Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.15K subscribers
10.7K photos
873 videos
428 files
3.47K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#imtihon_natijalari_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

📆 Joriy yilning 28-29-30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @natijalar_2023_1_bot
🤖 @natijalar_2023_2_bot
🤖 @natijalar_2023_3_bot
🤖 @natijalar_2023_4_bot
🤖 @natijalar_2023_5_bot

‼️ ESLATMA! Natijalarni bilish istagida bo'lgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda so'rov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#imtihon_natijalari_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Kuzatuvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘tkazilgan imtihon natijalarini aniqlash uchun Agentlikning maxsus qo'shimcha telegrambotlari ishga tushurildi:

🤖 @natijalar_2023_6_bot
🤖 @natijalar_2023_7_bot
🤖 @natijalar_2023_8_bot
🤖 @natijalar_2023_9_bot
🤖 @natijalar_2023_10_bot

‼️ ESLATMA! Natijalarni bilish istagida bo'lgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda so'rov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Seminar_trening
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligimiz tizimidagi Yangiqo'rg'on  ixtisoslashtirilgan maktabida Namangan viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining maktab maslahatchilari uchun "Maslahatchilar ishini samaradorligini oshirish" mavzusida amaliy seminar-trening o'tkazildi.

▶️Seminar-trening mobaynida maslahatchilar  faoliyat bo'yicha o'zaro fikr almashdilar va qiziqtirgan barcha savollarga javob topdilar.

🎯Mazkur treningda har bir maslahatchi o'z mavzusi bilan ishtirok etdi va mavzu doirasida faoliyatda uchrashi mumkin bo'lgan barcha savollarga javob berishdi.
📚Trening jarayonida quyidagi mavzular o'rganib, birgalikda diskussiya qilindi:
🔹1.Maslahatchi tomonidan yuritiluvchi hujjatlar va yig'ma jildlar  
🔹2.Common App dasturidan foydalanish.
🔹3.School councellor lavozimi tarixi    
🔹4.Top 300 talikka kiruvchi xorijiy oliy ta'lim muassasalari haqida.
🔹5.Xozirgi kunda va kelajakda jamiyatda ehtiyoj baland kasblar.
#eMaktab_onlayn_trenajyor
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda eMaktab platformasida ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlariga tayyorlovchi onlayn-trenajyor yaratildi.

O‘tgan yillardagi test savollarga asoslangan mazkur eMaktab onlayn-trenajyori maktab oʻquvchilariga oʻz tayyorgarlik darajasini tekshirish va oʻqishga kirish imkoniyatini oshirishni ko‘zda tutadi.

Ya’ni onlayn-trenajyor ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlarida tushadigan test namunalari koʻrinishida taqdim etilgan. Bu yagona rasmiy onlayn-trenajyor boʻlib, cheklovlarsiz sinov tariqasida kirish testlaridan oʻtish imkonini beradi.

Onlayn-trenajyor test yechish mexanizmini tushunish, kelajakda haqiqiy imtihondan oʻtayotganda vaqtni chamalash, his-hayajonni bosib, oʻqishga kirish imkoniyatini oshirishga yordam beradi.

Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida onlayn-trenajyor oʻzbek, qoraqalpoq hamda rus tillarida taqdim etilgan.

Sinov testdan quyidagi havola orqali oʻtish mumkin.

Batafsil
videoqoʻllanmada

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣📣📣📣📣

🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi.

Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 4-iyul kuni bo‘lib o‘tgan kirish imtihonlari jarayonlaridan videolavha.
#imtihon_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI YAKUNLANDI

Joriy yining 4-, 5-, 6-iyul kunlari Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun o‘tkazilgan kirish intihonlarida Respublikamiz bo‘ylab jami 134 mingdan ziyod talabgor ishtirok etdi.

🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Kosonsoy_TIM

O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar o‘z samarasini bermoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Ahatjonov Alisher dunyo miqyosida Top-1000 universitetlari sarasiga kiruvchi "Malayziya Xalqaro Universiteti" da o‘qishni boshladi. Alisher ushbu nufuzli oliygohning axborot xavfsizligi sohasi bo'yicha bilim olmoqda, shuningdek xorijda orttirgan zamonaviy malakalarini kelajakda yurtimiz ravnaqi yo‘lida sarflashga bel bog'lagan.

Ma‘lumot o‘rnida aytish joizki, Malayziya davlati G-20 (katta yigirmatalik) klubiga a‘zo davlat hisoblanadi , hamda 13 ta universiteti Top-1000 talik reytingdan mustahkam o‘rin olgan.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga, uning ota-onasi va ustozlariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab