ibodatxona – otashkada joylashgan bo‘lib, u yerda oq rangdagi kul izlari aks etgan yirik qatlam qolgan. Hozirgi kungacha qadimiy Koson joylashgan yodgorlik mahalliy aholi orasida «Mug‘ qal’a», deyilishi yoki ushbu yodgorlik atrofidagi mahalla «Mug‘xona» deyilishi ham Kosonsoy shahrining tarixi 2000 yildan ortiq ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Shahar aholisi oziq-ovqatlarni saqlash maqsadida yerga ko‘milgan katta-katta xumlardan ham foydalanishgan. Chunonchi, bu borada qadimgi Koson shahri joylashgan Mug‘qal'a yodgorligidan uycha uzoq bo‘lmagan yerlarda olib borilgan qurilish yillari jarayonida aynan mana shunday xumlardan o‘nlab topilgan bo‘lib, mazkur xumlarda mahalliy aholi o‘zining oziq-ovqatlari va g‘allalarini saqlashgan. Shuni ham ta'kidlab o‘tish o‘rinliki, kosonliklar, haqiqatdan ham, azal-azaldan sopol xumlar va turli-tuman idishlar hamda ashyolarni yasash bo‘yicha ma'lum va mashhur bo‘lishgan. Bu borada hatto shaharda xum yasaydigan maxsus mahalla ham bo‘lib, uning nomi bugungi kungacha Xumxona ko‘rinishida saqlanib qolgan.


📝 Maqolani Tillaxonov Oqilxon, Shermatov G'ofurjonning bitiruv malakaviy ishi asosida tayyoladi.


⭐️ @Kosonsoyliklar 👈🏻 kanaliga qo'shiling