Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.42K subscribers
12.5K photos
933 videos
432 files
4.03K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Gʻoliblar

Tadbirda faol ishtirok etgan Munavvaraliyeva Dildora, Sobirjonova Gulmira,
Axadxonova Ruxshona,
Ismoilova Zulfiya, Abdunabiyeva Dilshoda,Abdusamiyeva Sarvinozlarga maktab jamoasi minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
👍4🥰3🎉21
#Jarayon
#Oʻzbekiston_BMT
#Davra_suhbati

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining huquqshunoslik fani oʻqituvchisi Sayyora Poʻlatova tomonidan 2-mart- Oʻzbekiston respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga boʻlgan kun munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida oʻquvchilar BMT faoliyati va vazifalari, unga aʼzo mamlakatlarning majburiyatlari haqida qiziqarli maʼlumotlar bilan tanishdilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
👏2👍1
#Jarayon
#DTM_sinovi
#Bitiruvchi_2023

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchi sinf oʻquvchilari ishtirokida test sinovlari oʻtkazildi. Sinovlarni maktab maʼmuriyati talabiga binoan, tuman xududida faoliyat yuritayotgan "Kushon_Akademy" nodavlat taʼlim tashkiloti oʻtkazdi.

Sinovlarda oʻquvchilar oʻzlari kelgusida xujjat topshirmoqchi boʻlgan oliygohlar talabiga javob beradigan mutaxasislik fanlaridan imtihon topshirdilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
👍41🔥1🥰1👏1😍1
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangi_loyiha

PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASINI BO‘LISHAMIZ: MAKTAB MASLAHATCHISIDAN TAVSIYALAR

📣 Aziz o'quvchilar!

Siz xorijning yetakchi universitetlarida ta'lim olishni istaysizmi?

"Personal statement" ni qanday yozish haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasmisiz?

❗️UNDA USHBU VIDEO AYNAN SIZ UCHUN!

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qish istagida bolgan yoshlar uchun "Maktab maslahatchisidan tavsiyalar" rukni ostida maxsus video tayyorlandi.

⚡️Unda "Personal statement" va AQSH hamda Buyuk Britaniyadagi OTMlarga kirish uchun foydali saytlar haqida so‘z boradi.

📍Loyihamizning keyingi sonlarida tavsiya xatlari hamda "Motivation letter"ni yozish haqida ma’lumot berish ko‘zda tutilgan.
2👍1🔥1
🔰 Шарда университети билан ҳамкорлик

▫️Жорий йилнинг 1 март куни Косонсой туманидаги 5-сонли умумий ўрта таълим мактаби, Косонсой ихтисослаштирилган мактаби ҳамда 9-сонли ДИМИ 11-синф битирувчилари билан 2019 йилда Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш. Мирзиёевнинг қарори билан Ўзбекистон-Ҳиндистон ҳамкорлигида ташкил этилган Шарда университетининг вакили жаноби Шишир Жоинн, маркетолог Турғунова Турсуной, Шавкатбеков Шоҳнурларнинг учрашувлари бўлиб ўтди.

Учрашув жараёнида ўқувчилар Шарда олийгоҳининг ўқитиш тизими, йўналишлари, шароитлари, имкониятлари билан видеоролик орқали танишиб ўзларини қизиқтирган саволлари билан очиқ мулоқот ўтказдилар.
👍63👏1👌1
#Тасанно

🔰 Поплик Бекзод Ўзбекистон тарихда биринчи марта «IELTS»дан максимал балл, яъни 9,0 балл олди.

▫️Бекзод Мираҳмедов Инглиз тилини билиш имтиҳонидан муваффақиятли ўтиб, 9 балл олди. Қайд этиш жоизки, бу Ўзбекистонда биринчи марта кузатилмоқда.
👍11🏆4🔥1🤯1
#Zakovat_bahsi
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Gulruh Toshboyeva va 11-sinf oʻquvchisi Umida Dadamirzayeva Namangan viloyati tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan "Zakovat" intelektual musobaqasi doirasida "Kosonsoy 1" jamoasi tarkibida qatnashib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.

Gʻolibalarimizga ushbu turnirning Respublika bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
❤‍🔥5👍4👏2🔥1🎉1
#Respublika_ijodiy_ishlar_tanlovi_natijalari


🏢Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida taniqli shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligini keng nishonlash maqsadida “O‘zbegim Zulfiyasi” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovi o'tkazildi, yakuniy natijalarga ko'ra:

She’riyat
🥇1-o‘rin – Uchqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o‘quvchisi Zahro Olimjonova
🥈2-o‘rin – Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi Zarifa Mardiyeva
🥉3-o‘rin – Ogahiy ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi Muxlisa Boynazarova

Maqola
🥇1-o‘rin – Qarshi shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab 11-sinf o‘quvchisi Shaxriyor Boymirzayev
🥈2-o‘rin – Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Ruxshona Olimova
🥉3-o‘rin – Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi Odinaxon Abdujabborova

Videoroliklar
🥇1-o‘rin – Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi Kamola Komiljonova
🥈2-o‘rin – Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Zulhayo Mingboyeva va Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Abdusalomova Farangiz
🥉3-o‘rin – Is’hoqxon Ibrat ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi Ifora Olimjonova

Dars ishlanma
🥇1-o‘rin – Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchisi Gulruh Toshboyeva
🥈2-o‘rin – Chust ixtisoslashgan maktab o‘qituvchisi Azimova Umida
🥉3-o‘rin – Uchqo‘rg‘on ixtisoslashtirilgan maktab Sevara Abdullayeva va Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi Iroda Abdurashidovalar egalladi.

P.s: gʻoliblar orasida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Gulruh Toshboyeva ham bor 👆😊👍

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
👍71🔥1👏1