Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.9K photos
879 videos
429 files
3.55K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Jarayon
#Memorandum
#Kosonsoy_IM

🏛Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi yuqori sinf oʻquvchilari maktab maslahatchisi Sh.Sultonov va Biologiya fani oʻqituvchisi H.Jalilov bilan birgalikda Kosonsoy tumani tibbiyot birlashmasiga sayohat tashkillashtirildi.
Sayohat davomida oʻquvchilar qon tahlillari haqida maʼlumotlar olishdi va barcha savollariga kerakli javoblar olishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Qizlar_olimpiadasi
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida matematika fanidan "Qizlar olimpiadasi" ning maktab bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Olimpiadada maktabimizning 94 nafar o‘quvchi qizlari ishtirok etishmoqda.

Mazkur matematika olimpiadasi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning 5-11-sinf o'quvchi-qizlari ishtirokida o‘tkazilishi belgilangan.

O‘quvchi-qizlar bir vaqtning o'zida test va yozma ish topshiriqlarini bajaradilar. Sinflar kesimida g‘olib deb, topilgan o'quvchilar olimpiadaning keyingi bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritadilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Kosonsoy_IM
#ZOOM

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining IT to‘garagi a‘zolari, informatika fani oʻqituvchisi N.Zokirova, maktab maslahatchisi Sh.Sultonov va maktab direktori F.Begmatov bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tashkillangan ZOOM yigʻilishida ishtirok etishdi.

Yigʻilish toʻliq ingliz tilida boʻlib oʻtdi.
Bu yigʻilishda chet ellik IT mutaxassisi M.Leron IT sohasining foydali tomonlarini, uni qanday qilib tezroq oʻrganishni, qaysi dasturlash tillaridan foydalanish kerakligi haqida maʼlumotlar berib oʻtdi.

Yigʻilish yakunida oʻquvchilar ham savollar berib, oʻzlariga kerakli maʼlumotlarni olishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#KosonsoyIM

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlar yo'nalishiga qiziquvchi oʻquvchilari maktab maslahatlahatchisi Shu.Sultonov boshchiligida Zoom platformasi orqali Farmasevtika texnik universitetining hamkorligi yuzasidan suhbatda ishtirok etdilar.

O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Yosh_akademiklar

🏛 ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yosh akademiklar" klubi aʼzolarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish davomida Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabining hozirda Malayziya va Italiya davlatlarida taʼlim olayotgan 2022-2023 va 2023-2024 oʻquv yillardagi bitiruvchilari bilan ZOOM meetingi tashkil etildi.

Maktab maslahatchisi Sh.Sultonov tomonidan oʻquvchilarga "El-yurt Umidi" fondi haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Yigʻilish soʻngida oʻquvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga kerakli javoblar olishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Yong‘in_havfsizligi
#Kosonsoy_IM

Xabaringiz bor, yurtimizda 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar "Yong‘in havfsizligi oyligi " tadbirlari o‘tkazilmoqda. Yong‘in havfsizligi oyligi doirasida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham o‘quv-profilaktik tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli Kosonsoy tuman Yong‘inga qarshi kurash bo‘limi, Kosonsoy tuman "Elektr tarmoqlari" unitar korxonasi, tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassis-xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mutaxassislar tomonidan o‘quvchilarga yong'inni oldini olish, is gazidan zaharlanish holatlarini erta aniqlab, bartaraf etish ko'nikmalari o‘rgatildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#KosonsoyIM
#Memorandum

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi aniq fanlar yoʻnalishi yuqori sinf oʻquvchilari maktab maslahatchisi bilan birgalikda Mikrokredit bank Kosonsoy filialiga sayohat uyushtirishdi.
Mikrokredit bank rahbbari A.Tuychibayev o'quvchilarga bank tizimi haqida umumiy ma'lumotlar berib o'tdi.

Suhbat yakunida kerakli savollarga javoblar olindi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#KosonsoyIM
#Akademik_uchrashuv

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Bugun Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabiga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti direktori akademik Tojiboyev Komiljon Sharobiddinovich va Botanika instituti ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari tashrif buyurishdi va "Yosh Akademiklar" klubi aʼzolari hamda maktabning tabiiy fanlar yoʻnalishida oʻqiyotgan oʻquvchilar bilan uchrashuv tashkillashtirildi.

Uchrashuv davomida Akademik K.Tojiboyev "Yuksak oʻsimliklar xilma-xilligi: global, mintaqaviy darajalarda oʻrganilishi" mavzusida maʼruza qildi. Oʻzbekistondagi barcha mavjud oʻsimliklar ularni turlarini aniqlash toʻgʻrisida bir qancha maʼlumotlar berildi.

Uchrashuv soʻngida oʻquvchilar oʻzlari qiziqtirgan savollariga kerakli javoblar olishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Memorandum
#Kosonsoy_IM
#Kosonsoy_tibbiyot_birlashmasi

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

Bugun Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlar yoʻnalishi yuqori sinf oʻquvchilari maktab maslahatchisi bilan birgalikda Kosonsoy tibbiyot birlashmasiga sayohat tashkillashtirishdi.

O'quvchilar biologiya va kimyo fanlaridan, shuningdek laboratoriya mashg‘ulotlarida o'rganib kelayotgan bilimlarini amalda qo'llab, yanada ko'proq ma'lumotlar olishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#ChSB

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida II chorak yakuni boʻyicha ChSB sinovlari 1-navbatda 6-sinf o'quvchilari uchun onlayn tarzda boshlandi.

Ushbu jarayonlarga maktab binosi, barcha o'quv-texnik jihozlar shay holatda.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi o‘quvchilarni ChSB sinovlarini muvaffaqiyatli topshirishlariga ishonadi va qo‘llab-quvvatlaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#ChSB

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida II chorak yakuni boʻyicha ChSB sinovlari 2-navbatda 7-sinf o'quvchilari uchun onlayn tarzda boshlandi.

Ushbu jarayonlarga maktab binosi, barcha o'quv-texnik jihozlar shay holatda.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi o‘quvchilarni ChSB sinovlarini muvaffaqiyatli topshirishlariga ishonadi va qo‘llab-quvvatlaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#ChSB

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida II chorak yakuni boʻyicha ChSB sinovlari 1-navbatda 8-sinf o'quvchilari uchun onlayn tarzda boshlandi.

Ushbu jarayonlarga maktab binosi, barcha o'quv-texnik jihozlar shay holatda.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi o‘quvchilarni ChSB sinovlarini muvaffaqiyatli topshirishlariga ishonadi va qo‘llab-quvvatlaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Zakovat_Quiz
#Aql_jangi

📝📝📝

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-8-9-10-sinf oʻquvchilari o'rtasida "Zakovat-Quiz" intellektual o'yini bo'li bo'tdi.

✔️✔️✔️
Zukkolar jangida 15 ta jamoa (90 nafar oʻquvchi) bellashdilar. Qizg'in bahslarga to'la kechgan uchrashuvda jamoalar mantiq, tezkor axborot, kino, musiqa, geografiya va badiiy asarlar bo‘yicha bilimlarini qaytadan sinovdan o‘tkazishdi.


Yangi yil bayram munosabati bilan o'tkazilgan "Zakovat-Quiz" intellektual musobaqasi yakunida aniq fanlar yo'nalishi, 8.01-sinfining "Pifagor" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

🏆🏆🏆


Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Olimpiada
#Kosonsoy_TIM

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Al Xorazmiy olimpiadasining maktab bosqichi o'tkazildi.

🧭 Olimpiadaning maktab bosqichida maktabning aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishida tahsil olayotgan 7-8-sinf o'quvchilari ishtirok etishdi.

📸Olimpiadaning maktab bosqichi nazoratchilar kuzatuvi ostida oʻtdi.

Olimpiadada har bir fandan 3 nafardan g'olib o‘quvchilar hudud bosqichida maktabimiz sharafini himoya qilishadi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Kosonsoy_TIM
#Jarayon


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabida qizlar yig‘ilishi

📚📚📚
2025 yil 24-yanvar kuni Kosonsoy tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida "O‘quvchi qizlar o'rtasida ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish va qizlarning jamiyatdagi yuksak o‘rni" mavzusida maktabninig yuqori sinf qizlari o'rtasida yig‘ilish bo'lib o'tdi.

🔰🔰🔰
Yig‘ilish davomida ma'naviy-ma‘rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari B.Hasanov, maktab psixologi M. Shohobiddinova va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N. Zokirovalarning ma‘ruzalari tinglandi. Ular o‘z ma‘ruzalarida o‘quvchilarni ogohlikka , komillikka chaqirishdi va kelajagimiz uchun munosib farzand bo‘lishlarida o‘z tavsiyalarini berib o‘tdilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Ota_onalar_bilan_hamkorlik

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 25-yanvar kuni maktab o'quvchilarining ota-onalari uchun yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda oʻtgan oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hisoboti, yangi 2024-2025-oʻquv yilida amalga oshilishi rejalashtirilgan ishlar kabi masalalar muhokama etildi.

Farzandi taqdiriga befarq boʻlmagan ota-onalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, takliflari bilan o'rtoqlashdilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon

Kosonsoy tuman ixtisoslashgan maktabida ingliz tili fani o'qituvchisi Shahlo Salomova tomonidan maktabning 6.01-sinfida "Great jobs" mavzusida ochiq dars mashg'uloti o'tkazildi.

Ochiq dars eng ilg'or pedagogik texnologiyalar va interaktiv vositalar yordamida tashkil etildi.

O'quvchilarni fikrlash doirasini kengashtirish maqsadida aqliy hujum metodlaridan foydalanildi, so‘z boyligi, tinglash , yozish va so‘zlash ko'nikmalarini shakllantirishga e'tibor qaratildi.

Ochiq dars o‘quvchilar tug‘ilgan oylariga qarab "A,B,C" guruhlarga bo‘lindi. Ochiq darsda o‘quvchilar o‘zlari yoqtirgan va yoqtirmagan kasblar, uy yumushlari va ko‘cha ishlarini muhokama qildilar. Mustahkamlash uchun o‘quvchilar bir-birlarini yoqtirgan predmetlarini tarqatma materiallarda yozib chiqdilar.

Darsni bevosita o‘quvchilarning ota-onalari va o'qituvchilar guruhi kuzatib borishdi, dars xususida o'z fikrlarini izhor qilishdi.

Ochiq dars xorijiy tillar uslubiy birlashmasi tomonidan ommalashtirishga tavsiya etildi.
#Jarayon
#Navoiyga_ehtirom
#Ixtisosolashtirilgan_maktab

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabida gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirni maktab direktori o‘rinbosari B.Hasanov kirish soʻzi bilan ochib berdi.Tadbir davomida maktab oʻquvchilari Alisher Navoiy ijodidan ruboiy va gʻazallar keltirdilar,XV-XVI asr voqealari sahna koʻrinishida namoyon etildi.

Alisher Navoiy va shoh Husayn Boyqaro oʻrtasidagi munosabatlar oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirda namoyish etilgan kuy-qoʻshiqlar va raqslar yigʻilganlarga quvonch bagʻishladi. Bayram tadbirida hamkor tashkilotlar va ota-onalar vakillari ham ishtirok etishdi.

Tadbir soʻngida maktabning faol oʻquvchilari taqdirlandi.

Maktab jamoasi ushbu tadbirni tashkil etishda jonbozlik koʻrsatgan barcha oʻquvchilar, shuningdek ona tili va adabiyoti fani ustozlariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab