Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.45K subscribers
12.5K photos
936 videos
440 files
4.05K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Jarayon
#Kosonsoy_IM
#ZOOM

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining IT to‘garagi a‘zolari, informatika fani oʻqituvchisi N.Zokirova, maktab maslahatchisi Sh.Sultonov va maktab direktori F.Begmatov bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tashkillangan ZOOM yigʻilishida ishtirok etishdi.

Yigʻilish toʻliq ingliz tilida boʻlib oʻtdi.
Bu yigʻilishda chet ellik IT mutaxassisi M.Leron IT sohasining foydali tomonlarini, uni qanday qilib tezroq oʻrganishni, qaysi dasturlash tillaridan foydalanish kerakligi haqida maʼlumotlar berib oʻtdi.

Yigʻilish yakunida oʻquvchilar ham savollar berib, oʻzlariga kerakli maʼlumotlarni olishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
👍7🔥7🥰1👏1
#Milliy_bayroq
#Kosonsoy_TIM

BAYROG‘IMIZ- G'URURIMIZ,  FAXRIMIZ!

🇸🇱 Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan 6-7-sinf o'quvchilari o‘rtasida "Bayrog‘imiz- g‘ururimiz" mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. 

📌Tanlov jarayonlari suratlarda...

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
👍9🤡3🔥1👏1
#Test_sinovi
#Kosonsoy_TIM

Maktab maslahatchisi Shuhratjon Sultonov tomonidan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchi sinf o'quvchilaridan tegishli fanlar kesimida diagnostik test sinovlari o‘tkazilgan edi .

Sinovlarda o‘quvchilar kelgusida o‘zlari tanlagan yo‘nalish imtihonlariga kerak bo'ladigan asosiy va majburiy fanlardan test topshiriqlarini bajardilar.

Sinovlarda ishtirok etgan o‘quvchilarning bajargan ishlari tekshirib chiqildi. Sinovlarda yuqori ball to'plagan 3 nafar oʻquvchining har biri 500000 (besh yuz ming) so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
👍18🤡4🔥3🎉21🥰1🏆1🤓1
#tayinlov

AGENTLIK DIREKTORIGA O‘RINBOSAR TAYINLADI

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, Sevara Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

S.Shakirova ta’lim sohasida katta tajribaga ega. Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida ingliz tili fani o‘qituvchisi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Toshkent shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktor kabi lavozimlarda faoliyat olib borgan.

Tayinlovga qadar S.Shakirova Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Agentlik jamoasi S.Shakirovani tayinlov bilan qutlab, yosh avlod ta’lim-tarbiyasi, soha rivoji yoʻlidagi mas’uliyatli faoliyatiga omad tilaydi!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍10🤯5🤡4
#Muvaffaqiyat
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quvchilari navbatdagi yutuqni qo‘lga kiritishdi.

19-noyabr kuni, Namangan viloyati Uchqo'rg'on tumani 2 - sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o'tkazilgan "Namangan ROBO-2024" musobaqasining "Robo futbol" yo"nalishida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-02 sinf o'quvchilari Musayibxonov Muhammadamin va Asqaraliyev Firdavs muvaffaqiyatli qatnashib, faxrli 1-o'rinni egalladilar.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga hamda ularning ustozlariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
👍27🔥8🤡4🥰1👏1
Robotlar bellashuvi

Uchqo‘rg‘on tumanidagi 2-umumta’lim maktabida maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan viloyat miqyosida ilk marotaba “Robo Namangan -2024” musobaqasi tashkil etildi.


Unda barcha tuman va shahardan jami 21 ta robot o‘zaro kuch sinashdi. Robo sumo yo‘nalishida “aqlli mashinalar” dumaloq platformadagi ring maydonida jang olib bordi. Robo futbolda 14 ta jamoadan iborat 28 ta robot futbol maydonida to‘p surdi. Natijalarga ko‘ra, Kosonsoy tumanidagi 7- maktabning 9-sinf o‘quvchisi Muhammadjon Najmiddinovning “Uchqur” nomli roboti g’olib deb topildi. Keyingi shartda esa, Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchilari Firdavs Asqaraliyev hamda Muhammadamin Musayibxonovlarning qo’li baland keldi.Aytish lozimki, bu kabi tanlovlar o‘quvchi-yoshlarda kelajakda injenerlik yo‘nalishidagi yangi ixtirolarni kashf etish va dunyo bozorida o‘zbek brendini yaratishda zamin bo‘lib xizmat qiladi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
🔥11👍4🤡3🏆2👏1