Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.44K subscribers
12.5K photos
934 videos
439 files
4.04K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#AlXorazmiy2025_Informatika | #Hududiy_bosqich | #NamPS | #Olimpiada

📣 Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro
informatika olimpiadasi: hududiy bosqich!

🏫 Bugun Namangan shahridagi Prezident maktabida Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasining hududiy saralash bosqichi tashkil etildi.

🔢 Har bir viloyatdan faqat 2 nafar eng kuchli o‘quvchi yakuniy natijalarga ko‘ra final bosqichiga yo‘l oladi. Bu oson bo‘lmagan kurashda ishtirokchilar nafaqat o‘z bilimlarini, balki mantiqiy fikrlash, algoritmik yondashuv va tezkor yechim topish qobiliyatlarini ham namoyon etishlari lozim.


🌟 Eslatma: Olimpiadaning final bosqichi 2–3-may kunlari bo‘lib o‘tadi.
🔥6👍31🥰1
#AlXorazmiy2025_Informatika |#Olimpiada

📣Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8.01-sinf o'quvchisi Abdusamiyev Muhammadsolih Muhammadali o‘g‘li   Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro
informatika olimpiadasi hududiy bosqichi g‘oliiga aylandi!

🏫 Bugun Namangan shahridagi Prezident  maktabida Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasining hududiy saralash bosqichi tashkil etildi.

🔢 Bu oson bo‘lmagan kurashda ishtirokchilar nafaqat o‘z bilimlarini, balki mantiqiy fikrlash, algoritmik yondashuv va tezkor yechim topish qobiliyatlarini ham namoyon etishlari lozim edi. Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8.01-sinf o'quvchisi Abdusamiyev Muhammadsolih Muhammadali o‘g‘li ushbu olimpiada g‘olibiga aylanib, bellashuvning respublika bosqichiga yo‘llanmani qoʻlga kiritdi. Ustozi: Abdunabi Rashidov


🌟 Eslatma: Olimpiadaning final bosqichi 2–3-may kunlari bo‘lib o‘tadi.
🔥9👍4🎉3🍓1