Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.13K subscribers
10.9K photos
877 videos
429 files
3.54K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Zakovat_bahsi
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Gulruh Toshboyeva va 11-sinf oʻquvchisi Umida Dadamirzayeva Namangan viloyati tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan "Zakovat" intelektual musobaqasi doirasida "Kosonsoy 1" jamoasi tarkibida qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.

Gʻolibalarimizga ushbu turnirning Respublika bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Zakovat_bahsi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-mart kuni soat 14:00 da muallima ustozlar va oʻquvchi qizlar ishtirokida "Zakovat" intelektual musobaqasi oʻtkazilishini eʼlon qilamiz. Musobaqada ishtirok etish istagidagi ayol-qizlar oʻz jamoasini shakllantirib, soat 14:00 dan kechikmasdan kutubxonaning oʻquv zaliga kelishlari soʻraladi.
#Jarayon
#Zakovat_bahsi
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zakovat" intelektual musobaqasi oʻtkazildi. Musobaqada maktabning 10 ta jamoasi gʻoliblik uchun kuch sinashdi. Qizgʻin va murosasiz kechgan uchrashuvda 11-sinfning "Pifagor" va 7-sinfning "Universal" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Maktab jamoasi ushbu bilim bellashuvini oʻtkazishda jonbozlik koʻrsatgan Gʻofirjon Shermatov va faol oʻquvchilarga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Zakovat_bahsi
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zakovat" intelektual musobaqasi oʻtkazildi. Musobaqada maktabning 5-6-sinf oʻquvchilari jamoasi gʻoliblik uchun kuch sinashdi. Qizgʻin va murosasiz kechgan uchrashuvda 5-A sinfning "Istiqlol" jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Maktab jamoasi ushbu bilim bellashuvini oʻtkazishda jonbozlik koʻrsatgan Nargiza Moʻminovaga va savollar tuzib bergan Gʻofirjon Shermatovga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab