Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.15K subscribers
11K photos
881 videos
429 files
3.56K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Jarayon
#Bayrog‘im_faxrim
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 18-noyabr "O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan sana " munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda maktabning tarix fani o'qituvchisi G‘ofirjon Shermatov va ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi Gulruh Toshboyevalar so‘zga chiqib, davlatimiz bayrog'i haqida qiziqarli ma'lumotlar berib o'tdilar.

Tadbir so'nggida sportning yakkakurash musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 10.01-sinf o‘quvchisi Gulmira Sobirjonova maktab ma'muriyati tomonidan taqdirlandi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Bayrog‘im_faxrim
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 18-noyabr "O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan sana " munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar va qiziqarli ma'lumotlar yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu tadbirni tayyorlashda jonbozlik ko'rsatgan barcha o‘quvchilar va ustozlarga , xususan Sayyora Po'latova, G'ulomjon Saidovga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Bayrog'im_faxrim
#Rasmlar_tanlovi
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 18-noyabr "O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun" munosabati bilan rasmlar tanlovi o'tkaziladi .

Tanlov shartlari bilan yuqoridagi rasmda tanishib chiqishingiz mumkin. Sizni tanlov bo'yicha qiziqtirgan savollarga ART fani ustozi D.Boymirzayev javob beradi.
#Insholar_tanlovi
#Bayrog‘im_faxrim

      🇺🇿🇺🇿Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024 yil 15-noyabr kuni maktab o'quvchilari o'rtasida Bayrog‘im- g‘ururim" mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.      

          🇺🇿🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlangan tanlovda o‘quvchilar  "18-noyabr - O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun" munosabati bilan o‘z davlat ramzlariga hurmat,  faxr- iftixor tuyg‘ularini satrlarda ifoda etdilar.
      🇺🇿🇺🇿 Tanlov davomida o‘quvchilar bugungi kunda butun dunyodagi siyosiy jarayonlarga ham o‘z fikr- mulohazalarini bildirib,  tinch va osoyishta Vatanimizga shukronalik hissini ham yozma ravishda ifoda etdilar.
      
Davlat bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan tadbirlar davom etadi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab